Xalqaro valuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan baja- riladigan asosiy funksiyalarga quyidagilar kiradi


Download 21.61 Kb.
bet2/3
Sana09.01.2022
Hajmi21.61 Kb.
#261076
1   2   3
Bog'liq
Xolmurodov Botir

5. XVFning kreditlash dasturlarini quyidagi kategoriyalarga ajratish mumkin:

1. Rezerv (Stand-By) kelishuvlari asosan qisqa muddatli to‘lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo‘ljallangan. XVF- ning eng yirik kreditlari ham mazkur kategoriyaga tegishlidir. 1997-yilda XVF Qo‘shimcha rezerv dasturini amaliyotga joriy qildi. Mazkur dastur kapital hisobraqami bilan bogiiq inqiroz- larni boshdan kechirayotgan davlatlarga zudlik bilan juda qisqa muddatli kreditlarni ajratishni ko‘zda tutadi.

2. Uzaytirilgan fond dasturi XVF tomonidan toiov balan- si qiyinchiliklariga yuz tutgan mamlakatlarga ko‘maklashish maqsadida joriy qilingan boiib, bunda muammolar qisman strukturaviy muammolar bilan bogiiq va uni bartaraf etish makroiqtisodiy nomuvofiqliklarga nisbatan uzoqroq muddatni taqozo etadi.

3. Qashshoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi aso- sida XVF yillik foiz stavkasi 0,5 foiz va so‘ndirish muddati 10 yil bo‘lgan kreditlarni o'zining eng qashshoq a’zo davlatlariga taqdim etadi. Ta'kidlash lozimki, XVF kreditlarining ko‘pchilik qismi shu kategoriyaga mansubdir. 2005-yilda Ekzogen shok- lar dasturi ishlab chiqilib tasdiqlandi. Bu dastur asosida Qash- shoqlikni qisqartirish va iqtisodiy o‘sish dasturi orqali kredit ol- maydigan sust rivojlangan davlatlarga ularning nazorat doirasidan tashqarida bo‘lgan shoklar tufayli vujudga keladigan to‘lov balansi muammolarini bartaraf etish uchun kreditlar taqdim etiladi.



6. Jahon bankining bosh maqsadi — iqtisodiy o‘sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kredit- lash yo‘li bilan kambag‘allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish- ga hamda fuqarolarning hayot darajasi yaxshilanishiga imkon tug‘diradi. Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga mu- vofiq o‘z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015-yilgacha erishish lozim bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagilarni olgan:

— kambag‘allik va ochlikka barham berish;

— umumiy boshlang‘ich ta’limni ta’minlash;

— bolalar o‘limini qisqartirish;

onalik muhofazasini yaxshilash;

— VICH/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;

— atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta'minlash;

— rivojlanish maqsadlarida global hamkorlikni shakllantirish.



7. «Jahon banki» atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Develop- ment Association) qamrab oladi. «Jahon banki guruhi» atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya kor- poratsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalar- ni kafolatlash bo‘yicha ko‘p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o‘z ichiga oladi.

8. XX asrning 60-yillarida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi rivojlanayotgan mamlakatlar hamkorligini kengaytirish va ushbu mintaqalardagi o‘ziga xos muammolarni yechish uchun mintaqa- viy rivojlanish banklari tashkil etildi.

9. Mintaqaviy valuta-kredit tashkilotlarining maqsadi bo‘lib, mintaqa mamlakatlarida ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy rivoj- lanishni qo‘llab-quvvatlash, qashshoqlik va qarzdorlik darajasini kamaytirish hamda xususiy sektor rivojlanishiga ko‘maklashish hisoblanadi.

Jahon bankining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

— rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiya faoliyati;

— iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahat va tahliliy faoliyat;

— amalga oshiriladigan dasturlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi va tuzilmasini muntazam to‘g‘rilab borish;

— boy va qashshoq mamlakatlar o‘rtasida resurslarni taqsim- lashda vositachilik qilish.




Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling