Mavzu: Jahon adabiyotida Alisher Navoiy ijodiga qarashlar
Download 4.57 Kb.
|
Turayeva Dilshoda j 14
- Bu sahifa navigatsiya:
- Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir.
- Etiboringiz uchun rahmat.
Urganch Davlat Universiteti Filologiya fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti (sirtqi) yo‘nalishi 211-guruh talabasi Turayeva Dilshodaning Jahon adabiyoti fanidan tayyorlagan mustaqil ishi. Mavzu:Jahon adabiyotida Alisher Navoiy ijodiga qarashlar. Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga tegishli mutafakkir shoir. Alisher Navoiy — Sharq Renessansining yirik namoyandasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiyzabon xalqlar madaniy va maʼnaviy hayotining rivojida alohida oʻrin tutadigan yorqin shaxsdir. Bunga quyidagilar dalil boʻla oladi. Birinchidan, u oʻzining gumanistik gʻoyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, oʻlmas sheʼriy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shoir va mutafakkir. Uning adabiy merosi nihoyatda ulkan va serqirra. Ikkinchidan, Alisher Navoiy butun dunyo qarshisida turkiy — oʻzbek tilining boy imkoniyatlarini koʻrsatib, uning arab yo fors tillaridan hech qaysi jihatdan kam boʻlmagan goʻzal til ekanini isbotlab bergan buyuk tilshunos olimdir. Uchinchidan, Alisher Navoiy — buyuk adabiyotshunos olim. U Sharq sheʼriyatining muammo, qasida kabi XV asrga kelib deyarli unutilayozgan janrlarini tiklashga alohida eʼtibor berib, nafaqat turkiy adabiyot, balki forsiy adabiyot rivojiga ham beqiyos hissa qoʻshdi. Toʻrtinchidan, Alisher Navoiy butun ongli hayotini turkiy xalqlar nufuzini, milliy gʻurur va milliy oʻziga xosligini qayta tiklashga sarflagan buyuk vatanparvardir. Alisher Navoiy tufayli dunyo xalqlari turkona madaniyat va maʼnaviyatga alohida ehtirom koʻrsata boshlaganlar. Hazrat Navoiy butun hayotini oʻz xalqining ilm-fani va sanʼatini rivojlantirishga, mamlakat ravnaqi, xalq va millatning tinch-totuv yashashiga hamda davlat qudratini mustahkamlashga bagʻishladi. Sulton Husayn Boyqaro ul zotni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz atamagan. Alisher Navoiydagi bagʻrikenglik, odillik, donolik, siyosatdonlik va fuqarolarga gʻamxoʻrlik fazilatlari Boyqaroga davlatni adolatli boshqarishda yaqindan yordam bergan. Shuning uchun ham Husayn Boyqaro Navoiyni doʻst sifatida benihoya ulugʻlagan va qadrlagan. Har qanday sharoitda ham uni yonidan uzoqlashtirmaslikka harakat qilgan. Ularning doʻstligi davlatni mustahkamlash, yurtda adolat oʻrnatish, til, madaniyat, sanʼat, ilm-fanni rivojlantirish bilan birga, davlatning mudofaa qudrati, xalqaro obroʻ-eʼtiborini oshirishga xizmat qildi. Alisher Navoiy faqat turkiy xalqlarga emas, balki butun bashariyatga taalluqli mutafakkir shoir. Uning asarlari faqat bir millat uchun yozilgan emas. Ularda tilga olingan har bir muammo va uni bartaraf etish gʻoyalari butun insoniyatga daxldordir. Britaniya kutubxonasi Alisher Navoiy sheʼriyatini oʻz ichiga olgan 30 dan ziyod qoʻlyozmalarga ega. Ushbu yirik tadbir hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan oʻrnatilgan hamkorlik biz uchun sheriklik dasturidagi dastlabki muhim qadamdir. Biz birgalikda Navoiyning boy poetik merosi hamda Markaziy Osiyoga oid rang-barang qoʻlyozmalarini toʻplash anʼanasi orqali uning mazmun-mohiyatidan butun dunyoni bahramand eta olamiz. E'tiboringiz uchun rahmat. Download 4.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling