Mavzu: Jahon iqtisodiyoti xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi. Reja


Download 75.62 Kb.
bet7/9
Sana18.12.2022
Hajmi75.62 Kb.
#1031130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Globallashuv mehnat unumdorligining ortishi va jahon miqyosida innovatsiyani to

5.1. Xorijiy innovatsiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning ob’ektiv zarurligi
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimdir.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiyalashgan, jahon bozoriga raqobatbardosh, keng dara­jada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.
CHet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy innovatsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo’lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
- birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;
- ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va ‘irovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi;
- to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish
quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi.


Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o’rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O’zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to’liq aks ettirilishini taqozo etmoqda.
Mustaqillikka erishilgandan boshlab, mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tishning o’ziga xos yo’lidan bormoqda. Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. CHunki investitsiyalar iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. SHu jihatdan O’zbekiston o’z tuzilmaviy investitsiya siyosatini olib bormoqda (5.2.1 - chizma)Tuzilmaviy investitsiya siyosati hududlar, tarmoqlar va korxona investitsiya siyosatlaridan tarkib to’ib, ular o’zaro bog’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati - investitsiyani sarflashda aholi, hudud va investor manfaatlarini hisobga olgan holda samarali ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladigan chora-tadbirlar majmui. Tarmoq investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eksport qilish, import o’rnini bosuvchi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, mavjud shart-sharoitlardan kelib chiqib boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.

Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Ular quyidagi chizmada aks ettirilgan (5.3.1-chizma)



Download 75.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling