Mavzu: Jadval redaktorlardan iqtisodiy masalalarni echish jarayonida foydalanish. (2 soat)
Download 79.13 Kb.
|
41-58 bet
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katak balandligi va kengligini o`zgartirish
Katakdan nusxa ko`chirish
Katak nusxasini olish uchun avval uni belgilab, so`ngra menyudan «Pravka»-> «Kopirovatg’» buyrug’i tanlanadi. E`tibor bering katak atrofida «chumolilar» aylanadi. Katak nusxasini qo`yishni faqat «chumolilar» ko`rinib turganda bajarish mumkin. Ma`lumot kiritishni boshlashingiz bilan ular yo`qolib qoladi. SHuning uchun katak nusxasini darrov bajarish kerak. Katak nusxasini oldik, keyin u qo`yilishi kerak bo`lgan katak tanlanadi va «Pravka» -> «Vstavitg’» buyrug’ini bajaramiz. [A-1,35-55] Bundan tashqari «Spetsialg’naya vstavka» buyrug’i mavjud. U katak nusxasining qo`yilish natijasini boshqarish imkonini beradi. Bu buyruq tanlangandan so`ng nimalar qo`yish kerakligini belgilovchi muloqot oynasi hosil bo`ladi. CHunki, ba`zida faqat katakning formatini, formulasini yoki qiymatini ko`chirish kerak bo`ladi. Agar katakdagi son formula natijasi bo`lsa undan nusxa olishda formula va qiymat o`zgaradi. Katak balandligi va kengligini o`zgartirish Katakning balandligini yoki enini ikki xil usulda o`zgartirish mumkin. Birinchisi ixtiyoriy yoki taxminan. Buning uchun katak nomlari chegarasida kursorni o`rnatish kerak. Natijada kursor ko`rinishi o`zgaradi: CHap tugmani bosib, tortish bilan katak kengligini o`zgarirish mumkin. [A-1,30-40] Satr balandligi ham xuddi shundek o`zgartiriladi. Bu usulda o`lchamlar unchalik aniqlikda o`rnatilmaydi. Boshqacha usul ham mavjud. Ustun yoki satrlarni belgilab, sichqoncha o`ng tugmasi chertiladi. Hosil bo`lgan menyudan «SHirina stolbtsa» bo`limi tanlanadi. Katak kengligini o`rnatuvchi muloqot oynasi chiqadi. Kerakli o`lcham kiritiladi. Bir nechta ustunlarga ham bir xil kenglik shu oynadan o`rnatiladi. 2. Formulalar bilan ishlash va ma`lumotlarni o`tkazish FormulalarExcel ning imkoniyatlaridan biri formulalar yaratish. Formulalar «teng» (=) belgisi bilan boshlanadi. Formulalarda katak adreslaridan foydalaniladi. Formulalar yaratishda ular ikki xil ko`rsatiladi: katakka chertish bilan katak adresi klaviaturadan kiritish orqali. Keling, ikkiga ikkini qo`shib ko`ramiz. Avval, sonlarni kiritamiz. Natija yoziladigan katakni belgilaymiz. Tengni kiritamiz Birinchi katakka chertamiz, keyin matematik amalni (bu holda «+») kiritib. Ikkinchi katakka chertamiz. Sodda formula hosil qildik. Jadvalda esa formulalar ko`rinmayapti. Katakda formula kiritilganligini katakni belgilash bilan formulalar satridan ko`rashtmiz mumkin.[A-1,36-50] Matematik qoidalarga amal qilib qavslardan ham foydalanish mumkin. Varaqda formula yoki uning natijasi ko`rinishini «Servis» -> «Parametrq» ->»Parametrq okno» bo`limidan rostlanadi. «Formulq» holati belgilanganda jadvalda formulalar ko`rinadi. Bu Sizga kadrlarga qilinayotgan hisob-kitobni tushintirishda qo`l keladi. SHuningdek boshqa jadval yordamida jadval tuzishda ham bundan foydalaniladi. Natija quyidagicha Download 79.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling