Mavzu: jag‘li maydalagichlarning tuzilishi hamda ishlash tartibi. Reja
-§. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
Download 20.89 Kb.
|
Mavzu jag‘li maydalagichlarning tuzilishi hamda ishlash tartibi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-§. Maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash prinsiplari
2-§. Rudalarning qattiqligiga qarab tasnifi
Tog1i jinslari o'zining qattiqligiga qarab 4 ta guruhga bo'linadi: yumshoq, o‘rtacha, qattiq va o‘ta qattiq. Yumshoq rudalarga M.M. Prodotyakonov shkalasiga ko‘ra 5 dan 10 gacha qattiqlik koeffitsiyentiga ega tog1 jinslari; o‘rtacha qattiqlikka ega tog‘ jinslarga 10 dan 15 gacha koeffitsiyentga, qattiq tog‘jinslariga 15 dan 16 gacha koeffitsiyentga ega va o‘ta qattiq jinslaiga 18 dan 20 gacha qattiqlik koeffitsiyentiga ega jinslar kiradi. Foydali qazilmalarning qattiqligi, shuningdek, Moosning qattiqlik shkalasi bo‘yicha (timash usuli) ham aniqlanishi mumkin.Unga ko‘ra, qattiq tog jinslariga (masalan, kvars, korund va hokazo) Moos bo'yicha qattiqligi 6—10; o'rtacha (ko'mir, ohak) 2—5; yumshoq (talk,gips) 1-2 Moos bo'yicha qattiqlikka ega rudalar kiradi. 3-§. Maydalash mashinalarining tasnifi va ularning ishlash prinsiplari Rudalarni maydalashni amalga oshiradigan apparatlar maydalagichlar deyiladi. Bu apparatlar bo‘linish ta’sirini hosil qiluvchi mexanizmning tuzilishi va mineral agregatiga ta’sir qilish usuli: qisqa ta’sir qiluvchi dinamik yuk-zarba, asta-sekin kuch qo‘yish — ezish va parchalash, abraziv bo‘linish - ishqalanish va boshqalar bilan birbiridan farq qiladi. Bo‘linish (uzilish)ni quyidagi mexanizmlar sodir etadi: katta konus ichida aylanadigan ikkinchi konus; tekis yuzali yoki tishli valok; qaytarma-ilgarilanma harakatlanuvchi plitalar; bolg‘achalar; ruda bo‘laklarini irg‘ituvchi va ularni qaytaruvchi plitalarga urib aylanuvchi rotorlar va hokazolar. Rudaning mustahkamligi, qovushqoqligi, bo‘laklarning kattaligi va boshqa xususiyatlarga qarab maydalash uchun tashqi ta’sirning bironbir samaraliroq usuli tanlanadi. Maydalagichlar 4 ta asosiy guruhga bo'linadi: 1) jag‘li maydalagichlar — mahsulotni maydalash davriy ravishda qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas, tekis yoki botiq chiziqli yuza orasida sodir bo‘ladi; 2) konusli maydalagichlar - mahsulot uzluksiz ravishda ikkita (birining ichida ikkinchisi aylanuvchi) konus yordamida maydalaniladi; 3) valokli maydalagichlar — mahsulot ikkita bir-biriga qaramaqarshi harakatlanuvchi silliq yoki tishli silindrik valoklar orasida ezilib maydalaniladi; 34 4) zarbli maydalagichlar - ruda bo‘laklari katta tezlik bilan harakatlanuvchi maxsus detallar, masalan, bolg‘achalar zarbi ta’sirida maydalanadi. Masalan, agar ruda mustahkam bo‘lsa, uni maydalashning eng qulay usuli ezish yoki zarba hisoblanadi. Ruda bo‘laklarida ko‘p darzlar bo‘lib, u mo‘rt bo‘lsa uni zarba ostida maydalash afzalroq, biroq rudaning qovushqoqligi yuqori bo‘lsa, zarba ta’sirida maydalashning samarasi keskin kamayadi. Odatda, maydalashning quruq usuli qo‘llaniladi. Agar rudaning tarkibida loy bo‘lsa, (masalan, marganesli, qo‘ng‘ir temir toshli ruda) ho‘l usulda maydalanadi. Maydalash usulini tanlash rudaning qiymati va maydalangan mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarga ham bog‘liq. Masalan, agar ruda mo‘rt bo‘lsa va o‘zida qimmatbaho foydali minerallarni saqlasa, uni maydalash vaqtida iloji boricha o‘ta yanchiluvchanlikka va shlamlanishga olib keluvchi ishqalanishning oldini olish kerak. Rangli va qora metallarning rudalarini yirik, o‘rta va mayda maydalashda yuqori mehnat unumdorligi bilan ajralib turuvchi konusli maydalagichlar ishlatiladi. Qattiq va o‘rtacha qattiqlikka ega bo‘lgan jinslami yirik, o‘rtacha va mayda maydalashni ezish prijisipi bo‘yicha ishlovchi (yuzli, konusli va tekis valokli) maydalagichlarda maydalash maqsadga muvofiqdir. Yumshoq va mo‘rt jinslami yirik maydalash parchalash prinsipi bo‘yicha ishlovchi (masalan, tishli valokli) maydalagichlarda, ulami o‘rta va mayda maydalashni zarba ta’sirida ishlovchi (masalan, bolg'achali) maydalagichlarda maydalash tavsiya qilinadi. Download 20.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling