Mavzu: Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni echish jarayonida foydalanish. (2 soat)
Download 79.13 Kb.
|
41-58 bet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma`lumot turlari
Kataklar formati
Har bir katakning formati bo`lib, u o`z ichiga bir nechta parametrlarni oladi: Matn rangi va fon Tekislanishi CHegara chiziqlarni o`rnatish Ko`rinishi Katakning joriy formatini ko`rish yoki uni o`zgartirish uchun katakni belgilab (bir necha kataklarni ham belgilash mumkin), «Format»-> «Yacheyki» bo`limi ochiladi. Katak formatini o`zgartirish muloqot oynasi namoyon bo`ladi. Unda bir nechta varaqlar bor: CHislo – katakdagi raqamli ma`lumot qanday aks etadi Vqravnivanie - katakdagi ma`lumot qanday tekislanadi SHrift – ma`lumotlar qaysi shriftda tasvirlanadi Vid – fon rangi Zao’ita – katakka himoya o`rnatish Barcha o`zgartirishlar amalga oshirilgandan so`ng oynani yopish zarur. OK tugmasiga chertib o`zgartirishlarni o`rnatish uchun yoki qaytadan bajarish uchun «Otmena» buyrug’i tanlanadi. Ma`lumot turlari Umuman olib qaralganda kataklarda ma`lumotlarning quyidagi turlari bo`lishi mumkin: Matn Sonlar (ular ustida hisob-kitoblar bajarish mumkin) Formulalar (hisoblash ketma – ketligi) Sana va vaqt Sonlarning harflardan qanday farqlanishini ko`rib chiqaylik. Siz jadvalga raqamlar kiritishingiz mumkin, aslini olganda esa ular ham harflardir. Biroq, ular ustida matematik amallar bajarish mumkin. Yaxshisi, alohida – alohida kataklarda harf va sonlar kiritib ko`ramiz. E`tibor bering bir qarashda ular qanday farqlanadi. Ko`rinib turgandek ular turlicha tekislangan. SHuning uchun ma`lumot kiritilgandan so`ng son yoki matnligi bilinib turadi. Boshqa misolga qaraylik, ularni ajratish qiyinroq. Ko`rinib turgandek, o`nli qismini vergul ajratib turibdi. Agar vergul o`rniga nuqta qo`yilsa, Excel uni matn deb tushunadi. Bundan tashqari ikkita katakka bir xil ma`lumot kiritilganligini ko`ryapsiz, lekin ulardan biri son, ikkinchisi matndek tekislangan. Bunga sabab, ma`lumot kiritishda birinchi simvol ‘(apostrof) bo`lsa, katakdagi ma`lumot matn hisoblanadi. Formulalar natijalari ham katakda son ko`rinishida aks ettiriladi, aslida esa katakka formula kiritilgan bo`ladi. Sana va vaqt alohida ma`lumot turiga ajratilganligiga sabab, minut 60 sekunddan, soat 60 minutdan, bir oy esa 28, 30 yoki 31 kundan iborat. Bunga alohida arifmetika kerak bo`ladi. Download 79.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling