Mavzu: Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni echish jarayonida foydalanish. (2 soat)


Download 79.13 Kb.
bet4/9
Sana25.10.2023
Hajmi79.13 Kb.
#1719175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
41-58 bet

Kataklar formati

Har bir katakning formati bo`lib, u o`z ichiga bir nechta parametrlarni oladi:

  • Matn rangi va fon

  • Tekislanishi

  • CHegara chiziqlarni o`rnatish

  • Ko`rinishi

Katakning joriy formatini ko`rish yoki uni o`zgartirish uchun katakni belgilab (bir necha kataklarni ham belgilash mumkin), «Format»-> «Yacheyki» bo`limi ochiladi. Katak formatini o`zgartirish muloqot oynasi namoyon bo`ladi.

Unda bir nechta varaqlar bor:



  • CHislo – katakdagi raqamli ma`lumot qanday aks etadi

  • Vqravnivanie - katakdagi ma`lumot qanday tekislanadi

  • SHrift – ma`lumotlar qaysi shriftda tasvirlanadi

  • Vid – fon rangi

  • Zao’ita – katakka himoya o`rnatish

Barcha o`zgartirishlar amalga oshirilgandan so`ng oynani yopish zarur. OK tugmasiga chertib o`zgartirishlarni o`rnatish uchun yoki qaytadan bajarish uchun «Otmena» buyrug’i tanlanadi.


Ma`lumot turlari
Umuman olib qaralganda kataklarda ma`lumotlarning quyidagi turlari bo`lishi mumkin:

  • Matn

  • Sonlar (ular ustida hisob-kitoblar bajarish mumkin)

  • Formulalar (hisoblash ketma – ketligi)

  • Sana va vaqt

Sonlarning harflardan qanday farqlanishini ko`rib chiqaylik. Siz jadvalga raqamlar kiritishingiz mumkin, aslini olganda esa ular ham harflardir. Biroq, ular ustida matematik amallar bajarish mumkin. Yaxshisi, alohida – alohida kataklarda harf va sonlar kiritib ko`ramiz. E`tibor bering bir qarashda ular qanday farqlanadi.



Ko`rinib turgandek ular turlicha tekislangan. SHuning uchun ma`lumot kiritilgandan so`ng son yoki matnligi bilinib turadi. Boshqa misolga qaraylik, ularni ajratish qiyinroq.



Ko`rinib turgandek, o`nli qismini vergul ajratib turibdi. Agar vergul o`rniga nuqta qo`yilsa,


Excel uni matn deb tushunadi. Bundan tashqari ikkita katakka bir xil ma`lumot kiritilganligini ko`ryapsiz, lekin ulardan biri son, ikkinchisi matndek tekislangan. Bunga sabab, ma`lumot kiritishda birinchi simvol ‘(apostrof) bo`lsa, katakdagi ma`lumot matn hisoblanadi.

Formulalar natijalari ham katakda son ko`rinishida aks ettiriladi, aslida esa katakka formula kiritilgan bo`ladi.


Sana va vaqt alohida ma`lumot turiga ajratilganligiga sabab, minut 60 sekunddan, soat 60 minutdan, bir oy esa 28, 30 yoki 31 kundan iborat. Bunga alohida arifmetika kerak bo`ladi.





Download 79.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling