Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 290.95 Kb.
bet19/20
Sana21.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1642075
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
3-bob. Global boz

«Firmalar strategiyasi, ularning strukturasi va raqobat» blokida quyidagi savollarga javoblar eng katta qiziqish uyg‘otadi:
mamlakatdagi tashkiliy strukturalarning ustunlik qiladigan turlari va menejment uslublari tarmoq ehtiyojlariga mos keladimi?

qaysi strategiya turlari mamlakatda qabul qilingan tashkiliy me’yorlarga asoslanadi? Bu mamlakatda tarmoq eng iqtidorli kishilarni jalb qiladimi?
investorlarning manfaatlari tarmoq raqobatbardoshligini oshirish ehtiyojlariga mos keladimi?
firmaning ichki bozorda munosib raqobatchilari bormi?
«Ishlab chiqarish omillari» bloki quyidagi shart-sharoitlarni tushuntirishini talab qiladi:
mamlakat juda rivojlangan yoki eng to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish omillariga egami? Agar shunday bo‘lsa, ular qaysi segmentlarda va qaysi raqobat strategiyalari uchun eng yaroqli?
mamlakat ushbu tarmoq uchun omillarni yaratishning chet eldagiga nisbatan yaxshiroq mexanizmlariga egami (maxsus tadqiqot dasturlari, o‘quv yurtlari va h.k.)?
tanlab olingan ishlab chiqarish omillarining noqulay ahvoli xalqaro miqyosda yuzaga kelgan vaziyatni aks ettiradimi?
Ushbu mamlakatda talabning o‘ziga xosligi ham global strategiyani amalga oshirishga xizmat qilishi yoki to‘siq bo‘lishi mumkin.
«Talab shart-sharoitlari» blokida quyidagilarni hisobga olish zarur:
ushbu mamlakatdagi mahsulot xaridorlari eng talabchanmi? Agar shunday bo‘lsa, qaysi bozor segmentlarida?
mamlakatda ushbu tarmoq mahsulotlariga g‘ayrioddiy, lekin boshqa joylarda oson tanlab olinadigan ehtiyojlar bormi?
ushbu mamlakatda xaridorlarning ehtiyojlari boshqa mamlakatlar xaridorlaridan ustunlik qiladimi?
mamlakatdagi taqsimot va sotuvi kanallari yetarli darajada rivojlanganmi va ular jahon tendentsiyalaridan ustunmi?
Turdosh va yondosh tarmoqlar tahlili quyidagi kabi savollarga javob berishi lozim:
ushbu mamlakat jahon miqyosidagi ta’minot tarmoqlariga egami? Agar shunday bo‘lsa, qaysi tarmoq segmentlarida?
mamlakat muhim yondosh tarmoqlarda kuchli pozitsiyaga egami?

7


Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling