Mavzu: Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o'rni mundarija: kirish
-BOB. JAHON BANKI GURUHI: TUSHUNCHASI, KELIB CHIQISH TARIXI, TUZILISHI
Download 149.65 Kb.
|
Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilotlarning moliyaviy munosabatlardagi o\'rni
1-BOB. JAHON BANKI GURUHI: TUSHUNCHASI, KELIB CHIQISH TARIXI, TUZILISHI
1. Xalqaro moliya institutlarining zarurligi va turlari. Xalqaro valyuta fondi. Jahon banki guruhi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institutsional tuzilishi o‘ziga ko‘plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko‘pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va moliya siyosati bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Xalqaro moliya tashkilotlari o‘zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorliginirivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970 yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi. Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob-kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.Xalqaro moliya tashkilotlarining faoliyati jahon xo‘jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo‘lgan zaruriyat davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar ko‘lamining ortib borishi shuningdek, ularning o‘zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o‘rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, jahon xo‘jaligining muhim muammolari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o‘rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda. Xalqaro moliya tashkilotlarining vujudga kelishiga va faoliytining rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatgan: - xo‘jalik hayoti baynalmilallashuvining kuchayishi, shuningdek, milliy chegaralardan tashqariga chiquvchi transmilliy korporatsiyalar va transmilliy banklarning tashkil topishi; - jahon xo‘jaligida moliyaviy munosabatlarni xalqaro tartibga solishga bo‘lgan ehtiyojning kuchayishi; - jahon valyuta tizimi, xalqaro valyuta-kredit, qimmatbaho qog‘ozlar va oltin bozorlaridagi yuzaga keladigan muammolarni hamkorlikda hal qilish zaruriyatining ortib borishi. Xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan bajariladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi: 1. Axborot funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valyuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha statistik materiallarni nashr etib boradi. 2. Maslahatchi funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning xukumatlariga valyuta-kredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar beradi. 3. Tartibga solish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valyuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtinchalik yordam ko‘rsatgan. 4. Bashorat qilish funksiyasi. Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning asosiy Download 149.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling