Mavzu: jag‘li maydalagichlarning tuzilishi hamda ishlash tartibi. Reja


ASOSIY QISM l-§ . Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar


Download 20.89 Kb.
bet2/5
Sana18.10.2023
Hajmi20.89 Kb.
#1707575
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mavzu jag‘li maydalagichlarning tuzilishi hamda ishlash tartibi-fayllar.org

ASOSIY QISM


l-§ . Maydalash haqida umumiy ma’lumotlar
Boyitish fabrikasiga rudalar har xil o‘lchamdagi bo'laklar holida kelib tushadi. Rudaning yiriklik xarakteristikasi yoki uning granulometrik tarkibi konni qazib olish usuliga, rudaning qattiqligiga, konning sanoat quwatiga va hokazolarga bog‘liq. Rudani boyitishdan oldin foydali qazilma minerallari va puch tog‘ jinslari ularni erkin va bir-biridan ajralgan holda ko'rsata olishi mumkin bo‘lgan yiriklikka (o'lchamga) keltirilishi kerak. Rudani boyitishdan oldin tayyorlash uchun maydalash va yanchish jarayonlari qo'llaniladi. Fizikaviy mohiyati jihatidan bir xil jarayonlar hisoblanuvchi maydalash hamda yanchish bir-biridan bu operatsiyalarga tushuvchi va ulardan chiquvchi mahsulotlaming o'lchamiga qarab shartli ravishda farq qiladi. Maydalash jarayoniga mahsulot 1500 mm gacha kattalikda tushib, maydalangan mahsulot 10-15 mm o‘lchamda bo'ladi. Rudaning o'lchamini 0,074 mm gacha kichraytirish yanchish jarayonida sodir bo‘ladi. Rudaning boyitishdan oldingi eng so‘nggi o‘lchami qo‘llaniladigan boyitish usuliga bog‘liq bo'ladi. Bu o'lcham har qaysi foydali qazilma uchun uni boyitilishga tekshirish jarayonida tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Foydali mineral zarra yuzasi qancha to'liq ochilsa, boyitish shuncha samaraliroq bo'ladi. Shu bilan bir vaqtda o‘ta yanchilishga yo‘l qo'ymaslik kerak, chunki bunda foydali komponent juda mayin shlamlar holiga o‘tib, boyitish jarayonida boyitmaga ajralmaydi va chiqindilar tarkibida yo‘qoladi. Bundan tashqari, o‘ta yanchilish elektr energiyasining ortiqcha sarflanishiga, maydalagich va tegirmonlaming tez ishdan chiqishiga, ularning ishlab chiqarish unumdorligini pasayishiga va boyitish ko‘rsatkichlarining yomonlashuviga olib keladi. Maydalash va yanchish jarayonlari juda qimmat turadigan jarayonlar hisoblanadi. Bu jarayonlarga rudani boyitish uchun ketadigan xarajatlarning 60 % dan ortig‘i sarflanadi. Shuning uchun maydalashda «hech narsa ortiqcha maydalanmasin» degan prinsipga amal qilinadi.
Shu maqsadda maydalash bosqichli tarzda amalga oshiriladi. Maydalash va yanchish jarayonlari ko‘mimi chang holida yoquvchi stansiyalarda, sement zavodlarida, ko'mirni kokslash uchun tayyorlashda koks kimyoviy zavodlarida, ohak, dolomit va boshqa mahsulotlarni maydalashda metallurgik zavodlarda, yo‘l qurilish sanoatida, qum-shag‘al tayyorlashda va hokazolarda ham qo‘llaniladi. Bu hollarda maydalash va yanchish mahsulotlarining yirikligi keyingi tanlangan texnologiyaning talablari asosida o'rnatiladi.

Download 20.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling