Mavzu: Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish


Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar


Download 115.31 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi115.31 Kb.
#1559381
1   2   3
Bog'liq
14 Mavzu Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish

Jamiyatimizning ma’naviy yuksalishiga ta’sir etuvchi mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish borasidagi vazifalar.

Bugungi kunda Prezidentning ta’biri bilan aytganda “Mafkura poligonlari yadro poligolaridan ham kо‘proq kuchga ega” 15 . Shu bois mafkuravy tazyiq masalasi tobora dolzarblashib bormoqda. Ma’lumki, sovuq urush tugagandan sо‘ng sobiq sovet mafkurasi barham topdi va о‘rnida g‘oyaviy bо‘shliq shakllanish havfi paydo bо‘ldi. Bu esa ma’naviy sohadagi ishlarni jonlantirishni talab etadi. Bugungi kunda jamiyatimiz hayotida mafkuraviy omillarning sezilarli ta’siri mavjudligini bir qarashdayoq sezish mumkin. Dunyoda mislsiz ilmiy kashfiyotlar, ulkan texnikaviy imkoniyatlar, universal texnologiyalar, axborot tarqatishning globallashuvi, ya’ni ularning butun kurrai zaminni qamrab olish jarayoni shiddat bilan bormoqda. Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha xududlaridagi odamlarning о‘zaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir. Biror-bir hudud yoki mamlakatda paydo bо‘layotgan g‘oyalar tez fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada odamzot ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning mafaatlariga xizmat qiladigan, olis-yaqin manbalardan tarqaladigan, turli mafkuraviy markazlarning bosimini doimiy ravishda sezib yashamoqda. Shu ma’noda, “globallashuv – bu avvalo hayot sur’atlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir” 1 , - deb ta’rif beradi Prezidentimiz. XX asrning 80-90 yillari va XXI asr bо‘sag‘asiga kelib dunyoning siyosiy manzarasi tubdan о‘zgardi, ikki qutbli dunyo barham topdi. Nisbiy muvozanat buzildi. Dunyodagi ikki qutbning biri bо‘lgan sotsialistik lager tarqalib ketdi. Uning eng katta va totalitar tuzum bо‘lgan asosiy davlati-sobiq ittifoq о‘tmishga aylandi. Bu davlatning о‘rnida mustaqil davlatlar yuzaga keldi. Bu davlatlar о‘z milliy davlatchilik an’analarini tikladi.
Bugungi kunda aksariyat rivojlangan davlatlarning mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tomoyillarga asoslanadi. Ularda tinchlik va taraqqiyot, inson haq-huquqlari va erkinligi, milliy va diniy totuvlik g‘oyalari ustivordir. Bu tamoyillarga asoslangan ezgu g‘oyalar umuminsoniy manfaatlar orzusi bо‘lgan yorug‘ kelajak uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga ming afsuski, hozirgi vaqtda dunyoning mafkuraviy manzarasida turli vositalar orqali о‘z ta’sir doirasini kengaytirishga intilayotgan tajavuzkor millatchilik, shovinizm, neofashizm, irqchilik, diniy ekstremizm kabi siyosiy, kuchlar va oqimlar ham bor. Bunday g‘ayriinsoniy, bugungi g‘oyalar xalqlar boshiga sо‘ngsiz kulfatlar keltirib, insoniyatning tinchligi, osoyishtaligini buzib, odamlar ongiga turli balolar yog‘dirmoqda. Afg‘onistonda 25 yildan ortiq davom etayotgan birodar kushlik urushi, Bolqon mintaqasida mustahkam tinchlik о‘rnatishga haligacha erishilmagani ana shunday bugungi g‘oyalarning ta’siri oqibatidir. XX asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir shu qadar kuchayib bordiki, bu jarayondan о‘zini tо‘la ajratib olgan birorta davlat yо‘q deb tо‘la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a’zo bо‘lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan tо‘liq javob olishimiz mumkin. “Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’iy nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bо‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini kо‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim. Eng yomoni bunday xurujlarning pirovard oqibati odamni, ayniqsa, yoshlarni о‘zi tug‘ilib о‘sgan yurti va xalqidan tonishga, vatanparvarlik tuyg‘ularidan mahrum etishga va hamma narsaga loqayd bо‘lgan shaxsga aylantirishga qaratilgani bilan xavflidir. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman degan mamlakatlar uning ta’siriga kо‘proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g‘ayri ixtiyoriy ta’sir esa kо‘pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy axborot, ma’naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shunday jarayonlarning har bir mamlakatga о‘tkazayotgan salbiy ta’sirini kamaytirish va ijobiy ta’sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini о‘rganish lozim. Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur о‘rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodiyoti va madaniyati, ma’naviyatini “tog‘dan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshqaruvsiz qayiqni topshirib qо‘yish” bilan barovar bо‘lar edi. Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari о‘tkazgan va о‘tkazayotgan tadqiqotlar tahlili bu sohadagi ishlar endigina boshlanayotganidan guvohlik beradi. Bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadidir. Shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari xalqlarining ongi va qalbi turli g‘oyalari sinash maydoniga, mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “...bugungi zamonda mafkuraviy poligonlar yadro poligonlaridan ham kо‘proq kuchga ega” 1 dir. Ana shunday sharoitda xalqning barcha qatlamlariga bnrilayotgan bilimlar obyektiv, voqelikni tо‘liq va tо‘g‘ri aks ettirishi, jamiyat taraqqiyotiga, Vatan va halq manfaatlariga, qadriyatlarni saqlashga xizmat qilishi lozim. Bu boradagi bilimlar qanchalik obyektiv va chuqur bо‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik ustuvor bо‘ladi. Ularni egallagan odam mafkuraviy tajovuzlarga munosib zarba beradi. Bunga erishish jarayoni nihoyatda serqirra bо‘lib, u о‘z mohiyatiga kо‘ra, yot g‘oyalar kirib kelishining oldini olish va ularning yо‘qotishga qaratilgan chora-tadbirlar, g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini о‘z ichiga oladi.
Hozirgi davrda dunyoda g‘oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari kuchliroq bо‘lib borayotgan davrdir. Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alariga bо‘linishi geografiya darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonnning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud davlatlarning chegaralarini xisobga olgan holda ham yer yuzining hududiy bо‘linishini ham bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir. Shu bilan birga, axborot oqimining tezlashuvi davridamiz. Bunga shak-shubxa yо‘q. Ammo tarixda mavjud chegaralarni о‘zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun sonsanoqsiz urushlar bо‘lgani ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib yorganini bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kо‘proq bir davlat ichida, ikki davlat о‘rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bо‘lishi mumkin edi. Tо‘g‘ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo etish uchun yoki о‘rta asrlardan boshlab Yevropalik istilochilarning boshqa qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari kо‘lami jihatidan ajralib turadi. Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog‘i kerakka о‘xshaydi. XX asrda rо‘y bergan ikkita jahon urushida о‘nlab davlatlar, bir necha qit’a mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada о‘rinli ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi о‘z maqsadlari yо‘lida о‘zgartirmoqchi bо‘layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid solmoqda. Ta’lim-tarbiya tizimida bunday tahdidlarga qarshi kurashda quyidagi vazifalarni asosiy e’tiborni qaratish zarur: Birinchidan, Taraqqiyotga nisbatan xavf-xatarlardan biri buyuk davlatchilik shovinizmidir. Muayyan kuchlar va davlatlar tomonidan sodir etilayotgan siyosiy, mafkuraviy va iqtisodiy hukmronlik, millatlararo va davlatlararo, mintaqaviy munosabatlarda unga intilish hissi ba’zilarni tark etmayapdi. Uning zararli oqibatlarini, kо‘zlangan maqsad-manfaatlarni, uni amalsha oshirish usul va vositalarini keng tahlil etib borish zarur. Ikkinchidan, milliy suverenitetdan voz kechish hisobiga yagona davlat tuzishni kо‘zlayotgan, xalifalikni tiklashga, uning tо‘g‘ri ekanini asoslashga urinuvchilar xamon uchraydi. Bu hol aynan millat sifatida о‘zligimizni anglashga yо‘l qо‘ymasligini yashiradilar. Bu g‘oyani tiqishtirishda ular bizning islom diniga e’tiqod qilishimizga alohida urg‘u beradilar. О‘zbekiston dunyoviy kо‘p konfessiyali, kо‘p millatli davlat. Undagi taraqqiyot ijtimoiy hamkorlik, milliy totuvlikka bog‘liq ekanini ta’kidlash zarur. Uchinchidan, mafkuraviy profilaktika bilan bog‘liq ma’rifiy chora-tadbirlar tizimini yanada kuchaytirish talab etiladi Tо‘tinchidan, mafkuraviy immunitetni yuksaltirish, uni tashkil etuvchi elementlarni yanada qaror toptirish bilan bog‘liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samarasini oshirish ustida tinimsiz ishlash talab etiladi.
Respublikamizda bugun yoshlar ta’lim va tarbiyasi davlat siyosatining dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi hech kimga sir emas. Sababki, O‘zbekiston Respublikasi aholisining oltmish foizidan ko‘prog‘ini yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekanligi tabiiydir. Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz–mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir.
Insonning insonligi, birinchi navbatda, uning ma’naviy axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi. Ma’naviy-axloqiy inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahalla-kuyi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi haqida qayg‘uradi.Umuman olganda, O‘zbekistonda jamiyatni tubdan yangi demokratik asoslarda qurish va uni har tomonlama rivojlantirish xalqning dunyoqarashi, ma’naviyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Respublikamiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yurtimizda ta’lim sohasini tubdan isloh qilish bilan bog‘liq holda aytgan quyidagi gaplari fikrimiz dalilidir: “Ta’limning maqsadi voyaga yetmaganlarni mahalla-ko‘yning ko‘z oldida saqlash, yurish-turishi, kiyinishi, o‘zini tutishini nazorat qilish yoki yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish, erta tug‘ruq, turli oqimlarga qo‘shilib qolish kabi vajlar bilan ularni “doimiy infantil yosh bola” statusida saqlab qolish emas. Ta’lim tizimining maqsadi sipo, oq ko‘ylak, qora shim kiygan olomonni yetishtirish ham emas.
Ta’lim tizimining bosh maqsadi mustaqil fikrlaydigan avlodni shiddat bilan o‘zgarayotgan global dunyoda yashab ketishga tayyorlash, ularni boshqa mamlakatdagi tengqurlariga nisbatan raqobatbardosh qilish va shu orqali millatning ravnaqini ta’minlashdir. Yoshlari kasbsiz, mahorat va malakasiz, mustaqil fikrlamaydigan, o‘rganishni o‘rganmagan millatlar zaiflashib, boshqa millatlarga yem bo‘lishini tarix ming bir marta isbotlab bergan... Shunday ekan hozir bizga ta’limning yangi islohoti kerak”.
Yurtboshimiz rahbarligida “Yoshlarga oid davlat siyosati”ning qabul qilinganligi, unda asosiy masalardan biri sifatida yoshlarning ta’lim olishiga alohida o‘rin ajratilganligi, yoshlar ma’naviy olamini boyitish maqsadida “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” to‘g‘risidagi qaror3ning qabul qilinishi hamda qaror ijrosi sifatida respublika miqyosida kitobxonlar bellashuvining o‘tkazilishi, g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alarming taqdim etilishi ham fikrimizni dalillaydi.
Bugun rivojlanayotgan davlatimizga jahon mamlakatlari mutaxassislari bilan bemalol raqobatlasha oladigan intellektual salohiyat egasi bo‘lgan ijodiy fikrlovchi, ma’naviyati yuksak shaxslar zarurdir. Zero, ma’naviyati yuksak shaxs har xil oqimlarga qo‘shilmaydi, aniqrog‘i, jaholat ta’siriga berilmaydi.
Ma’rifat inson ma’naviyatining cho‘qqisi bo‘lsa, jaholat uning aksi inson zotining zavoli, kushandasidir.
«Men o‘zimdagi barcha yaxshi fazilatlar uchun kitobdan minnatdorman», degan edi XX asrda yashab o‘tgan ulug‘lardan biri. Kitob – insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq belgisi, insoniyat yaratmishlari ichra takrorlanmas mo‘jizadir. Kitoblar qatida kechmish zamonlarning aql-idroki yashaydi, xoki tuproqlari tush misol qachonlardir to‘zg‘ib ketgan odamlarning ovozi burro va aniq yangrab turadi. Insoniyat tomonidan yaratilgan turfa narsa-buyumlarning, tafakkurda qayta-qayta o‘ylab ko‘rilgan fikrlarning va u erishgan jamiki yuksakliklarning, hattoki, insoniyat olamining ma’naviy yetukligi-yu tanazzuli ham, tabiat bergan ne’matlardan bahramandligi-yu isrofgarchiligi ham – barcha-barchasi xuddi sehrli sandiqday kitoblar sahifasida saqlanib qolgan.
Tarix zarvaraqlariga yuz tutsak, odamzod tomonidan yaratilgan misli ko‘rilmagan ixtirolar bisyorligiga; ulug‘ yaratmish o‘zining yaratish, yashnatish, bunyod etish va, asosiysi, yuksak tafakkur imkoniyatlarini faqat va faqat insongagina tuhfa etganligiga amin bo‘lamiz. Qalamning yaratilishi, kosmik kemalarning yasalishi va osmon toqiga qadam qo‘yilishi (Inson qadam qo‘ydi samo toqiga (G‘.G‘ulom), hisoblash texnikalari, kompyuter texnologiyalari, atom energiyasi (Atomni bunyod etib hayron o‘zing, hayron o‘zing (E.Vohidov), eh he, bur ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. To‘g‘ri, mazkur mo‘jizalarning birortasini inkor etib bo‘lmaydi, aksincha, bularning hamma-hammasi inson oily tafakkurining mahsuli ekanligiga hayrat ko‘zlari bilan qayta-qayta nazar tashlaymiz va tan beramiz. Ammo inson qo‘li, tafakkuri, aql-u zakovati bilan bunyod etilgan jamiki ixtirolar, kashfiyotlar ichida ehg yuksagi, oily maqomga ega bo‘lgani, insoniyat hayotida yo‘lchi yulduz, so‘nmas mayoq, yaxshi-yomon kunlarida hamdam bo‘ladigani, mo‘jizalar mo‘jizasi kitobdir.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, inson o’zligini anglashi dahldorligini bilishi atrof muhitdagi voqeliklarga befarq bo’lmasdan , dunyoviy va diniy bilimlarni chuqur o’rganish va bilish doimo izlanishda bo’lsa albatta “Jaholatga qarshi ma’rifat” kurasha oladi.
Ma’naviy dunyosi yuksak, teran bilimli odam hayot yo’llarida o’zini yo’qotmaydi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata oladi, o’zgalarning ta’siriga berilmaydi. Ma’naviy qashshoq insonning jaholat komiga tushishi oson. Biz bugungi kun yoshlari teran fikrlamog`imiz kerak. Har xil insonlar qatoriga qo`shlimasligimiz o`z fikrimizga ega bo`lmog`imiz kerak. Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat orqali kurash g‘oyasi shiori ostida barchamiz bahamjixat bo‘lib, milliy g‘oya va mafkurani yoshlar ongiga yanada chuqurroq singdirishimiz va ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishimiz lozim.
Download 115.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling