Mavzu: Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni echish jarayonida foydalanish. (2 soat)
Download 79.13 Kb.
|
41-58 bet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indekslar hosil qilish
- Satr va ustunlarni o`chirish
Matnni bir nechta qatorda yozish
Bitta katakdagi yozuvni bir necha qatorga bo`lib yozish ham mumkin: Matn muharrirlarida Enter yangi qatorga o`tishni anglatsa, Excel da katakdagi ma`lumot tahrirlanishini tugaganligini bildiradi. Excel da yangi qatorga o`tish uchun Alt+Enter klavishalarini birgalikda bosiladi (birgalikda degani, bitta klavishini bosib qo`yib yubormasdan ikkinchisi bosiladi). Formularlar satrida domi bir qator yoxuv aks etadi, Enter klavishasi bosilganda kiritilgan yozuv to`liq ko`rinadi. Indekslar hosil qilish Jadvallar hosil qilishda tez – tez indekslarga duch kelamiz. Misol uchun, m2 va m3 ni yozamiz. Formulalar satrida raqamni belgilaymiz. Katak formati oynasini ochamiz. Unda faqat «SHrift» varag’i ko`ringan xolos. Kerakli indeks turi (yuqori yoki pastki)ni tanlab Enter bosing. Satr va ustunlar qo`shish Ko`pincha ish jarayonida jadvalga yangi satr yoki ustun qo`shish zarurati tug’ilib turadi. Yangi satr va ustun joriy katakdan yuqorida va o`ngda qo`shiladi. Bunga sabab, jadvalni o`ng va pastki tarafga kengaytirish imkoni mavjud. Agar Siz birinchi satrda adashdingiz, nima qilish kerak? Bunda jadvalni pastga siljitish mumkin. Bu imkoniyat hamisha mavjud. Satr qo`shilishi kerak bo`lgan joydan pastdagi katakni belgilaymiz. Menyudan «Vstavka»-> «Stroki» buyrug’ini bajaramiz. Natija esa quyidagicha: Satr va ustunlarni o`chirish Satr va ustun qo`shishni o`rgandik, endi ularni o`chirishni ko`rib chiqamiz. O`chirilishi lozim bo`lgan satr yoki ustunlar belgilanadi. Belgilashda ustun yoki satr nomlariga chertish kerak. Belgilangan soha ustida sichqoncha o`ng tugmasini cherting va «Udalitg’» buyrug’ini tanlang. E`tibor bering, ustunlar o`chirilgandan so`ng ustun nomlari aslidagidek qoldi, yahni ustunlar nomlari ketma – ketligi o`zgarmasdan qoldi. Satrlarda ham xuddi shunday bo`ladi. O`chirishda bir necha ustun yoki satrni ham belgilash mumkin (Shift va Ctrl klavishalaridan foydalanib). Download 79.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling