Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan baja- riladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi


Download 21.61 Kb.
bet1/3
Sana09.01.2022
Hajmi21.61 Kb.
#261076
  1   2   3
Bog'liq
Xolmurodov Botir


Javoblar
1. Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan baja- riladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi:

1. Axborot funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari jahon xo‘jaligi rivojlanishining umumiy tendensiyalari hamda biror bir davlatning iqtisodiy ho lati to‘g‘risida ma’lumotlar olish mumkin bo‘lgan axborot markazi rolini bajaradi. Xalqaro valuta-kredit tashkilotlari o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalar, yig‘ilishlar, tadqiqotlar natijalari bo‘yicha stalistik materiallarni nashr etib boradi.

2. Maslahatchi funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari mamlakatlarning hukumatlariga valuta-kredit va moliya siyosatini o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berib boradi.

3. Tartibga solish funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solish funksiyasini ham bajaradi. Jumladan, XVF to‘lov balansida muammolarga ega bo‘lgan mamlakatlarga vaqtinchalik moliyaviy yordam ko‘rsatadi. XVF mamlakatlarga milliy valuta kursini bir maromda saqlash uchun ham bir necha bor vaqtincha- lik yordam ko‘rsatgan.

4. Bashorat qilish funksiyasi.

Xalqaro moliya tashkilotlari milliy va jahon iqtisodiyoti rivojla- nishining bashoratini amalga oshiradi. Xalqaro moliya tashkilotlari universallik darajasi va maqsadlariga bog‘liq holda jahon ahamiyatiga ega bo‘lgan, mintaqaviy, shuningdek, faoliyati jahon xo‘jaligining ma’lum bir sohasini qamrab oluvchi tashkilotlarga ajratiladi.

2. Xalqaro moliya tashkilotlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo‘jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo‘ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o'ynamoqda.

Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to‘g‘ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so‘ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integratsion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birga- likda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo‘lgan talab yanada ortib bordi.

Xalqaro moliya tashkilotlariga Xalqaro Valuta fondi, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro hisob- kitoblar banki, Osiyo, Amerika, Afrika mintaqaviy rivojlanish banklari va boshqalar kiradi.

3. Xalqaro moliya tashkilotlari quyidagi maqsadlarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritadi:

— jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliyani barqarorlashtirish maqsadida jahon hamjamiyatida harakatlarni birlashtirish;

— valuta va moliya-kredit munosabatlarini xalqaro tartibga solishni amalga oshirish;

— jahon valuta va moliya-kredit siyosatining strategiya va tak- tikasini hamkorlikda ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.



4. XVF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

— jahon valuta tizimini nazorat qilish;

— pul siyosatidagi xalqaro hamkorlikka yordam berish;

jahon savdosini kengaytirish;

— XVF a'zolarini kreditlash;

— valuta ayirboshlash kurslarini barqarorlashtirish;

— debitor mamlakatlarga maslahatlar berish;

— SDR chiqarish orqali likvid mablag‘larni yaratish;

— iqtisodiy siyosat va texnik yordam sohasida tavsiyalar ishlab chiqish.

— xalqaro moliya statistikasi standartlarini ishlab chiqish;

— xalqaro moliya statistikasi to‘plamlarini e’lon qilish.


Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling