Mavzu: jahon bozoridagi raqobat reja: Xalkaro savdo munosabatlari
Download 75.19 Kb.
|
JAHON BOZORIDAGI RAQOBAT
MAVZU: JAHON BOZORIDAGI RAQOBAT Reja: 1. Xalkaro savdo munosabatlari 2. Jahon bozori uning o‘ziga xos xususiyatlari 3. Firmaning xalqaro bozorga chiqish sabablari 4. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari 1. Xalqaro savdo munosabatlari Xalqaro iqtisodiy aloqalarda sado-sotik etakchi o‘rinda turadi va bu jahon bozorida o‘z ifodasini topadi. Xalqaro savdo - mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-sotik, tovarlarni chetdan olib kelish va chetga chiqarish, jahon iqtisodiy munosabatlarining shaklidir. Xalqaro savdo va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari iqtisodiy fanlar tizimida qadimgilaridan biri hisoblanadi. Ushbu faoliyat masalalari birinchi marta XV-XVIII asrlarda merkantilistlar tomonidan qarab chiqilgan bo‘lib, ular mulohazalariga ko‘ra, har bir mamlakat aholisining turmush darajasini yaxshilash uchun ko‘proq mahsulot eksport qilinishi va kamroq mahsulot import qilinishi lozimdir. Eksport hamda import o‘rtasidagi tafovut ular tomonidan milliy boylikning sof ortgan qismi deb hisoblangan. Ushbu masalalar XVIII va XIX asrning buyuk iqtisodchilari e’tiborini ham tortgan. Xususan, ushbu masalalar bilan XIX asrning Adam Smit (Adam Smit), David Rikardo (David Ricardo), va Djon Styuart Mill (John Stuart Mill) kabi etakchi iqtisodchilari shug‘ullanishgan va ularning bu sohadagi ilmiy–tadqiqot ishlari ahamiyati bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotganicha yo‘q. Iqtisodiy fanlar asoschisi Adam Smit merkantilizm nazariyasini qattiq tanqid ostiga oladi. U va uning davomchilari erkin savdo xalqaro savdo ishtirokchilarining barchasi uchun muhim va foydalidir, ammo xo‘jalik yuritish jarayonlariga davlatning faol aralashuvi mamlakat iqtisodiyoti uchun zararlidir deb ta’kidlashadi. David Rikardo Adam Smitning mutlaq ustunlik nazariyasining rivojlantiradi va xalqaro savdo har ikki mamlakatdan birisi uchun foydali bo‘ladi, agarda hattoki ulardan birortasi konkret tovar ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasada, deb ko‘rsatadi. Djon Styuart Mill birinchi marta jahon bozorida narx o‘rnatishni tushuntirishda “talab va taklif qonuni”ni ta’riflab berdi. O‘zaro talab nazariyasi bazasi asosida Djon Mill tomonidan og‘zaki bildirilgan fikr bo‘yicha Angliyalik iqtisodchi Alfred Marshall hozirgi vaqtda ham asosiy bo‘lgan va xalqaro savdo mohiyatini ochib beruvchi umumiy muvozanat modelini yaratdi. U tomonidan yaratilgan iste’molchining ortiqchaligi haqidagi tushuncha xalqaro savdoning taqsimot samarasini tahlil qilishda muvaffaqiyatli qo‘llanilib kelmoqda. XX asrning ko‘plab buyuk iqtisodchilari – Eli Xeksher, Bertil Olin, Djeyms Mid, Pol Samuelson, Vasiliy Leontevlar tomonidan ham xalqaro savdo muammolari atroflicha o‘rganilgan. SHvetsiyalik iqtisodchilar – neoklassik Eli Xeksher va uning shogirdi Pertil Olinning tadqiqotlari XX asr 20 – yillari o‘rtasida xalqaro savdo nazariyasi sohasida haqiqiy portlash bo‘ldi. Ular tomonidan Xeksher – Olin nazariyasi deb nom olgan xalqaro savdo nazariyasini yaratdilar. Ushbu nazariyaga binoan tashqi savdoning tarkibi va jo‘g‘rofiy yo‘nalishi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligi bilan aniqlanadi. Ushbu nazariyaning muhim tomoni faqatgina bu bilan emas, balki uning asosida mamlakatni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minotini o‘zgartirish orqali uning tashqi savdo faoliyatini o‘zgartirishga olib keladigan iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ham yordam beradi. Xeksher–Olin nazariyalari kuzatish va intuitsiyaga asoslangan fikrlashga tayangan bo‘lsa, Samuelson tomonidan matematik isbotlash yo‘li tanlandi. U Xeksher–Olin nazariyasi asosiy jihatlarini qat’iy isbotlashga imkon beradigan qattiq jihatlarni kiritadi. Pol Samuelson va Rokold Djons ilmiy ishlarida mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganligi va tashqi savdo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar kabi masalalargina o‘rganilmay, balki jamiyatning har xil ijtimoiy guruhlari o‘rtasida tushum taqsimotiga savdo munosabatlari o‘rnatilishi ta’sir doiralari kabilar o‘rganilgan. Ushbu masalalar savdo siyosatini amalga oshirishda o‘ta muhimligi bilan ajralib turadi. Xalqaro savdo nazariyasi va tahlili vositalari rivojlanishiga avstriyalik iqtisodchi Gottfrid Xoberler munosib hissasini qo‘shgan. Jumladan, u ungacha barcha tadqiqotchilar tomonidan o‘zgarmas deb hisoblangan muqobil narxlarning o‘zgaruvchan bo‘lishligini xalqaro savdo modeliga kiritib, faqatgina mehnat omili emas, balki bir qancha ishlab chiqarish omillari asosida mamlakatning ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi konsepsiyasini taklif etdi. Bu orqali xalqaro savdo nazariyasi real holatga yaqinlashtirildi. Taniqli Amerika iqtisodchisi Pol Krug-Mann ishlarida hozirgi vaqtda xalqaro savdoning bir qancha tendensiyalarini tushuntirish imkoniyatini bermaydigan masshtabda iqtisod bo‘lgan monopolistik raqobat va savdoning bir qancha boshqa modellari amal qilish sharoitida tashqi savdo masalalari tadqiq qilingan. Uning bir qancha tadqiqotlarida savdo siyosatining oqibatlari tahlil qilinadi va proteksionizmga qarshi erkin savdoning ustunligi asoslab beriladi. YAgdish N. Bxogvoti ma’lum bir sharoitlarda eksportga yo‘naltirilganlikning oshishi savdo sharoitining etarlicha yomonlashuviga olib kelishligini, natijada real daromad pasayishi kelib chiqishligini isbot qildi. U o‘zining ko‘plab tadqiqotlarida proteksionizmga “ha” yoki “yo‘q” ning asosiy argumentlari, savdo siyosati va iqtisodiy rivojlanishning o‘zaro aloqadorligi masalalarini o‘rgangan. Uning bu kabi tadqiqotlari erkin savdoni kuchaytirish bo‘yicha bir qancha takliflar ishlab chiqish bilan yakunlanadi. Xarri Djonsonning eksportga yo‘naltirilganlik va import o‘rnini bosishning o‘sishi o‘rtasidagi farqni o‘rganishga bag‘ishlangan ishlarida import tariflarini keltirib chiqarishga olib keladigan bozor xatoliklari iqtisodiy o‘sishning pasayishini keltirib chiqarishi ko‘rsatib berilgan. Amerikalik olim Maykl Porter raqobat strategiyasi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Uning ta’kidlashicha, “xalqaro bozorda mamlakatlar emas, balki firmalar raqobat kurashi olib boradilar. SHuni anglash lozimki, ushbu jarayonda mamlakat rolini kursatishda firma raqobatda ustunlikni yaratadi va saqlab qoladi”. Korxona diqqat markazida nafaqat xaridorlar ehtiyojini qondirish, balki xalqaro bozordagi raqobat kuchlari ham turadi. M.Porter mahalliy firmalar raqobatida paydo bo‘ladigan mamlakat iqtisodiyotining to‘rtta tashkil etuvchisini ko‘rsatib o‘tadi: 1) ishlab chiqarish omillari parametrlari; 2) talab shartlari; 3) turdosh va madad beruvchi tarmoqlar mavjudligi; 4) firma strategiyasi, tarkibi kurashishi. Bunda mamlakat raqobatbardoshligining to‘rtta determinantining barchasiga hukumat o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Savdo siyosati nazariyasi rivojlanishiga avstriyalik iqtisodchi Maks Korden salmoqli hissa qo‘shgan. Uning tadqiqot ishlarida proteksionizm nazariyasi va millat turmush darajasi hamda iqtisodiy o‘sishga savdo siyosati ta’siri kabilar mohiyati to‘laligicha ochib berilgan. Hozirgi zamonaviy iqtisodchilar tamonidan olib boriladigan xalqaro savdo siyosati tahlilining nazariy asosini uning tadqiqotlari natijalari tashkil qiladi. Jahon savdo tashkilotini ta’sis etish ahdlashuvi 29 ta yuridik xujjatlarni qamrab olgan bo‘lib, ular barcha sohalarni o‘zida mujassam etadi. Bundan tashqari JSB a’zolari o‘z zimmasiga oladigan qo‘shimcha majburiyat va qoidalar tashkil etiladigan 25 ta deklaratsiya, qaror va shartnomalar ham imzolangan. Bugungi kunda JST doirasida erishilgan ahdlashuv quyidagilarni boshqarib va nazorat qilib boradi: -tovar va xizmatlar savdosini; -savdo bilan bog‘liq investitsiya xarakteridagi tadbirlarni; -intellektual boylikka huquqning savdosi bilan; -raqobat qoidalari (subsidiya, demping, davlat xaridi va boshqalar). Bugungi kunda dunyodagi 148 mamlakat Jahon savdo tashkiloti (JST) a’zosi bo‘lib, ular Urugvay raundi davomida erishilgan kelishuvlarga muvofiq ish ko‘radilar. Hozirda yana 30 ta mamlakat JST da kuzatish maqomini qo‘lga kiritganlar va ular ham a’zolikka da’vogardirlar. Download 75.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling