Mavzu: Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o'rni mundarija: kirish


Mintakaviy rivojlanish banklari. Xalkaro moliya insitutlarining zarurligi. Xalkaro moliya insitutlarining turlari


Download 149.65 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi149.65 Kb.
#1496123
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o\'rni

1.2 Mintakaviy rivojlanish banklari. Xalkaro moliya insitutlarining zarurligi. Xalkaro moliya insitutlarining turlari.
Xalqaro moliya tashkilotlari jahon iqtisodiyotini rivojlantirish sohasidagi muayyan masalalarni hal etish uchun a’zo mamlakatlarning moliyaviy resurslarini birlashtirish orqali tashkil etiladi. Ushbu masalalar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
- xalqaro savdoni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, jahon iqtisodiyotini tartibga solish hamda barqarorlashtirish maqsadida xalqaro valyuta va fond bozoridagi operatsiyalar;
- budjet defitsitini moliyalashtirish va davlat loyihalarini amalga oshirishga kreditlar – davlatlararo kreditlar;
- xalqaro loyihalar (loyihada to‘g‘ridan-to‘g‘ri, shuningdek rezident tijorat tashkiloti orqali ishtirok etuvchi bir nechta mamlakatlar manfaatlariga daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
- xalqaro biznesga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga (masalan, infratuzilma loyihalari, informatsion texnologiyalar sohasidagi loyihalar, transport va kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va boshq.) ichki loyihalar (bitta mamlakatning yoki rezidentning tijorat tashkiloti manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan loyihalar) sohasidagi kreditlash va investitsiya faoliyati;
- fundamental ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish va hayriya faoliyati (xalqaro yordam dasturlarini moliyalashtirish).
Xalqaro moliya tashkilotlari o‘z funksiyalarini amalga oshirish uchun
investitsion loyihani fundamental o‘rganishdan global fond bozorlaridagi operatsiyalargacha risklarni boshqarish hamda moliyaviy va investitsion tahlilning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanadi.
Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:
- jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;
- valyuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;
- jahon valyuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va taktikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Xalqaro moliya tashkilotlarida qatnashish darajasi va alohida mamlakatlarning ta’siri ularning kapitaldagi bo‘nagining miqdori bilan aniqlanadi.
Xalqaro Valyuta fondi, XVF (ing. International Monetary Fund, IMF) –BMTning ixtisoslashgan tashkilotlaridan bo‘lib, shtab – kvartirasi AQShning Vashington shahrida joylashgan. 1944 yil 22 iyulda BMTning valyuta – moliya masalalari bo‘yicha Bretton – Vudsdagi konferensiyasida XVF bitimining asosi ishlab chiqildi. XVF tashkil topgan rasmiy sana – 1945 yil 27 dekabr bo‘lib bunda, bitimning oxirgi varianti 29ta davlat tomonidan imzolandi. XVF o‘z faoliyatini 1947 yil 1 martdan Bretton – Vuds tizimining bir qismi sifatida boshladi. Shu yili Fransiya birinchi kreditni oldi. Hozirgi kunda XVF 186 davlatni birlashtirib, uning tuzilmasida 133 mamlakatdan 2500 mutaxassis ishlaydi.XVF – a’zo davlatlar o‘rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish va ularga to‘lov balansining kamomadi bilan bog‘liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el valyutasida qisqa va o‘rta muddatli kreditlar berish yo‘li bilan moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan hukumatlararo tashkilotdir.
XVF Kelishuvlar moddalarining birinchi moddasiga muvofiq, uning maqsadlari qatoriga quyidagilar kiradi:
– xalqaro valyutaviy muammolarni bartaraf etish borasida maslahatlar va hamjihatlik mexanizmini ta’minlovchi doimiy institut orqali xalqaro valyutaviy hamkorlikni rag‘batlantirish;
– xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o‘sishini qo‘llab quvvatlash va shu orqali bandlik va real daromadlarning yetarlicha yuqori darajasini ushlab turish va iqtisodiy siyosatning bosh maqsadi sifatida barcha a’zo davlatlar resurslarining samaradorligini oshirishga hissa qo‘shish;
– a’zo davlatlar o‘rtasida joriy bitimlarga doir ko‘p tomonlama to‘lovlar tizimini tashkil etish va jahon savdosi rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi valyuta ayirboshlashdagi cheklovlarni bekor qilishga ko‘maklashish;
– a’zolarning umumiy resurslari hisobidan yetarlicha xavfsiz asosda mablag‘ bilan ta’minlash orqali ularning ishonchini qozonish, va shuning asosida ularga to‘lov balansidagi nomuvofiqliklar(tartibsizliklar)ni milliy yoki xalqaro taraqqiyotga g‘ov bo‘ladigan chora-tadbirlarsiz to‘g‘rilash imkonini berish;
– yuqoridagilarga muvofiq a’zo davlatlarning xalqaro to‘lovlar balanslaridagi nomuvofiqlik(muvozanatsizlik)larning davomiyligini qisqartirish va uning darajasini pasaytirish.
XVF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- jahon valyuta tizimini nazorat qilish;
- pul siyosatidagi xalqaro xamkorlikga yordam berish;
- jahon savdosini kengaytirish;
- XVF a’zolarini kreditlash;
- valyuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish;
- debitor mamlakatlarga maslahatlar berish;
- SDR chiqarish orqali likvid mablag‘larni yaratish;
- iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.
- xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish;
- xalqaro moliya statistikasi to‘plamlarini e’lon qilish.
Ustav kapitali taxminan 217 mlrd. SDRni tashkil etadi ( 2008 yil yanvarda 1 SDR 1,5 AQSh dollariga teng bo‘lgan). U a’zo – mamlakatlarning bo‘naklari hisobiga shakllanadi, odatda o‘z kvotasining 25% SDRda yoki boshqa a’zolarning valyutasida,qolgan 75% o‘zlarining milliy valyutasidato‘lanadi. Ularning kvotasi o‘lchamidan kelib chiqib a’zo-mamlakatlar o‘rtasida ovozlar taqsimlanadi.XVFda yuqori ovoz miqdorini quyidagi mamlakatlar egallagan(2011 yil holati bo‘yicha): AQSh – 16,7%, Germaniya -5,82%, Yaponiya – 6,24%, Buyuk Britaniya – 4,30%, Fransiya – 4,30%, Saudiya Arabistoni – 2,81%, Xitoy – 3,82%, Rossiya – 2,39%. Yevropa Ittifoqining 27ta a’zo mamlakatining ulushi – 32,07%, XVFda 29 ta sanoati rivojlangan davlatlar (IHTTga a’zo mamlakatlar) 60,35% miqdoridagi ovozga ega.Fond a’zoligini 84%dan ortig‘ini tashkil etuvchi qolgan malakatlarning ulushi atigi 39,65%ga to‘g‘ri keladi.
Xalqaro Valyuta Fondining eng muhim vazifalaridan biri a’zo mamlakatlarning to‘lov balansida qiyinchiliklar yuzaga kelganda kreditlar berish orqali yordam ko‘rsatish hisoblanadi. Bu moliyaviy yordam mamlakatlarga o‘zining xalqaro zahiralarini to‘ldirishga, milliy valyutasini barqarorlashtirishga, import to‘muammolarni hal etish bo‘yicha choralar-tadbirlar qabul qilish
Bankning resurslari shakllanishining manbasi bo’lib, Amerika bozorlarida obligatsiya karzlarini chikarish va ularni sotishdan olingan mablag’lar xisoblanadi. XTTB kreditlarni, odatda 20 yil muddatga a’zo mamlakatda ishlab chikarish ob’ektlarini kengaytirish uchun xukumat kafolati ostida beradi. Sщuningdek XTTB boshka banklarning uzok muddatli kreditlari bo’yicha kafolat xam beradi. U xam XVF singari, karzdor mamlakatning moliyaviy щolati, kreditlanuvchi ob’ektlar va ushbu ob’ekt bo’yicha bank missiyasi tomonidan o’rganilgan axborotlarni talab kiladi.
XTTB kuyidagi datsurlar doirasida faoliyat yuritadi:
- iktisodiy boshkaruv va kambag’allik bilan kurashish;
- ekologiya va ijtimoiy rivojlanish;
- infratuzilma, xususiy sektor va moliya;
- inson saloщiyatini rivojlantirish.
Keyingi yillarda XTTB rivojlanayotgan mamlakatlarning tashki karzlarini tartibga solish bilan shug’ullanmokda: kredilarining 1/3 kismini ko’shma moliyalashtirish deb ataladigan shaklda beradi. Bank to’lov balansi щolatini yaxshilashga shuningdek, iktisodiyot tuzilmalarini tartibga solishga tsrukturali kreditlarni ajratadi.
Xozirgi paytda XTTB faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’lib kuyidagilar xisoblanadi:
– turli xildagi invetsitsiya loyiщalarini uzok va o’rta muddatli kreditlash;
– loyiщalarning moliyaviy-iktisodiy va texnik asoslarini tayyorlash;
– rivojlanayotgan mamlakatlarda tuzilmaviy kayta kurish datsurlarini moliyalashtirish.
XTTBning asosiy mablag’lari щozirgi kunda o’rta va uzok muddatli karz majburiyatlarini emissiya kilish orkali xalkaro moliya bozorlaridagi operatsiyalar xisobidan shakllanadi. XTTB kimmatli kog’ozlari yukori kredit reytingiga (AAA) ega bo’lib, dunyoning 100 dan ortik mamlakatlariga joylashtiriladi. XTTBning kreditlari karz oluvchi davlat milliy valyutasida emas, balki devizlarda, ya’ni xalkaro darajada to’lov vositasi sifatida tan olingan valyutalarda ajratiladi.
XTTBning eng yirik karzdorlari bo’lib, Indoneziya, Braziliya, Ruminiya, Meksika, Xitoy, Turkiya, Polsha, Fillipin, Morokko mamlakatlari щisoblanadi. Keyingi yillarda XTTB jaщon moliya bozorida yirik karzdor rolida chikmokda. Bank tomonidan chikarilayotgan obligatsiya karzlari summasi davlatlararo invetsitsiya banklari o’rtasida eng katta solishtirma og’irlikka egadir.
Xalkaro rivojlanish assotsiatsiyasi (XRA) - Jaxon banki guruщiga kiruvchi xalkaro tashkilot bo’lib, u 1960 yilda tashkil etilgan. XRA Kelishuvlar moddasining 1-moddasiga muvofik, uning maksadi iktisodiy rivojlanishni rag’batlantirish, samaradorlikni oshirish va shuning asosida, suts
Mintakaviy rivojlanish banklari.Jahon banki – 190dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir. Jahon bankining bosh maqsadi – iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo‘li bilan kambag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2025 yilgacha erishish lozim bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan:
– kambag‘allik va ochlikga barham berish;
– umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash;
– bolalar o‘limini qisqartirish;
– onalik muhofazasini yaxshilash;
– VICh/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;
– atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta’minlash;
– rivojlanish maqsadlarida global xamkorlikni shakllantirish.


Download 149.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling