Energo-mexanika


Download 1.19 Mb.
Sana04.06.2020
Hajmi1.19 Mb.
#114339
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


NAVOIY DAVLAT KONCHILIK

INSTITUTI

ENERGO-MEXANIKA

fakulteti 13C-19MT guruh

talabasi Xojiyev Akmalning

O`zbekiston tarixi fanidan

MUSTAQIL ISHI


Bajardi: Xojiyev A.A.

Tekshirdi

Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining

ajralmas qismi

Reja:

1.Sivilizatsiya tushunchasi. O`rta Osiyo va uning jahon sivilizatsiyasi tarixida tutgan o`rni.

2.Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari. Mamlakatimiz hududida paleolit, mezolit va neolit davri makonlari.

3.Eneolit va Bronza davri. O`rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo`lishi.(Oltintepa, Sopollitepa, Jarqo`ton va boshqalar)

Sivilizatsiya tushunchasi

Har bir asr o‘z kasalliklariga ega. Sivilizatsiya kasalliklarini bilishdan oldin “sivilizatsiya” nima? Degan savolga javob berish mantiqan o‘rinli bo‘lgani tufayli, muammoni aynan ushbu atamani yoritishdan boshlaymiz.

Sivilizatsiya” iborasi lotin tilidagi civilis-davlatga, fuqaroviylikka xoslik, fuqaroga monandlikni bildiradi



va bir necha ma’nolarda qo‘llaniladi:

Insoniyat taraqqiyoti tarixining yovvoyilikdan so‘ng keladigan bosqichi sifatida (L.Morgan, F.Engels, A.Tofler);

madaniyatning sinonimi sifatida;

U yoki bu mintaqaning rivojlanish darajasi (bosqichi) sifatida (antik sivilizatsiya, Qadimgi Hindiston, qadimgi Xitoy va hokazo);

Muayyan hududdagi madaniyatlar rivojlanishining muayyan bosqichlari, ularning degradatsiya va inqirozga yuz tutish bosqichlari sifatida (Rim madaniyati, Assiriya madaniyati va h).

Sivilizatsiyaga ta’rif berishga turlicha yondashishlar mavjud bo‘lsada, yovvoyilikdan farqlanuvchi barcha belgilariga ega sotsium shakllangan paytdagi jamiyatning aynan ijtimoiy jihatdan uyushishga o‘tganini bildirilishi hamma tomonidan tan olinadi. Sivilazatsiya jamiyat taraqqiyotining faqat iqtisodiy ko‘rsatkichlaridan iborat emas. U madaniy, geografik, ma’naviy jihatlarni o‘z ichiga olib, har bir sivilizatsiyaning yagona va qaytarilmas bo‘lishini belgilab beradi.

Sivilizatsiya-bu odamlarning barqaror madaniy-tarixiy hamjamiyati bo‘lib, ularning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari va madaniy an’analarining birligi, moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishning o‘xshashligi, turmush tarzi va shaxs tipining o‘ziga xos xususiyatlari, umumiy etnik belgilar va geografik chegaralar umumiyligi bilan farqlanadi.

O`rta Osiyo va uning jahon sivilizatsiyasi

tarixida tutgan o`rni.

O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar mil.avv. VI ming yillikdayoq dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan shug’ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar bilan izoxlash mumkin. Bu o’rinda Urta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish (Kopetdog’, Hisor, Zarafshon tog’oldi hududlari hamda Kizilqum, Koraqum, Kashqadaryo va Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir.

Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit davridayoq, yaьni mil.avv. VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu aholining Sharqdagi, dastavval Old Osiyodaga boshka qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan. O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar tosh davrining ilk davrlaridayoq joylasha boshlangan. Ilk paleolit davriga oid makonlar Farg’ona vodiysidagi Selungur va Toshkent viloyatida joylashgan Ko’lbuloq makonlaridan topib o’rganilgan. Ularning makonlari asosan buloq va daryo bo’ylarida joylashgan, asosan ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar.

O’zbekiston hududida qadimgi odamlarning dastlabki vakillaridan biri neandertalь odamlari hisoblangan. Bu odam qoldiqlari Boysun tog’idagi Teshiktosh g’oridan topilgan bo’lib, miloddan avvalgi 100 – 40 ming yilliklarda Osiyo va Yevropada keng tarqalgan edi. Bu davrda odamlar qo’lidagi qurollar turlari ko’paydi va nayzasimon, qirg’ichsimon, pichoqsimon va boshqa qurollar paydo bo’ldi. Bu davrda iqlim ancha sovuq bo’lib, odamlar g’orlarda yashaganlar va olovdan foydalanganlar.

Ibtidoiy jamiyat va uning davrlari

Ibtidoiy jamiyat - ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishidan to davlat yuzaga kelguniga qadar boʻlgan davr. Jamoa boʻlib mehnat qilish va jamoa boʻlib isteʼmol qilish Ibtidoiy jamiyat ning oʻziga xos xususiyatidir. Eng oddiy mehnat qurollariga ega boʻlgan ibtidoiy odam yakka-yakka holda tabiat kuchlariga va hayvonlarga qarshi kurasha olmas edi. Shuning uchun ibtidoiy odamlar jamoa ravishda mehnat qilib, oʻz mehnatlarining mahsulini teng taqsimlar edilar. Ibtidoiy jamiyat iborasi juda buyuk kash-fiyot hisoblanib, u birinchi navbatda eta. olim L. G. Morgan nomi bilan bogʻliq. L. G. Morgan oʻzining "Qadimgi jamiyat" (1877) asarida juda boy etn. materiallarga asoslangan holda ilmiy olamda birinchi boʻlib, kishilik tarixining dastlabki sinfiy jamiyatga qadar boʻlgan davrini ikki bosqichga boʻlgan: 1-bosqichni "ibtidoiy tuda", 2-bosqichni esa "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" deb atadi. Ibtidoiy tuda bo-sqichi oʻz mazmun va mohiyati bilan ilk ajdodlarimizning "hayvonot" olamidan ajralib insoniyat olamiga oʻtish davri bilan harakterlanadi. L. G. Morgan bu bosqichni Ibtidoiy jamiyat ga kiritmagan. Aslida Ibtidoiy jamiyat urugʻchilik jamoasini vujudga kelishi bilan boshlanadi. L. G. Morgan fikriga F. Engels va V. I. Leninpar qoʻshilsada, ammo ular urugʻchilik jamoasi davrini "ibtidoiy kommuna", "qadimgi kommunizm" iboralari bilan almashtirib katta nazariy xatoga yoʻl qoʻyadilar. I. V. Cmashinning "Dialektik va tarixiy materializm haqida" asari paydo boʻlgach, masala yanada chalkashib ketdi. U Ibtidoiy jamiyat tushunchasiga kishilik tarixini ibtidoiy tuda bosqichini ham qoʻshib yubordi. Stalincha konsepsiya keyinchalik sobiq sovet tarixshunosligida asosiy yoʻl-yoʻriq boʻlib qoldi. Aslida, tarixan birinchi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya — ibtidoiy urugʻchilik jamoasi edi. U urugʻ jamoalarining paydo bulishidan to birinchi sinfiy jamiyatning shakllanishiga qadar boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Ibtidoiy tuda davrida esa ishlab chiqarish ning oʻzi boʻlmagan. Bu davr odamzodning uzok, davom etgan tadrijiy shakllanish bo-sqichi boʻlib, u haqiqatan Ibtidoiy jamiyat ga oʻtish davri hisoblanadi. L. G. Morgan oʻz vaqtida Ibtidoiy jamiyat ni 2 bosqichga boʻlgan: bi-rinchisini "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi", ikkinchisini esa "harbiy demokratiya bosqichi" deb ataydi. 20-asr davomida etn. va arxeologiya sohalarida fan olamida qoʻlga kiritilgan yutuqlar harbiy demokratiya davrini sinfsiz jamiyatdan birinchi sinfiy jamiyatga oʻtish bosqichi sifatida qarashni, shuningdek, "ibtidoiy urugʻchilik jamoasi" davrini ikki fazaga boʻlishlikni taqozo etadi. Ibtidoiy urugʻ jamoasining har ikkala fazasi davomida inson hayotida juda katta sifat oʻzgarishlari yuz berdi. Bu davrda dastlabki jamoa boʻlib yashash kurtagi paydo boʻldi. Bu kurtak urugʻ jamoasining tarkib topishiga asos solgan onalar atrofida yuz berdi. Shuning uchun ham urugʻchilik jamoasining bu ilk fazasi — ona urugʻi — matriarxat deb ataldi. Urugʻchilikning birinchi tadrijiy rivojlanish fazasida ishlab chiqarish munosabatlari toʻlaligicha urugʻ manfaatiga mos tushadi, jamoada ijtimoiy ishlab chiqarish hukmron. Endi ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida ishlab chiqarish munosa-batlari asta-sekin urugʻ manfaati do-irasidan chiqa boshlaydi. Bunday ijtimoiyiqtisodiy oʻzgarishlar ibtidoiy jamoa xoʻjaligida dehqonchilik va chorvachilikning kelib chiqishi rivojlanishi bilan, jamoada ortikcha mahsulotning paydo boʻlishi va bozor munosabatlarining tarkib topishi bilan bogʻliq edi. Bu jarayonlar, albatta, ishlab chiqarish da erkaklar mehnatiga talabning or-tishi va urugʻlararo guruxli nikohning buzilishi va urugʻ jamoasidan tashkarida patriarxal juft oilaning qaror topishi bilan bogʻliq edi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasi zamonida roʻy bergan bu oʻzgarishlar matriarxal urugʻ jamoasining patriarxal urugʻ jamoasiga oʻz oʻrnini boʻshatib berishiga olib keldi. Ota urugʻi (patriarxat) shakllandi. Jamoada erkaklar rolining kuchayishi tabiiy ravishda patriarxal juft oilani keltirib chiqardi. Patriarxal urugʻ jamoasidagi juft oila nikohi va uning tarkibida monogam nikoh tizimining karor topishiga olib keldi. Ilk urugʻchilik jamoasi davrida odamzod birinchi bor amaliy sanʼatni kashf etdi, yaʼni sanʼat dastlab ayol haykallarini yasashdan, birinchi navbatda, homilador ayol tasvirini ishlashdan boshlandi. Bu davrning boshqa bir buyuk oʻzgarishi odamzodning biologik jismoniy tuzilishida roʻy berdi, yaʼni yevropeoid, negroid va mongoloid irklar shakllandi va, nihoyat, eng qad. ajdodlarimiz tabiiy gʻordan chiqib, maʼlum mintaqalarda oʻzlari uchun kulba yasash yulini kashf etdilar. Ibtidoiy ajdodlarimiz hayotidagi bu inqilobiy oʻzgarishlar ona urugʻi — matriarxatning dastlabki ming yilliklari davomida, yaʼni miloddan avvalgi 40— 30ming yilliklarda sodir boʻldi. Ibtidoiy tuda davrida ilk ajdodlarimiz oʻrtasida biologik aloqalar cheklanmagan, tartibsiz holda yuz bergan boʻlsa, ibtidoiy urugʻchilik jamoasi tarkib topishi bilan odamlar oʻrtasidagi biologik aloqalar maʼlum tartibga tushdi, yaʼni biologik aloqalar endi ikki urugʻ jamoasi aʼzolari oʻrtasida sodir boʻladigan boʻldi. Bu nikoh tartibi guruxli nikohdeb yuritildi. Key-inroq, ona urugʻi davrining soʻnggi fazasida ana shu guruxli nikoh doirasida ayollar farzandlarining otalaridan oʻz urugi uchun ishlab berishni, oʻz urugʻi yumushlariga yordam berishni talab kila boshlaydilar. Bu talablar, albatta, iqtisodiy muammolar bilan bogʻliq boʻlib, ona urugʻi jamoasi zaminida matriarxal juft oilani rasmiylashi-shiga olib keldi. Onalar, endi, uz farzandlariga uz otasini tanishtira boradi. Uzok, davom etgan bu nikohtarti-bi va axloq normalari ona urugʻi doirasida erkaklar rolining kuchayishiga olib keldi. Iqtisodiy hayot tashvishlari endi erlar qoʻlida jamlandi. Erkaklar iqtisodiy xujalik jilovini uz qoʻllariga oladilar va ularning farzandlari oldidagi nufuzi ortib boradi. Ibtidoiy urugʻchilik jamoasining ikkinchi fazasida urugʻ jamoalari xoʻjaligida qoʻshimcha daromad paydo boʻladi, u esa, oʻz navbatida, mol ayirboshlashni keltirib chikaradi. Ana shu davrdan boshlab urugʻlarning qabilalarga birlashishi boshlanadi. Qabilalararo iqtisodiy aloqalar vujudga keladi va ularning oqibat natijasi sifatida kishilik tarixida harbiy demokratiya davri boshlandi. Bu inqilobiy oʻzgarishlar otalar urugʻi (patriarxat) ga xos bulib, ular ibtidoiy urugchilik jamoasi zaminida dehqonchilik va chorvachilikning kashf etilishi bilan bogʻliq edi.

Arxeologik jihatdan ilk va urta paleolit davriga muvofiq keluvchi ibtidoiy tuda davrida yashagan ajdodlarimizning odamsimon maymun podalariga xos xatti-harakatlari, ularni fan olamida eng oliy tipdagi odamsimon maymunlardan tarqalgan, degan tasavvurni keltirib chiqardi. Aslida, hech bir odamsimon maymunlardan (shimpanze, gibbon, orangutan, goril-lalardan) odam tarqalmagan. Odamzotning eng ilk ajdodlari oʻzlarining oziq tishlaridagi naqshlari va bosh miyasining maymun bosh miyasidan kattaligi bilan farqqiluvchi maymunsimon odam ajdodi (Goranna driopiteki) dan tarqalgan. Bu tipdagi odamzot ajdodlarining qoldiqlari Jan. Afri-kada zinjantrop, Indoneziyaning Yava o. da pitekantrop, Xitoyda sinantrop, Oʻzbekistonda fergantrop, Germaniyada neandertallar nomlari ostida to-pib oʻrganildi. Fan olamining xulo-sasiga koʻra, ular to "aqlli odam" ("homo sapiens) holatiga kelguniga qadar (miloddan avvalgi 40—35 ming yillikka qadar) oʻzining tadrijiy shakllanish taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Ular eng oddiy tosh qurollardan va olovdan foydalanishni oʻrgandilar. Madaniyatning dastlabki kurtaklari vujudga keldi, maʼnoli nutq paydo boʻldi. Inson asta-sekin biologik jihatdan takomillasha bordi, eng ibtidoiy (pitekantrop, sinantrop va neandertal va boshqalar) tipdan yuksak taraqqiy etgan va mehnat qilish qobiliyatiga ega boʻlgan odam darajasiga yetdi. Avvalo mehnat, soʻngra soʻzlash ikkita eng muhim sabab boʻldiki, bu sabablar taʼsiri ostida eng ilk ajdodlarimizning miyasi sekin-asta aklli odam miyasiga aylandi. Ilk va oʻrta paleolitdan uning soʻnggi bosqichiga oʻtish davrida tosh qurollarni yasashda, ovchilikda ancha yutuqlarga erishildi. Ibtidoiy toʻdadan soʻnggi paleolitga oʻtish davrida ijtimoiy munosabatlar va odam qiyofasi ancha oʻzgardi va taraqqiy etdi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda Ibtidoiy jamiyat ning har bir davriga mansub mehnat qurollari Fargʻona vodiysidagi Selungur goroda va boshqa joylarda topildi. Arxeolog A. P. Okladnikov tomonidan 1938— 39 yil larda tekshirilgan Teshiktosh tri yodgorliklari ham mazkur davrning mustye bosqichiga mansubdir.

Soʻnggi paleolit davrida suyak va shoxdan yasalgan buyumlar — igna, bigiz, qarmoq, kamon oʻqi, turli xil bezaklar va h. k. keng qoʻllanilgan. Bu davrda parma ham paydo boʻldi. Ibtidoiy tuda oʻrnini ijtimoiy jamoaning ancha mukammallashgan shakli — ona urugʻi jamoasi (matriarxat) oldi. Bir urugʻ ichida nikoh qilish man etildi, natijada ibtidoiy odamlarning jamoa boʻlib uyushishi kuchaydi. Arxeologik jihatdan soʻnggi paleolit, mezolit va neolit davriga muvofiq ke-luvchi matriarxat davrida urugʻchilik jamoasi ancha uyushqoq ijtimoiy-iqtisodiy kurtak boʻlib, kishilar bir-galikda mahsulot tayyorlar va isteʼmol qilar edi. Ular ovchilik, baliqchilik bilan shugʻullanganlar, keyinchalik esa motiga bilan yer haydab, dehqonchilik qilib va uy hayvonlarini boqib, tirikchilik oʻtkazishgan. Matriarxatning rivojlangan davrida mehnat taqsimoti tufayli xoʻjalikda va jamiyatda ayollar muhim rol oʻynay boshladi. Ibtidoiy guruh-guruh oiladan alohida xoʻjalikka ega boʻlmagan beqaror juftjuft oilaga utildi. Matriarxat davrida qishki turar joy, kiyim va bezaklar, qurolning murakkab turlari (oʻq yey, yelmiltiq va boshqalar), terini qayta ishlash, mato toʻqish, kulolchilik, tasviriy sanʼat va din vujudga kela boshladi. Bu davrning soʻnggi bosqichida et-nik birlik — qabila tarkib topdi. Oʻrta Osiyoda shu davrga oid kup yodgorliklar topilgan (mas, Joytun mada-niyati, Kaltaminor madaniyati).

Neolitning soʻnggi bosqichi va jez davrining boshlarida ona urugchilik jamoasining ishlab chiqaruvchi kuchlari taraqqiyotida katta oʻzgarishlar rui berdi. Chorvachilik, omoch bilan yer haydash, baliq tutish, metallni oddiy usulda qayta ishlash yuzaga keldi. Natijada ayollarning xujalik yuritishdagi roli pasayib, erkaklarning roli oshdi. Kishilar tabiat kuchlariga qarshi kurashish uchun turli qurollardan foydalandilar. Erkaklar oʻzlari topgan boyliklarini umumiy jamoaga emas, oʻz bolalariga berishga intildilar. Shu tariqa matriarxatdan patriarxat davriga oʻtildi, urugʻchilik oilalariga ota boshchilik qiladigan boʻldi. Ota urugʻi asosida katta patriarxal oilalar tashkil topdi. Patriarxal oilada urugʻchilik tuzumining kurtagi saqlangan boʻlsada, uning yemirilayotgani sezilib turardi. Barqaror nikoh vujudga kelishi bilan ayol kishi erkak turgan joyga borib yashaydigan boʻldi. Bolalar ota ismining va mulkining merosxoʻri boʻldilar, uyda ota hukmronligi yuzaga keldi. Ibtidoiy jamiyat kuchlarning oʻsi-shi, ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi xususiy xoʻjalikning paydo boʻlishiga, urugʻning yemirili-shiga, oʻziga toʻq yuqori tabaqaning ajralib chiqishiga olib keldi, bu tabaqa dastlab harbiy asirlar, soʻng qashshoqlashgan qabiladoshlarini qullarga aylantirdi. Qabilalararo xoʻjalik va madaniy aloqalarning rivoji tufayli etnik birlikning yangi shakli — elat vujudga keldi. Natijada sinflar va davlatlar paydo boʻldi. Urugʻqabila boshliqlaridan davlat hokimiyati tashkil topa boshladi. Jez davrida Oʻzbekiston hududida sugʻorma dehqonchilik rivojlana boshladi. Bu davrga oid ar-xeologik topilmalar moddiymadaniy belgilari va etn. xususiyatlariga karab koʻpgina arxeologik madaniyat ismlari bilan ataladi (mas, Amirobod madaniyati, Sopollitepa madaniyati, Zamonbobo madaniyati, Suvyorgan madaniyati, Tozabogʻyop madaniyati, Chuyet madaniyati va boshqalar) Oʻrta Osiyo hududidagi jez davri yodgorliklarining juda boy majmuasi vohalarda iqtisod va madaniyat taraqqiy etganidan bu yerda qadim davrlar-dayoq sinfiy jamiyat tugʻila boshlaganidan dalolat beradi.

Mamlakatimiz hududida paleolit, mezolit

va neolit davri makonlari

Paleolit (paleo... va lot. "lithos" — tosh) — qad. tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: P. — kadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. P. quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qad. tosh davrlariga boʻlinadi. P. eng qad. ibtidoii odamlarning kazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qad. zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. P. davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.

Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.

Ilk Paleolit yodgorliklari Oʻrta Osiyoda Fargʻona vodiysining Soʻx soyi sohilida joylashgan Selungur yurit, Ohangaron vodiysining Qizilolmasoy boʻyida, (Koʻlbuloq manzilgohida, Jan. Tojikistonning Koʻldara va Jan. Qozogʻistonning Aristandi vodiysida topib oʻrganildi. Selungur gʻoridan ibtidoiy odamning suyak qoldiklari (bosh chanogʻining boʻlagi, yelka suyagi va oʻndan optiq tishlari) topilib, tadqiq etildi. Bu davrga mansub [[Koʻlbuloq manzilgohida eng qad. odam toʻdalari qariyb yarim mln. yil davomida deyarli uzluksiz yashagani maʼlum boʻldi. Shu bois yodgorlik ostida 20 m dan ortiqroq qalinlikda madaniy qatlam hosil boʻlgan. Qariyb 20 yillik qazish (M. Qosimov) jarayonida 30 mingdan ortiq tosh qurollar (choʻqmor, qirgʻich pichoqsimon keskich va nukleuslar), hayvon va parranda suyaklari hamda turli xildagi oʻsimlik qoldiklari qayd etiladi. Bu topilmalar, shubhasiz, ilk paleolit odamining nihoyatda sermashaqqat hayoti, tosh qurollar yasash usullari va xom ashyosi, shuningdek, oʻsha zamon tabiiy va unga boqim boʻlgan Koʻlbuloqning ovchi va termachilarning isteʼmol qiluvchilik xoʻjaligi haqida guvohlik beradi . Soʻzsiz, Selungur va Koʻlbuloq yodgorliklarining arxeologiya jihatidan qazib oʻrganilishi tufayli Oʻrta Osiyo eng qadimgi odamlar yashagan maskanlar qatoridan oʻrin oldi.

Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda yuqori paleolit yodgorliklari — Koʻlbuloq, Tuyaboʻgʻiz, Siyobcha, Takalisoy, Xoʻjamazgil, Achchisoy va Sari Ark kabi oʻnlab yarim yertoʻla turar joy qoldiqlari topilib tadqiq etildi. Ulardan tosh qirgʻichlar, keskichlar, pichoqsimon tosh qurollar, tosh yoʻngichlar, suyakdan yasalgan igna, bigiz, sanchqi hamda kulon, tuya, bugʻu va toʻngʻiz suyaklari qayd etiladi. Siyobcha makonida esa yuqori paleolit odamining jagʻi, tishlari va qoʻl suyaklarining topilishi, ayniqsa, noyobdir. Shunday qilib, yuqori paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens" — "aql-idrokli odam" nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orkali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori paleolit davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.

Mezolit (mezo... va lithos — tosh) — oʻrta tosh davri; paleolitdan neolitta oʻtish davri (miloddan avvalgi 10—7ming yillik). Geologik pleyspgotsendan hozirgi golo-senga oʻtish davri. M.da hayvonot dunyosi, landshaftlar muzlik davridan xalos boʻlib hozirgi tabiiy sharoitga moslashgan. Muzlik davriga moslashgan yirik hayvonlar (mamontlar) yoʻq boʻlib, yangilari paydo boʻlgan. Inson hayotida katta oʻzgarishlar sodir etilgan. Mezolitda oʻq-yoyning kashf etilishi bilan yakka oila boʻlib yashash imkoniyati tugʻilgan. Tosh, suyak, yogʻochdan mikrolit qurollar (pichoq, qirgʻich, bolta) kashf qilingan. Bu qurollar yordamida odamlar yakka holda ov qilish imkoniga ega boʻlishgan. Shu tariqa jamoa boʻlib yashashga barham berilgan. Mezolit davri odamlari ovchilik, baliqchilik, terimchilik bilan shugʻullanganlar.

Oʻzbekiston hududida mezolit davriga oid eng qad. yodgorlik Qoʻshilish boʻlib, u miloddan avvalgi 10ming yillik bilan davrlanadi. Undan mikrolit qurollar, paykon va uchburchak shakldagi qurollar, qoʻlga oʻrgatilgan tur (buqa yoki sigir) suyagi topilgan. Bu esa M. davri boshida Oʻzbekiston hududida odamlar chorvachilikdan xabardor boʻlganliklaridan dalolat beradi. Respublikamizda M.ga oid koʻplab yodgorliklardan Fargʻona vodiysining Soʻx tumanidagi Obishir I va Obishir V manzilgohlari (qarang Obishir madaniyati), Surxondaryoning Boysun tumanidagi Machay gʻori kabilarni koʻrsatish mumkin.

Neolit (neo... va yun. lithos — tosh) — yangi tosh davri, tosh davrining soʻnggi bosqichi. Osiyo va Yevropa mintaqalarida qayd etilgan va qazib oʻrga-nilgan. Neolit davri osori atiqalarining aksariyati miloddan avvalgi 6—3-ming yilliklar bilan sanaladi. Tosh davrincht bu yangi bosqichi qariyb 3 ming yil davom etgan. Neolit davrida odamzodning tur-mush tarzi va iqtisodiy hayotida bir qator yirik tub oʻzgarishlar sodir boʻladi. Ovchilik va terimchilik kabi tabiatga boqim hayotiy mashgʻulotlar negizida ibtidoiy dehqonchilik va xonaki chorvachilik yuzaga kelib, kishilik tarixida ilk bor dastlabki ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarga asos solindi. Neolit odamining xoʻjalik hayotidagi taraqqiyot taqozosi bilan sopoldan idish-tovoklar yasalib ilk kulollik, suyak va xayvon shoxlaridan duk, igna, bigiz va urchuq toshlar hamda oddiigina yogʻoch dastgoxlari yasalib, ip yigirish, baliq ovi toʻrlarini toʻqish va xonaki toʻqimachilik yuzaga keladi. Chakmoktoshlardan turli xil mayda va yirik maxsus (oʻq yoy va nayza paykonlari, parma, pona, arra, bolta, oʻroq, oʻroqranda) qurol va asboblar yasalib, tosh qurollar yasash uslubiyati takomillashdi. Tosh qurollardan keng foydalanildi. Tosh boltalarni parmalab dastaga oʻrnatish, silliqlab tigʻini chiqarish, singan sopol idishlarni chegalash, munchoq va turli toshlardan yasalgan marjonlarni ipga oʻtkazib shodalash uchun parmalash kabi texnik usullar kashf etildi. Tosh bolta, pona, oʻroq, oʻrokranda, arra, chop-qilar kabi xoʻjalik qurollari vositasida dehqonchilikdan tashqari, sinchkori chayla va kulbalar kabi turar joylar barpo etilib, qayiklar yasaladi. Neolit odamining mehnat faoliyatidagi oʻzgarishlar, xoʻjalik hayotida yuzaga kelgan ixtirolar tufayli bu tarixiy boskich, fanda " Neolit inqilobi" deb ataldi. Bu bos-qich davomida ona urugʻdoshligi tizimlari kamol topdi. Ibtidoiy dehqonchilik va chorvachilikka asos solindi, kulollik va toʻqimachilik kabi kasb-hunarlar kashf etilib, ota urugʻdoshligiga oʻtish uchun zamin yaratildi.

N. davrining oʻtrok, ilk qishloq harobalari dastlab Turkmanistonning Kopetdogʻ etaklarida topilgan. Bunday yodgorliklar Joytun madaniyati nomi bilan atalgan. Qadama tishli oʻroq, pi-choq, suyakdan yasalgan igna, bigiz hamda turli rangli tasvirlar tushi-rilgan sopol idish boʻlaklari topilgan. Bu ilk ziroatkor qishlokda 150-180 nafar dehqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan kun kechirgan oʻtroqqishloqjamoasi yashagan. Xoʻjalikda ayollar, ayniqsa, onalarning mavqei kuchli boʻlgan. Chunki, bu davrda ona urugʻdoshligi munosabatlari kengayib, undan kichik juft oilalar ajralib chiqa boshlagan tarixiy bosqich qaror topgan.

Oʻrta Osiyoning jan. hududlarida oʻtroq dehqonchilik va chorvachilik qaror topib, ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanayotgan zamonda, uning shim. va sharqiy qismida joylashgan keng dashtliklar va togʻliklarda ovchi va baliqchi, ovchi va termachi qabilalari yashardilar. Miloddan avvalgi 5—3 ming yilliklarda Amudaryo, Sirdaryo va Zaraf-shon xavzalari va ulardan shim.da yashagan ovchibaliqchi qabilalarning turar joy krldiklari dastlab qad. Xorazm yerlarida topib oʻrganildi. Bu yodgorliklar fanda Kaltaminor madaniyati no-mini olgan. Jonbos 4 yodgorligidan ul-kan chayla qoldiklari kavlab ochilgan. Uningmayd. 300 kv.m gateng . Unda 100— 120 nafarli urugʻ jamoasining baliqchiovchilari istiqomat qilgan. Qayd etilgan yogʻoch va qamish qoldiqlariga qaraganda chayla koʻp ustunli, yapaloq-roq shaklda boʻlib, tomi qamish bilan yopilgan. Unda bitta katta va uning at-rofida 20 dan ortiq maydaroq oʻchoq oʻrinlari qayd etilgan. Oʻchokdar gir-didan va chayladan baliq, toʻngʻiz, jay-ran, bugʻu, qush suyaklari, tuxum poʻchoqlari hamda tosh qurollar, sopol parchalari topilgan.

Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuri-tilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng . Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.

Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvalgi 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi.

Eneolit va Bronza davri. O`rta Osiyoda

ilk shahar madaniyatining paydo

bo`lishi

Eneolit (lot. — mis, misli va yun, — tosh), mis davri, mistosh davri — neolityaan jez asriga oʻtish davri (miloddan avvalgi 4—3 ming yilliklar). E. davrida insoniyat misdan ilk bor foydalana boshlagan. Ammo mis yumshoq va moʻrt edi, bu esa uni ishlatishni qiyinlashtirardi. Shuning uchun mis 100 ming yillab ishlatilib kelingan tosh qurollarni isteʼmoldan siqib chiqara olmadi. Shunga koʻra, bu davr mistosh davri ham deyiladi. E. davri arxeologik yodgorliklari Zarafshon quyi oqimida Kaptarning qumi, Katta Tuzkon makonlari, Sarazm, Namozgohtepa, Qoradepe (Turkmaniston) kabilarda qazib oʻrganilgan. Bu davrda odamlar dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanganlar. Mehnat qurollari toshdan, suyakdan tayyorlangan. Kulolchilik ancha ravnaq topgan: idishlarga geometrik naqshlar solingan, odam va hayvon tasvirini solish ham odat boʻlgan. E. davri yodgorliklaridan qazish paytida pishirilgan loydan yasalgan koʻplab ayol haykalchalari (maʼbudalar) topilgan. Bu E. davrida hali ona urugʻi (matriarxat) boʻlganligidan dalolat beradi.

Bronza davri (miloddan avvalgi 2— 1-ming yillik) — ibtidoiy jamoa davrida jezdan mehnat qurollari ishlangan tarixiy bosqich. Ibtidoiy odamlar bir necha yuz va ming yillar davomida mehnat qurollarini faqat toshdan yasab keldilar. Miloddan avvalgi 4-ming yillikning boshlariga kelib, ayrim joylarda (Oʻzbekiston yerlarida miloddan avvalgi 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda) turli zeb-ziynat bezaklarini, baʼzi mehnat qurollarini misdan yasay boshlaydilar. Bu davrda misdan yasalgan mehnat qurollari moʻrt va yumshoq boʻlganligidan mustahkamroq qotishma olish uchun izlanish davom etgan va maʼlum davrdan soʻng qalayni misga qorishtirib jez (bronza) kashf etildi. Natijada mehnat qurollarining turi koʻpaydi, jezdan keskirroq tigʻli qurol-yarogʻlar, roʻzgʻor va kosmetika buyumlari, maʼbudalar, naqshdor muhrlar yasala boshladi. Ovchilik va terimchilik ijtimoiy va iqtisodiy hayotda oʻzining dastlabki ahamiyatini yoʻqotdi. Oteshaktuya va hoʻkizdan transport vositasi sifatida foydalanildi. Hayvonlarga qoʻshiladigan aravalar vujudga keldi.

Bu davrda xoʻjalikning , asosan, yaylov chorvachiligi va dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqarish shakli qaror topdi. Amudaryo va Zarafshonning quyi qismi, Fargʻona vodiysining shimoli-sharqiy qismi va jan. Surxon vohasi tabiiy geografik jihatdan qad. dehqonchilikning kelib chiqishi va rivojlanishi uchun qulay boʻlgan. Atrofdagi choʻl va dashtlarda, asosan, chorvador qabilalar yashagan. Bu davrda Oʻzbekiston janubiy va Afgʻoniston shimolida rivojlangan Baqtriya (Amudaryo boʻyi) dehqonchilik madaniyativujudga keldi. Oʻzbekistonda uchta asosiy dehqonchilik vohasi — SherobodShoʻrchi va Bandixon shakllangan. Bu joylarda qad. ilk shahar madaniyati shakllana boshlagan. Jez davriga mansub Sopollitepa, Mirshodi, Moʻlali, Jarqoʻton kabi urugʻ jamoasining turar joylari — qishloq qoʻrgʻonlari, ilk shaharlari va qabrlar topilgan. Ularning baʼzilari qalʼali, mustaxkamlangan va ayrimlari mustahkamlanmagan. Dehqonlar vohalarda bugʻdoyarpasulipaxta yetishtirganlar. Uylardan don omborxonalari, yorgʻuchoqlarketmonchahovoncha dastalari topilgan. Kulolchilikda charxdan foydalanganlar. Sopollitepadan topilgan ashyolar aholining oʻsha davrdagi hunarmandchiligi, turmushi, sanʼatihaqida boy material berdi. Bu yerda murakkab va oʻziga xos 3 qatorli mudofaa devori boʻlgan, maydoni qariyb 1 ga kvadrat shakldagi qoʻrgʻon qazib ochildi. Qoʻrgʻondagi mahallalar koʻchalar bilan boʻlingan. Uylarda moʻrili oʻchoq, ayrim xonalarda sandal oʻrni, ganch suvoq qoldiqlari topildi. Topilmalar hunarmandchilik, xususan, metallurgiya(mehnat va mudofaa qurollari, idishlar, bezak, koʻzgu), kulolchilik, toʻqimachilik (ip va ipakdan toʻqilgan mato qoldiqlari), yogʻochsozlik (qurilish konstruksiyalari, uy jihozlari) va boshqa yuksak rivojlanganligini koʻrsatdi. Qalʼada 20 dan ziyod kulolchilik xumdoni ochib oʻrganildi. Kulolchilikda yuqori sifatli nafis idishlar (qadah, koʻzaxumchoynakpiyolakosalagan va h.k.) tayyorlangan.

Xorazmda miloddan avvalgi 2-ming yillikning 2-yarmida Jez davrining Tozabogʻyop madaniyati mavjud boʻlgan. Bu madaniyat Burgut shalʼa vohasidagi Tozabogʻyop kanali yaqinidan topilgan. Dehqonchilik va irrigatsiya tarmoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi (Ongqa-2, Qavat-3 makonlariKoʻkcha-3 va boshqa mozorqoʻrgʻonlar). Aholi, asosan, choʻl, zonalarida tomi qamish bilan yopilgan kulba va yarim yertoʻlali chaylalarda yashagan, xonaki chorvachilik, zaxkash va nam yerlarda obikor dehqonchilik bilan shugʻullangan. Bu davrda metall quyish texnikasi yuksak boʻlgan. Yassi tubli chizma boshoqsimon naqshlangan idishlar topilgan. Jez metallurgiyasi keng rivojlangan. Xorazmda soʻnggi jez — ilk temir davriga Suvyorgan (miloddan avvalgi 2-ming yillik) va Amirobod (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) madaniyatlari mansub. Suvyorgan madaniyati qabilalari yogʻoch ustunli toʻgʻri burchakli chaylalarda yashagan. Oʻchoq atrofidan sirti qizilga boʻyalgan sopol idishlar topilgan. Topilmalar ichida mikrolitlar koʻp uchraydi. Bu madaniyat 3 bosqichni (QamishliBozor, qalʼaQovunchi) oʻtgan. Urugʻ jamoalari ovchilik, podachilik va dehqonchilik bilan shugʻullangan. Ijtimoiy hayotda dastlab ona urugʻi anʼanalari kuchli boʻlgan, lekin keyingi ikki bosqichda erkaklarning jamoadagi mavqei ortgan. Ayollar erlarga iqtisodiy jihatdan karam boʻla bordi. Katta oilajamoalarida ota huquqi qaror topib mustahkamlandi. Endi qarindoshlik otaga qarab belgilandi, urugʻlar ichidagi munosabatlar otaning iqtisodiy va ququqiy hukmronligi asosida qurilib, bolalar ota mulkiga merosxoʻr boʻla boshladi. Amirobod madaniyati odamlari yarim yertoʻla uylarda yashagan, uylarning markazida katta oʻchoq boʻlgan. Sopol idishlari tagi yassi, dagʻal ishlanib, boshoqsimon naqsh berilgan. Aholi urugʻ jamoalariga birlashib dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullangan. Sugʻorish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Yakkaporson-2 dan jez ignaoʻroqsuyak dastali bigizoʻq-yoy paykonlari topilgan.

Fargʻona vodiysida soʻnggi Jez davriga mansub Chuyet madaniyati aholisining asosiy mashgʻuloti dehqonchilik, chorvachilikdan iborat boʻlgan. Xom gʻishtdan uylar yasalgan, mudofaa inshootlari qad koʻtargan. (qarang Dalvarzintepa).

Quyi Zarafshonning Zamonbobo madaniyati soʻnggi Jez davrining Andropove madaniyatita juda yaqindir. Andronovo madaniyatining yuqori bosqichiga mansub yodgorliklarXorazmda, Toshkentdagi Koʻkcha mozoridaBuxoro viloyati Qorakoʻl tumanidaUrgut tumanining Moʻminobod qishlogʻida, Chirchiq daryosi boʻyida — Achchiqkoʻl va Sergelitepalarida topilgan. Toshkent vohasida soʻnggi jez — ilk temir davri Burganli madaniyatida aksini topgan. Bu vaqtda ibtidoiy jamoa davri shiddat bilan yemirilib, qabilalar oʻrtasida dastlabki sinfiy munosabatlar vujudga keldi.

Juda keng tadqiqotlar natijasida shu narsa aniqlandiki, miloddan avvalgi 2-ming yillikning oxiri va 1-ming yillikning birinchi choragida Oʻrta Osiyo hududida dastlabki qad. davlat tuzilmalarining paydo boʻlishi kuzatiladi. Qarnab choʻldan shu madaniyatga oid qad. maʼdan konini topilishi (1999) qad. Xorazmdagi davlatchilikning iqtisodiy negizlari kuchli boʻlganidan dalolat beradi.

Oʻrta Osiyoda dehqonchilik madaniyatining paydo boʻlishi eramizdan avalgi 3-2 ming yilliklarga toʻgʻri keladi. Eramizdan avvalgi 3-ming yillikning ikkinchi yarmi, 2-ming yillikning birinchi yarmida Amudaryoning yuqori qismida aholi punktlari paydo boʻlgan edi. Bu yerlik aholi Badaxsxon yoqutini (lazurit) ishlab chiqish va sotish ishlarida ishtirok etardi. Shuningdek ular bilan Hindistondagi Xarapp madaniyati oʻrtasida oʻsha davrdayoq aloqalar mavjud boʻlgan. Eramizdan avvalgi 2-ming yillikda hind-eron (oriylar) qabilalarining Oʻrta Osiyo hududi va unga tutushgan sahrolar orqali janubda Hindiston, janubiy-sharqda Midiya va Fors davlati, sharqda Sharqiy Turkiston sari migrasiyasi yuz bergan.

Dehqonlarning qadimiy maskanlaridan boʻlgan Zarafsxon vohasidagi Zamonbobo hududida uy hayvonlarining suyaklari, bugʻdoy va arpa donlari, toshdan yasalgan dehqonchilik uskunalari topilgan. Panjikentdan uncha uzoq boʻlmagan Sarazm qishlogʻi atrofida eneolit va bronza davriga oid dehqonchilik maskani topilgan boʻlib, uning hududi 90 gektardan ziyodroq maydonni qamrab oladi. Qadimiy dehqonchilik maskanlari Surxondaryoda - Sopollitepa va Jaroʻqtonda ham topilgan. Xorazm hududida topilgan va bronza davriga oid boʻlgan arxeologik yodgorliklar Tozabogʻyobsoy dehqonchilik madaniyati nomini olgan. Koʻkcha, Qavat-3 dehqonchilik maskanlari 2-ming yillikning oʻrtalarida vujudga kelgan. Bu yerda qadimiy kanallar mavjud boʻlgani aniqlangan. Eramizdan avvalgi 1-ming yillikning boshlarida Xorazmda sunʼiy sugʻorish texnikasi rivoj topishi asnosida Amirobod madaniyati shakllangan. Shu tariqa Fargʻona vodiysi aholisi ham asta-sekinlik bilan oʻtroq turmush tarziga oʻtib, dehqonchilik bilan shugʻullana boshlaydi. Xususan, eramizdan avvalgi 2-ming yillikning yakuni va 1-ming yillikning boshida Fargʻona vodiysida Chust dehqonchilik madaniyati paydo boʻlgan. 1-ming yillikning boshlarida Samarqand, Marv, Yerqoʻrgʻon, Axsikent, Xiva kabi shaharlar vujudga keladi. Shuningdek, ushbu davrda zardushtiylikning Avesto kitobi va qahramonlik eposlari paydo boʻldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1 .Usmonov Q. Sodiqov M. O`zbekiston qaramlik va mustaqillik yillarida,-T, “O`qituvchi”,1996.

2.Sagdullayev A.S. va boshq. O`zbekiston tarixi:Davlat va jamiyat qurish taraqqiyoti.-T. 2000.

3.Murtazayeva R va boshq. O`zbekiston tarixi. –T. 2004.

4.Usmonov Q. O`zbekiston tarixi, darslik. –T. 2006.

5.Shamsuddinov R. Mo`minov X. O`zbekiston tarixi, darslik.-T.”SHARQ”.2013.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling