Mavzu: jahon bozori va uning iqtisodiy mohiyati
O ’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi
Download 436.6 Kb.
|
JAHON BOZORI VA UNING IQTISODIY MOHIYATI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Osiyo rivojlanishi Banki (ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST)
O ’zbekistonning Xalqaro valyuta fondi va jahon banki bilan hamkorligi tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishdagi navbatdagi yo’nalishdir. Bu yo’nalishda XVF bilan tizimli qayta qurilishlarni mablag’ bilan ta’minlash, tizimli va makroiqtisodiy siyosat sohasidagi tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash dasturlari maqullandi.
Jahon bank tashkilotlari – Xalqaro ta’mirlash va rivojlanish banki (XTRB), Xalqaro rivojlanish uyushmasi (XRU), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) va Investitsiyalarni kafolatlash xalqaro agentligi (IKXA) bilan hamkorlik O’zbekistonning tashqi iqtisodiy strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o’ynaydi. Xususan XRRB yo’li bilan O’zbekistonga paxta yetishtirish usullarini zamonaviylashtirib, uning jahon bozoriga chiqishiga ko’maklashish va unumdorlikni oshirish uchun asos yaratish maqsadida 66 mln. dollar, institutsional islohotlarni davom ettirish uchun 120 mln. dollar mablag’ ajratildi. Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) ham O’zbekistonda bir qator loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqda. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishda yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) alohida rol o’ynaydi. Respublikada amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 536 mln. dollarga teng 9 ta loyihada yeTTBning ulushi 253,1 mln. dollarni tashkil qiladi. ETTBning O’zbekistonda amalga oshirish ko’zda tutilgan, umumiy summasi bir mlrd.dollardan ortiq bo’lgan yana 8 ta loyihani ko’rib chiqishi mo’ljallangan. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida Osiyo rivojlanishi Banki (ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan hamkorligi istiqbolli yo’nalishlardan hisoblanadi. Shunday qilib, O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo’shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorlik hal qiluvchi o’ringa ega bo’lib, bu milliy iqtisodiyotning baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko’tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi. Konsepsiya muallifi Islom Karimov qayd etgan ediki, «O'zbekistonda bozor munosabatlariga o'tishning o'ziga xos yo'lini varatish uchun zamin vo'q emas. Sharqda odamlar azaldan savdo-sotiq bilan shug'ullanganlar. Shu boisdan. bu verda bozor sharoitida rivoilanishning o'z tarixiv tairibasi mavjud'». Muallif xalqimizning o'z milliy tarixiy tajribasiga asoslanib, o'zining besh tamoyilini yaratdi. Su tamoyillar iqtisodiyot ta'limotlar tarixiga haqiqatdan ham yangilik bo'lib kirdi. 1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi: 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li; 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li; 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li; 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam). Download 436.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling