Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish


Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari


Download 115.31 Kb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi115.31 Kb.
#1559381
1   2   3
Bog'liq
14 Mavzu Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

Ma’naviy tahdidga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish omillari.

Shu bilan birgalikda ma’naviy qashshoqlashuv axborot xurujiga va buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi tura oladigan ma’naviy immunitetni zaiflashuviga olib keladi. Har qanday g‘oyaviy - mafkuraviy taxdidga qarshi turadigan ma’naviy immunitetni shakllanishi axloqiy tarbiyani kuchayishiga bog‘liq. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda qonunga rioya qilish, hamda, tartibintizomni о‘rnatish muhim rol о‘ynaydi. Qonunga rioya qilish, adolatni qaror toptirish odamlarda daxldorlik xissi bо‘lishini talab qiladi. Agar odamlarda loqaydlik kayfiyati kuchli bо‘lsa, qonunga rioya qilishni ta’minlash murakkablashadi. Odamlardagi befarklik hissini bartaraf qilish ma’naviyatning yuksalishi bilan bog‘liq. Ma’naviyati yuksak odamning irodasi kuchli bо‘lib, u adolatsizlikka befarq qarab tо‘ra olmaydi. U jamiyatda dahldorlik hissi bilan yashaydi. Shuning uchun jamiyat taraqqiyotiga tо‘siq bо‘ladigan adolatsizlikni bartaraf qilish odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotish demak. Odamlar о‘zlaridagi befarklikdan halos bо‘lib, daxlodorlik hissi bilan yashashlari uchun ma’naviyat yuksalishi lozim. Chunki ma’naviyat inson irodasini mustahkamlaydi iroda esa kuchli ma’naviy immunitetni shakllantiradi. Ma’naviy tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri — odamlardagi befarqlik kayfiyatini yо‘qotishdan iborat. Buning uchun befarklikni sabablarini topish lozim bо‘ladi. Xо‘sh befarqlikni sababi nimada? Befarklikni sababi nodonlik, egoizm va kolonial davr bulib xisoblanadi. Kolonial davr bu asosan sovetlardan keyingi makondagi davlatlarga taallukli. Chunki usha zamonlarda jamiyatda biror bir muammo paydo bulsa u muammoni markaz xal kilishi kerak bо‘lgan. Sovetlarga qadar muammoni podsho hal kilishi kerak bо‘lgan bо‘lsa, sovetlar zamonida Moskva hal qilishi kerak bо‘lar edi. Biz endi mustaqil davlat ekanligimizni anglab olishimiz va unutmasligimiz lozim. Befarklikni sabablaridan yana biri - egoizm ya’ni о‘z manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qо‘yishdir. Agar odam о‘zida egoizmni jilovlay olsa befarqlikdan xalos bо‘lib daxldorlik hissi bilan yashaydi. Boshqacha qilib aytganda u о‘z manfatini jamiyat manfatiga xizmat qildira oladi. Faqat о‘z manfaatini о‘ylab yashaydigan, egoizmi kuchli bо‘lgan odam adolat bilan razolat urtasidagi kurashda befarq bulib yashaydi. Chunki u razolatni tazyikiga uchrab tinchligi buzilishidan qо‘rqadi. Befarqlikni sabablaridan yana biri nodonlik ekanligini tushinish uchun oldin nodonlik nima ekanligini anglab olish lozim. Nodonlik bu bilmaslik. Nimani bilmaslik? Befarklik oqibatida razolat g‘alaba qozonishini, kimningdir huquqlari paymol qilinishini va xuddi shunday holat ertaga о‘zi bilan takrorlanishi mumkinligini bilmaslik. Agar inson befarklik oqibatida kimningdir hukuqlari paymol qilinishini va ertaga shunday holat о‘zi bilan takrorlanishini bilsa, u xech kachon befark bulmaydi. Muammoning murakkabligi shundaki inson oliy ma’lumotli, hatto fan doktori, professor bо‘lishi mumkin, lekin, ayni bir paytda nodon bulishi xam mumkin. Nodon bulmaslik uchun axlokiy tarbiya negizida ma’naviyat yuksalgan bulishi lozim. Axloqqa rioya qilishni ta’minlovchi kuch - bu avvalo jamoatchilik fikridir. Ammo axloq faqat jamoatchilik fikri bilan mavjud emas. Odamning tabiiy tuyg‘ulari va tarbiya jarayonida shakllangan burch hissi muayyan axloqiy xattiharakatga olib keladi. Axloqiy meyorlar yoki tamoyillar odam ongida buyruq shaklida paydo bо‘ladi va kishilarni ezgu ishlar qilishga undaydi, yovuzlikdan, razolatdan asraydi. Bunday buyruqlar «Tuhmat qilma», «Yolg‘on sо‘zlama», «О‘zgalar takdiriga befarq bо‘lma», «Boshiga kulfat tushgan odamga yordam ber», «Zaif, nochor odamlarni qо‘llab-kuvvatla» va shu kabilar bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu buyruqlar qandaydir tashqi ta’sirdan emas, balkim insonning e’tiqodidan, ichki sabablar asosida kelib chiqishi lozim. Masalan, «Tuhmat qilma» degan buyrukda bir odam boshqa odamga tuhmat qilmasligiga ijtimoiy zarurat borligini anglab yetishi kerak. Agar odamlar о‘rtasida tuhmat, yolgon gapirish kо‘paya borsa, bunday jamiyat boshqarib bо‘lmaydigan son-sanoqsiz ziddiyatlardan iborat bо‘lib qoladi va muqarrar halok bо‘ladi. Shu о‘rinda Muhammad payg‘ambar (a.v.s.)ning quyidagi hadislarini eslash lozim. Hadisda shunday deyiladi: «Shariatga qarshi borish, ota - onaga itoat qilmaslik va yolgon gapirish, tuhmat qilish gunohi azimdir» 1 . Demak, axloqiy tamoyillar kishi ongida buyruq shaklida paydo bо‘lib, о‘sha buyruqni bajarish uchun ijtimoiy zarurat borligini anglatadi. Ammo biz bu zaruratni burch sifatida idrok etib, shu ishdan kо‘zlangan maqsadni qabul qilamiz va ma’qullaymiz, unga yetish uchun harakat kilishga tayyorligimizni bildiramiz. Shunday qilib, axloqiy meyorlar odamning xatti-harakatini, faqat, obyektiv qoidalar bilangina emas, balki burch, vijdon talablari bilan ham tartibga solib turadi. Yana shuni ta’kidlash joizki, axloqiy xatti-harakat insoniy jamiyat taraqqiy etib borishi bilan boyib boradi va shuning uchun axloq har doim ham rasm bо‘lgan qoidalarga bо‘ysunavermaydi. Burch tuyg‘usidan kelib chiquvchi tashabbuskorlik, yangilikka intilishlik yoki qahramonona xatti-harakat yangi fikrni, ya’ni axloqiy mezonni vujudga keltirishi mumkin. Masalan, Milliy istiqlol g‘oyasining inson qalbiga singdirilishi unda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi maqsadida xizmat qiladigan mas’uliyatni shakllantirishi mumkin. Bu mas’uliyat fuqarolarda, ayniqsa, yoshlarda о‘tmish ajdodlari va kelajak avlod oldida javobgarlikni, burchni his qilish tuyg‘usini hosil qiladi. Bunday burch esa odamlarni jamiyat manfaati yо‘lida fidokorona xatti-harakatlarga undaydigan ma’lum bir axloqiy meyorlarni yuzaga keltirib ma’naviy immunitetni mustahkamlaydi. Demokratik davlatdan fuqarolik jamiyatiga о‘tish jarayonida tarbiya jarayoniga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Chunki jamiyatni tartibga soluvchi ijtimoiy regulyator bо‘lgan axloq о‘z-о‘zidan shakllanmaydi. Biz doimo boy ma’naviy merosimizni, urf-odat, an’analarimizni zamon talablaridan kelib chiqib boyitib borishimiz lozim. Ana shunda biz fuqarolik jamiyati sharoitida yashay oladigan, yetuk fuqarolik munosabati shakllangan va yuksak ma’naviyatga ega bо‘lgan kishilarga ega bо‘lamiz. Bu esa ozod, obod va farovon jamiyat kurishning muhim omilidir. Zamonamiz mohiyati bо‘lgan fuqarolik jamiyatining shakllanishida va xalqimiz hayotini farovon qilishda yuksak ma’naviyat asosiy me’zon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatning shakllanishida esa axloqiy tarbiya asosiy omildir. Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch» asaridagi g‘oyalarning mazmun-mohiyatini odamlar ongiga va qalbiga singdirish bosh maqsadimiz bо‘lgan farovon jamiyatni kurishga xizmat qiladigan yuksak ma’naviyatni shakllantiruvchi manba bо‘lib xizmat qilishiga ishonamiz. Chunki asarda ma’naviyatning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati tо‘liq yoritib berilgan. Buni ma’naviyatga berilgan tugal ta’rifdan ham kо‘rsak bо‘ladi: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon - e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir» 1 . Ushbu ta’rifdagi ruxan poklanish va kalban ulgayish g‘oyalari buyuk Ibn Sinoning ulug‘ Tangri inson yuragida ikkita bо‘shliq yaratdi, shundan chap bо‘shligini ruhga о‘rin qilib yaratdi degan sо‘zlari bilan uyg‘unlashib ketganligi uni naqadar tugal va mukammalligini kо‘rsatib turibdi. Jamiyatda ma’naviy immunitetni mustahkamlaydigan axloqiy tarbiyani rolini yanada oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Jamiyatni ilm va ma’naviyat boshkargan taqdirdagina tartib, tarakkiyot va farovonlikni ta’minlash mumkin. Ma’naviyat jamiyat tarakkiyotini asosiy sharti bulgan ijtimoiy tartibni о‘rnatishda va har qanday tashqi tahdidga qarshi tura oladigan ma’naviy-immunitetni shakllanishida muxim axamiyatga ega. - Jamiyatda ma’naviyatni qadr topishi hokimiyat tizimida ma’naviyatni yuksalishiga bog‘liq. Hokimiyatni ma’naviy yuksalishi esa saylov jarayonida nomzod kо‘rsatishga ma’naviy salohiyat asosiy mezonlardan biri bо‘lishiga bog‘liq. Chunki ma’naviyatni qadrlash uchun о‘sha odamning о‘zida ma’naviyat yuksak bо‘lishi lozim. - Jamiyatda ma’naviy yuksalish О‘zbekiston «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch» asarlaridagi g‘oyalarni odamlar ongi va qalbiga singdirilishiga bog‘liq. Bu borada davlat va fuqarolik jamiyati о‘rtasida ijtimoiy xamkorlik alohida axamiyatga ega. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, fukarolik jamiyatini shakllanish jarayonida odamlarning xuquqlari ortishi oqibatida xulqni erkinligi kengayishi va u esa о‘z navbatida tо‘g‘ri yо‘ldan og‘ish holatlarini keltirib chiqarishi ushbu jarayonda ijtimoiy ahlok negizida ma’naviyatni yuksalishini taqozo etadi. Bizning mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ma’naviyatni yuksaltirishga qodir, yetuk ma’naviy salohiyatga ega bо‘lgan xalq va lider mavjuddir. О‘tmishga sadoqat, hozirgi kunga kadr va kelajakka umid bilan karash xalkimiz ma’naviy immunitetini yengilmas kuchga aylanishini muhim omilidir.
Odamzod yaratgan bu mo‘jiza dunyo bilimlarini, xalqlar tarixi va jahon aqliy kamolotining butun borlig‘ini o‘zida jamlaganki, u barcha makon va zamonlarda ham insoniyat ma’naviyatini tozalash, aqliy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy turmushda to‘g‘ri va oqilona yashash sirlarini o‘rgatuvchi manbadir. Zero, kitob–ustoz, kitob–yo‘lboshchi, kitob–sirdosh, kitob–nadima, hamdam. U dunyoda tabiat va inson, tafakkur va odamzod, jamiyat va fuqaro, sabab va oqibat muvozanatini me’yorga solib turuvchi eng qudratli quroldir.
Manbalarda keltirilishich mir Alisher Navoiyning quyidagi ruboiylari ham kitobga bag‘ishlangan ekan:
Jondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz,
Sondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo‘lmas,
Ondan seni ko‘p sevarmen, ey umri aziz.
Yolg‘izlikda hamdaming, xiyonatidan aziyat chektirmaydigan do‘sting, yaqin maslahatching, beminnat ko‘makching, adashganingda yo‘lboshching, qalbing torini sevgi atalmish nozik tuyg‘u chertganida yaqin sirdoshing bo‘lgan kitobni, shoir aytganidek, «har nedan ortiq» sevmay bo‘ladimi?!
Shahrimizdagi Ibn Sino nomli kutubxona men uchun eng sevimli maskan. Chunki,
Qancha intilganman, kursi qo‘ymasdan,
Dadam jovonidan olguncha kitob.
Qancha izlanganman, murg‘ak fikrning,
Minglab savoliga topguncha javob. (E.Vohidov)
Kutubxonadagi minglab kitoblar xayollarimni o‘g‘irlaydi, shuurimga fikrlar soladi. Bu ma’naviyat xazinasining durdonalari bo‘lmish kitoblarda qancha-qancha kunlar, qancha-qancha uyqusiz tunlarning mehnati, mashaqqati, qanchalab aql quvvati, qancha-qancha umid va tashvishlar, bardosh bilan faqat izlanishga baxsh etilgan necha-necha umrlar jo bo‘lgan. Kitoblar olamida bo‘lishdan-da ortiqroq zavq bormi dunyoda?! Kitoblar olamida bo‘lishning, ularni mutolaa qilishning o‘zi bir baxt emasmi? Bu go‘yo olam podshosi saroyidagi tansiq taomlar hozirlangan shohona bir ziyofat-u, ziyofatga jamiki allomalar, shoir-u yozuvchilar tashrif buyurishgan. Ajib manzara: u yerda sen ham borsan. Hech kim sening kimligingni so‘ramaydi, hech kim o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymaydi. Hamma sening savollaringga jon deb javob qaytaradi, sening tafakkur olaming ularning o‘gitlaridan yuksalaveradi, yuksalaveradi. Ha, bu ziyofatda yomon taomning o‘zi yo‘q, ammo hamma o‘z ta’biga ko‘ra «taom» tanlaydi… Kitobning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi. Kitoblar faqatgina o‘quvchining ma`naviyati, didi, dunyoqarashiga ko‘ra tanlanadi, xolos. Demak, kitob eng olis va zimiston umr yo‘llarida insonga nur bag‘ishlab turuvchi sehrli mayoqdir.
Men uchun hozirgacha o‘qigan barcha badiiy kitoblarimning bir jihati o‘zaro o‘xshash–kitobni o‘qib tugatganimdan so‘ng asardagi voqea-hodisalarning bari xuddi men bilan sodir bo‘lgandek tuyuladi va bular bir umrga qalbim to‘ridan joy oladi go‘yo. Inson zotida shunday xususiyat borki, u sevgan kitobini qayta-qayta o‘qiydi, o‘ziga yod bo‘lgan satrlarni o‘qishdan tolmaydi. Va yana har o‘qiganida o‘zi uchun yangi dunyoni kashf qiladi. Bu hol, albatta, kitobni bir bora o‘qib tushunmay, ikkinchi marta tushunishga harakat qilish emas, balki kitobni sevish, kitob muallifi o‘z kitobidagi har bir so‘zga o‘zining yurak qo‘rini qo‘shib yozganligini his etishdir. Men juda zeriksam, pokiza tuyg‘ularni sog‘insam, qo‘limga astagina Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”ini olaman. Axir o‘zini Kumushbibi yoki Otabek deb tasavvur etmagan, Otabek yoxud Kumush muhabbatidek pokiza ishqni orzu etmagan, o‘zimizning milliy urf-oqatlarimiz tasviridan zavqlanmagan kitobxon bormikan?! (Men uchun bu zavqni dilida tuymaganlar olam lazzatidan bexabarlardir.)
G‘.Gulom, H.Olimjon, Mirtemir, A.Oripov, E.Vohidov, M.Yusuf she’rlari qalbimga yaqin. Men uchun she’riyat, she’riy kitoblar sehr olami. G‘.G‘ulom yillar ortida turib hamon o‘ksik qalblarga “Sen yetim emassan” deya, H.Olimjon qalb ohanglarini so‘zga ko‘chirib “Vodiylarni yayov kezganda, Bir ajib his bor edi menda” deya, Mirtemir o‘zbek ayoli bardoshiga tan berib “Sensiz keng jahon ham sira jahonmas, Toshbu” deya, M.Yusuf vatanga bo‘lgan muhabbatini eng rangin nurlarga o‘rab “Rimni alishmasman bedapoyangga” deya, yonginamizda turib A.Oripov “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” deya, E.Vohidov “Sobit-u sayyorada inson o‘zing, inson o‘zing” deya kitoblar qatida turgandek…
Kitobga muhabbat, haqiqatan, maqtovga loyiq. Ba’zan kitob “jinnilari” ustidan kuladilar, aslida bu kulguvchilarning o‘zlari kulgiga loyiqdirlar, chamamda. Kitobga muhabbat bog‘laganlarga aslida havas bilan qarash kerak… Ulug‘ yozuvchi F.M.Dostoyevskiyning ta’kidlaganidek: “Atrofimda o‘zlarining bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazishni bilmay, eng bema’ni ish va o‘yin-kulgularni o‘ylab topayotgan kishilarni ko‘rar ekanman, qo‘limga kitob olamanda, o‘z-o‘zimga: yolg‘iz shuning o‘zi bir umr kifoya-ku deyman”. Haqiqatan ham, kim kitobni sevsa, kitobga mehr qo‘ysa, u hech qachon sodiq do‘sti, xaloskor maslahatgo‘yi, quvnoq birodari, haqiqiy yupatuvchiga ehtiyoj sezmaydi. O‘qish, o‘rganish, fikr yuritish bilan odam o‘zini beixtiyor ovutadi va bo‘sh vaqtini hamisha hatto taqdirning barcha kutilmagan sinovlarida ham oqilona o‘tkazadi.
Mening nazarimda, na kino olami, na ajoyib tomosa, umuman, san’atning biror turi, na kompyuter, na INTERNET saytlari insonni kitob darajasida lazzatlantira olmaydi. Vaholanki, kitob mutolaasi o‘quvchi istaydimi, yo‘qmi, yuksak badiiy asar uni ma’lum voqealarga baho berishgagina emas, balki o‘sha baho berish yo‘li haqida, hayotning asosiy masalalari, uning maqsadi, ma’nosi, undagi adolat, nohaqlik va hokazolar haqida mulohaza yuritishga majbur etadi. Demakki, tafakkur yuksaladi, ma’naviyat oshadi, inson borliqni anglab boradi. Kitobga mehr qo‘ymagan, kitob o‘qishni o‘zining sevimli mashg‘ulotiga aylantira olmagan kishilar hech qachon o‘zini, o‘zligini anglay olmaydi. Zero, Vektor Gyugo aytganidek: “Kitoblar jonsiz, ammo sodiq do‘stlardir.”



  1. Download 115.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling