14-mavzu: Jahon savdosini liberallashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar


Download 51.5 Kb.
bet1/2
Sana18.12.2022
Hajmi51.5 Kb.
#1029840
  1   2
Bog'liq
Jahon savdosini liberallashtirish va tadbirkorlikni


14-mavzu: Jahon savdosini liberallashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
Mavzu rejasi:



  1. Jahon savdosini liberallashtirish bosqichlari

  2. Mamlakatlardagi tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish

Liberallashtirish tushunchasi va mahiyati

Vikipediyada ta’riflanganidek: “Liberallashtirish – bu mamlakat fuqarolari yoki subyektlarining huquq va erkinliklarini – birinchi navbatda, jamiyat hayotining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa sohalarida kengaytirish jarayoni”. Liberallashtirish inson hayotining, jamiyatning, iqtisodiyotning va tashqi iqtisodiy faoliyatning, shuningdek, tadbirkorlik sohasining ko’plab jabhalarini qamrab olgan bo’lib, bu iqtisodiyot va barqaror rivojlanish uchun keyingi o’sish sur’atlarining oshishini baholash imkonini beradi.


JST 1995 yilda tashkil topgandan buyon asosiy vazifa xalqaro savdoni liberallashtirish va imkon qadar unga to’sqinlik qilayotgan tashqiliy, iqtisodiy, siyosiy, informasion va boshqa turdagi cheklovlarni yo’qotish hisoblanadi.
2021 yil 1 yanvar holatiga dunyoning 160 mamlakati a’zo. Xitoy qisman tan olinmagan, Gonkong, Makao alohida territoriya sifatida ko’riladi va YeI hamjamiyat sifatida ovozga ega. Hozirgi kunda JST xalqaro savdo oqimlarini shakllanishi va xalqaro biznesni amalga oshirish tarbiblarini takomillashtirishga yo’naltirilgan asosiy xalqaro tashkilot sanaladi.
1.Jahon savdosini liberallashtirish bosqichlari

  • Savdoni liberallashtirish – ichki yoki tashqi savdoda cheklovlarni kamaytirish yoki bartaraf etish jarayonidir.

  • Savdoda har xil to’siq va cheklovlar qancha ko’p bo’lsa, bozordagi firmalar (tadbirkorlar) o’rtasida raqobat ham shuncha kam bo’ladi.

  • Shu bois, har qanday mamlakat iqtisodiyoti o’z samaradorligini oshirish uchun raqobatni rivojlantirishi kerak.

  • Ma’lumki, tovar bozorlaridagi raqobat bozorni mahsulotlar bilan to’ldirishga yordam beradi hamda mahsulotlarni bir yoki bir necha firmalar tomonidan sotilishi (xarid qilinishi) ni majburan qabul qildirmaydi.




  • Jahon savdo tashkiloti tadqiqotlariga ko’ra, jahon ishlab chiqarishining har 10% o’sishiga jahon savdosining 16% o’sishi to’g’ri keladi.

  • Savdoda muvaffaqiyatsizliklar yuz berganda ishlab chiqarishning rivojlanishi sekinlashadi.

  • Qariyb yigirma besh yildan buyon davlatlararo savdo-iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishda Jahon savdo tashkilotining (JST) o’rni va ahamiyati ortib bormoqda.

  • JSTga a’zo mamlakatlar soni kengayib, xalqaro savdoni erkinlashtirish borasida yanada muhim qadamlar qo’yilmoqda.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtitrish xususiyatlari

  • Iqtisodiyotning globallashuvi ko’pincha tovarlar, investisiyalar, kreditlar, axborot, odamlar va g’oyalar almashinuvi oqimining tez o’sishi, shuningdek ularni taqsimlash geografiyasini kengaytirish deb tushuniladi. Globallashuv jarayonlarining jahon iqtisodiyotiga ta’siri sharoitida iqtisodiy globallashuvni tovarlar harakatini yerkinlashtirish va ishlab chiqarishning asosiy omillari doirasida iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayoni sifatida aniqlash mumkin. Makroiqtisodiy jihatdan globalizasiya iqtisodiy va siyosiy vositalar yordamida mamlakatlar va alohida mintaqalarning o’z chegaralaridan tashqarida iqtisodiy faoliyat uchun umumiy istagini anglatadi. Bunday intilishlarning belgilari liberallashtirish, savdo va investision to’siqlarni olib tashlash, umumiy iqtisodiy zonalarni yaratishdir.

  • Jahon miqyosida iqtisodiy globallashuv-bu jahon iqtisodiyotini tovarlar, xizmatlar, kapital, mehnat, bilim va texnologiyalarning yagona bozoriga aylantirishdir. Iqtisodiy globallashuvning shakllanishida asosiy omil-bu yagona global axborot tizimi, moliyaviy, investision va savdo oqimlarining shakllanishi. Iqtisodiy globallashuv ("bozor globallashuv "yoki" korporativ globallashuv"), shuningdek, tovarlar va xizmatlar global savdosini jadallashtirish jarayoni sifatida talqin qilinishi mumkin (JST doirasida savdo to’siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish),va bunda zamonaviy aloqa va kommunikasiya tizimlaridan samarali foydalanish. Iqtisodiy sohaga nisbatan globallashuv jahon savdosi va xalqaro almashinuv jarayonlarining tobora ochiq, integrasiyalashgan jahon iqtisodiyotida miqyosining oshishi deb tushuniladi


Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling