Mavzu: ixtirochilik, rasionalizatorlik, ilmiy texnik va patent axboroti rеjа


Download 28.97 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi28.97 Kb.
#1783794
1   2   3   4   5
Bog'liq
IXTIROCHILIK

Ratsionalizatorlik — texnika vositalari, i.ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanish. R.ning ixtirochilikdan farqi (qarang Ixtiro) shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, R. aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Masalan, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi
Ilmiy-texnik va patent axboroti. Ijod metodlari, texnik masalalarni yechish; texnik ijodkorlik metodlarini rivojlantirish. “Amal va xato” metodi; “aqliy hujum” metodi. Sinektika va morfologik tahlil. Nazariy savollar metodi. Ixtirochilik masalalarini yechish algoritmini bilish, malaka hosil qilish va amalda qo‘llay olish kerak;
Texnik masala yechimlarini topishning boshqa metodlari; buyumning badiiy loyiha konstruksiyasini yaratish. Texnik obyektlarni loyihalash va tayyorlash; oddiy texnik obyektlarni konstruksiyalash va modellashtirish; avto modeli, kema modeli, avia model va qishloq xo‘jaligi mashina va uskunalarini modellashtirish, qo‘llanilishiga ko‘ra o‘quv va ishlab chiqarish texnik obyektlarini konstruksiyalash, o‘quvchilarning texnik ijodkorligini boshqarish; texnik ijodkorlik boyicha sinf va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarni tashkil etish; o‘quvchilarning boshlang‘ich ijodiy uyushmalaridagi ishlar mazmuni va metodlari to‘g‘risida ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak.
Ratsionalizatorlik taklifi tushunchasi.
Ratsionalizatorlik takliflari-bu xalq xo‘jaligining tarmoqlarida yangi va foydali texnik vazifalarin yechishga, ya’ni maxsulotning loyixasini ishlash chiqarish texnologiyasini, foydalanilmayotgan texnikani yoki materiallarning xossasini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi. Ratsionalizatorlik ko‘p qirral muammo bo‘lib, ko‘proq iqtisodiy masalalarni hal etishga qaratilgan. Ratsionalizatorlik fikrlar ma’lum talabalarga javob berishi kerak: Birinchidan, texnik yechimga ega bo‘lishi, ikkinchidan yangilik bo‘lishi, uchinchidan foydali bo‘lishi kerak.
Ratsionalizatorlik fikrlar maxsus blankada a’riza sifatida beriladi. Ratsionalizatorilik fikrlar qaysi korxonaga tegishli bo‘lsa, shu korxonaning IRJ ga a’riza beriladi. Agarda fikrlar boshqa korxonalarga tegishli bo‘lsa vazirlikka beriladi va ro‘yxatga olinadi.


Download 28.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling