Mavzu: Jahon iqtisodiyoti globallashuvi Reja: Jahon iqtisodiyoti globallashuvi tushunchasining mohiyati va uning asosiy jihatlari
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari
Download 53.41 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xom-ashyo manbalarining egallanishi.
- Yangi bozorlarning vujudga kelishi va egallanishi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining bosqichlari
Globallashuv jarayonini rivojlantiruvchi asosiy omillar sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin: Ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologik omillar: ishlab chiqarish ko’lamining keskin kuchayishi; ishlab chiqarishning yangi texnologik usullariga – yuqori, ilmiy sig’imli texnologiyalarga o’tish; mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari harakatidagi to’siqlarga barham berilishi; mahsulotlar va xizmatlarni tezlik bilan tarqatishni ta’minlovchi transport va aloqaning sifatli tizimi yaratiladi; ilmiy va intelektual bilimlarni almashishning samarali tizimi vujudga keladi. Tashkiliy omillar; ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini amalga oshirishning xalqaro shakli sifatida transmilliy korporatsiyalarning yuzaga kelishi; nohukumat tashkilotlarining ko’p millatli yoki jahon darajasiga chiqishi; ko’p millatli kompaniyalar va boshqa tashkilotlarning global iqtisodiyotda asosiy rol o’ynovchi xususiy yoki davlat tashkiloti sifatida o’zgarishi. Iqtisodiy omillar: kapital bozori, mahsulotlar va xizmatlar savdosining erkinlashuvi hamda jahon savdosini erkinlashtiruvchi va protektsionizm siyosatini cheklovchi iqtisodiy erkinlashuvning boshqa shakllarini keng joriy etilishi; kapital to’planishi va markazlashuvining kuchayishi, hosila moliyaviy instrumentlar bilan bog’liq operatsiyalarning oshishi, valyutaviy bitimlarni amalga oshirish vaqtining keskin qisqarishi; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatning yagona mezonlarini joriy etilishi va boshqa iqtisodiy siyosatga oid talablarning bir xillashtirilishi; standartlashtirish tendentsiyasining kuchaytirilishi. Barcha mamlakatlar tomonidan texnologiya, ekologiya va moliyaviy tashkilotlar faoliyatida, shuningdek, buxgalteriya va statistik hisobotlar tizimida yagona standartlardan foydalanishning keng joriy etilishi. Axborot omillari: moliyaviy, iqtisodiy ilmiy-texnik hamda ishlab chiqarishga oid ma’lumotlarni almashinish tizimining tubdan o’zgarishi. Ma’lumotlarni taqdim etish, qabul qilish va qayta ishlashning mutlaqo yangi tizimlarining yuzaga kelishi va rivojlanishi nou-xau va professional xizmatlarni o’z ichiga olgan moliyaviy va mahsulot bozorlarini birlashtiruvchi global tarmoqni yaratishga yordam berdi. bitta markaz orqali turli mamlakatlarda joylashgan ishlab chiqarishlarni boshqarishga imkon beruvchi tizimning shakllanishi; mahsulotlarni realizatsiya qilishning yangi shakllari vujudga kelishi. Yuqoridagi qayd etilgan omillar ta’siri natijasida globallashuv jarayoni kuchaygan holda jahon iqtisodiyotining barcha soha va bo’g’inlarini egallab boradi. Download 53.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling