Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 290.95 Kb.
|
3-bob. Global boz
Jahon biznesida import va eksportning ahamiyati. Import (lot. importare — „olib kirish“) — biror molni mamlakatga sotish uchun olib kirish. Import mamlakati, deganda import qilinayotgan mol ishlab chiqarilgan mamlakat tushuniladi.
Import (ing. import — keltirish, olib kelish) — mamlakatning ichki bozorida sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o‘tkazib yuborish uchun chet el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog‘ozlar va boshqalarni keltirish. Yuklar, passajirlarni chet eldan tashib keltirish, sayyohlik, sug‘urta, ilmiy-texnika bilimlari va boshqa xizmatlar harajatlari ham import tarkibiga kiradi. Import bojxona bojlari, shuningdek, miqdoriy cheklashlar, litsenziyalash tizimi va boshqa notarif tarzdagi vositalar bilan tartibga solinadi. Importning eksportdan ustunligi mamlakatning tashqi savdosida salbiy saldoni vujudga keltiradi va bu hol mamlakatning umumiy iqtisodiy salohiyatida salbiy hodisa deb qaraladi. Importni tartibga solish asosan uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini oshirish va cheklovlar qo‘yilishi tushuniladi. Eksport (ing eksport., lot. eksportare — olib chiqaman, chetga chiqaraman) — tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar, texnologiyalar va boshqalarni tashqi bozorga chiqarish. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o‘tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish (reeksport) ham eksportga kiradi. Mamlakatning o‘zida ishlab chiqarilgan moddiy boyliklar eksport tarkibi milliy iqtisodiyotning o‘ziga xos xususiyatlari, uning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘rni bilan bog‘liq. Sanoati rivojlangan mamlakatlarga sanoat mahsulotlari, ayniqsa, mashinasozlik mahsulotlari va texnologiyalar eksport qilish xos bo‘lsa, qoloq agrar iqtisodiyotga ega bo‘lgan mamlakatlar eksportida xomashyo va oziq-ovqat asosiy rol o‘ynaydi. Yakka ziroatchilik xo‘jaliklari hukmron bo‘lgan mamlakatlar eksportida 1-2 tovar turi asosiy o‘rinni egallaydi. Yuklarni tashish, vositachilik operatsiyalari, turizm, ilmiy-texnika aloqalaridan va boshqalar xizmatlarni sotishdan olinadigan daromadlar ko‘rinmas eksportni tashkil etadi va iqtisodiyoti rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda uning ahamiyati ortib bormoqda. Har qanday davlat uchun eksport-import va chet ellarda boshqa xarajatlarni to‘lash uchun zarur bo‘lgan chet el valyutasining asosiy manbayi. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosatida eksportni kengaytirish muhim masala hisoblanadi va davlat eksport uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning turli shakllarini keng qo‘llaydi (soliq imtiyozlari va boshqalar moliyaviy ko‘maklar; eksportni davlat tomonidan kreditlash). Eksportni cheklash aksariyat hollarda muayyan mamlakatlar bilan olib boriladigan savdoga embargo joriy etish yo‘li bilan siyosiy maqsadlarda amalga oshiriladi. Ayrim tovarlar eksporti ba’zan iqtisodiy yoki ekologik sabablarga ko‘ra cheklanadi (mazkur tovarning mamlakat iqtisodiyoti uchun muhimligi, yo‘qolib borayotgan hayvonlar yoki o‘simliklar turlarini, milliy madaniy, badiiy boyliklarni asrash va boshqalar). O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, tovarlar eksporti bojxona rejimida, bojxona to‘lovlari to‘langanidan keyin, iqtisodiy siyosat tadbirlariga rioya etilgan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa talablar bajarilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan chetga chiqariladi. Tashqi savdo siyosati davlat tashqi iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi hisoblanib, milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni himoya qilishga ko‘maklashuvchi chora-tadbirlar yig‘indisidir. Tashqi savdo siyosati quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: - eksport siyosati; - import siyosati. Eksport siyosati eksportga yo‘naltirilgan rivojlanish modeli doirasida rivojlanadi. Import siyosatining turlaridan biri import o‘rnini qoplash siyosati hisoblanib, ushbu siyosat ko‘pchilik mamlakatlar iqtisodiyotining sanoatlashishida katta rol o‘ynagan. Tashqi savdo siyosatining asosida mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi yotadi. Tashqi savdo siyosati turli darajada amalga oshiriladi: milliy, ikki tomonlama, hududiy, xalqaro. Qayd etib o‘tilgan har bir daraja o‘z xususiyatlariga ega. Davlatning tashqi savdoga aralashish miqyosiga qarab tashqi savdo siyosati proteksionistik va erkin savdo xarakteriga ega bo‘ladi.
Download 290.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling