Mavzu: Jahon bozorining ahamiyati va qiyosiy ustunlik hamda global savdoda ustunlik Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 290.95 Kb.
bet13/20
Sana21.06.2023
Hajmi290.95 Kb.
#1642075
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
3-bob. Global boz

Imkoniyatlar va sharoitlar tahlil predmetlarining nisbati

Firma imkoniyatlari tahlilining predmeti qaysi mamlakatda (1 va 2 maydon) joylashganidan qat’iy nazar, uning tasarrufidagi resurslari, uning faoliyati va rivojlanishi (4 va 5) tashqi omillari hisoblanadi. Firma o‘zlashtirmagan mamlakatlar uning imkoniyatlariga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi va shu sababli xalqaro sohadagi maqsadlarni shakllantirishda hisobga olinmaydi. Boshqa tomondan, strategik muqobil variantlarni tanlashdan oldin, mahalliy sharoitlar tahlili firma biron-bir operatsiyalarni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan barcha mamlakatlarni (4, 5 va 6) qamrab oladi; o‘zlashtirib bo‘lingan mamlakatlar bu erda boshqa mamlakatlar bilan teng ko‘rib chiqiladi , faqat shu shartdagina biznes zaruriy moslashuvchanlikni, firma esa jahon bozorlarida raqobatbardoshlikni saqlab qoladi.
Shunday qilib, firma kelgan mamlakat va u faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatlardagi tashqi muhit strategik rejalashtirish jarayoni doirasida ko‘rib chiqish predmetiga ikki marta aylanadi, bunda tahlil qilianyotgan ko‘rsatkichlar qisman mos keladi (shu bilan bir paytda, 3-maydon umuman ko‘rib chiqilmaydi, chunki unga mos keladigan ma’noga ega emas).
Moliyaviy sharoitlar ichida birinchi navbatda soliqqa tortish tizimi va bojxona qonunchiligini ko‘rib chiqamiz. Mamlakatda qabul qilingan mehnatga haq to‘lash darajasi korxonani joylashtirish uchun – ishlab chiqarish turiga qarab, u yoki bu darajada muhim shart hisoblanadi. Shuni hisobga olish kerakki, firma faoliyati ishlab chiqarish quvvatlari va mos keluvchi infratuzilmani rivojlantirishga katta miqdorda mablag‘lar kiritish (o‘z tashabbusi bilan ham, ko‘chmas mulkni xarid qilishning majburiy sharti sifatida investitsiya kiritish talabini qo‘yuvchi mahalliy hokimiyatlar talabi bilan ham) zarurati, shuningdek, u yoki bu joriy xarajatlarni (reklama, yetkazib berish va h.k.) amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. G

Download 290.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling