Mavzu: Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xalqaro savdoni miqyosi, tarkibi vayo'nalishlariga ta'siri kurs ishi


MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI


Download 0.53 Mb.
bet3/14
Sana19.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1213902
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Asqar Siyaparov Kurs ishi

MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIGA TA’SIRI


2.1. MAMLAKATLARNING INQIROZGA QARSHI DASTURLARI QIYOSIY TAHLILI.

O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A. Karimov o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berish mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materillarni o’rganish va umumlashtirish natijasida keltirib chiqarilgan to’rtinchi


xulosani qo’yidagicha bayon etdilar: “ To’rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozdanimkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko’p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman dunyo hamjamiyati miqiyosida qabul qilinayotgan chora tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg’unligiga bog’liq”. Shuningdek, 2008 yil yil noyabr oyida Vashingtonda jahon yalpi mahsulotning 85% ishlab chiqaradigan 20 ta yirik davlat ishtirokida bo’lib o’tgan sammit global moliyaviy inqirozning ko’lami tobora kengayib borayotganini tasdiqlagani, ushbu sammitda bo’lib o’tgan mohakamalar bugun jahon moliyaviy inqirozning oldini olish haqida emas, balki undan qanday qilib chiqish yo’llari izlanayotganligidan darak berishini ta’kidlab o’tdilar.


Jahon moliyaviy inqirozi aksariyat rivojlangan mamlakatlar moliya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini keltirib chiqadi. Shunga ko’ra, AQSh va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o’zlarining bank tizimlarini inqirozdan qo’tqarish uchun yirik tijorat banklarining aksiyalarini sotib olib, ularni byudjet mablag’lari hisobiga likvidli aktivlar bilan ta’minlay boshladi. AQSh hukumati iqtisodiyotga yirik masshtabdagi davlat aralashuvi siyosatini yurita boshladi. AQSh ning sobiq moliya vazirining tashabbusi bilan kongres “Polsan rejasi” deb nomlanuvchi rejani qabul qildi. Mazkur rejaning umumiy hajmi 700 millard dollarni tashkil qiladi.


Yevropa ittifoqi mamlakatlari inqirozdan chiqish bo’yicha tijorat banklari kreditlari uchun davlat kafolatlari tizimidan foydalanishga kelishib olishdi. Bu holatda kafolatlar banklararo kreditlar bo’yicha 5 yil muddatga taqdim etiladi va banklarning imtiyozli aksiyalarini sotib olish orqali ularni qo’llab-quvvatlash


imkoniyatlariga ega bo’ladi. Bundan ko’rinadiki, hozirgi sharoitda inqirozdan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya nisbatan ko’proq aziyat chekmoqda.

Inqirozni bartaraf etishga ajratilgan mablag’larning yo’nalishlari.


-Kredit mablag’lariga davlat kafolati.


-Moliyaviy institutlar ustav kapitallariga qo’yilmalar.


-Yuqori riskli, shubhali aktivlarning xaridi.





Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling