Mavzu: Jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari Reja


Download 36.42 Kb.
bet1/3
Sana11.09.2023
Hajmi36.42 Kb.
#1675769
  1   2   3
Bog'liq
Jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari


Mavzu: Jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari

Reja


  1. Jamiyat tushunchasi va uning vujudga kelishi

  2. Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig‘i

  3. Informatsion jamiyat.


Jamiyat tushunchasi va uning vujudga kelishi
Jamiyat — tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo‘lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar o‘rtasida amal qiladigan juda ko‘plab munosabatlar yig‘indisi. Jamiyat muttasil ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Jamiyat odamzodning umri, hayoti o‘tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog‘liq barcha o‘zgarish va jarayonlarni ifoda etadi.
Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo‘ldi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. Jamiyatning vujudga kelishi. Kishilarni oila bo‘lib, jamoa bo‘lib uyushishga nima majbur qilgan, degan masala qadim zamonlardanoq ulug‘ mutafakkirlar e’tiborini jalb etgan. Bu masalani diniy tushunish - uni ilohiy kuch, xudo bilan bog‘lab izohlashdir. Dunyoviy qarashlarga ko‘ra, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy extiyojlarini qondirish uchun birgalikda yashashga, jamoa bo‘lib birlashishga ko‘nikkan. Kishilar hayotiy tajriba, aql va tafakkur tufayli jamiyat bo‘lib yashashning qulay, afzal va zarurligini tushungan. Bu jarayonda o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar ana shu munosabatlarni takomillashtirish, yanada rivojlantirish orqali ma’naviy kamolotga erishgan. Bu kishilarni bir-biri bilan yaqinlashtirgan, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini bergan.
Ijtimoiy munosabatlarning amal qilish jarayonida odamlarni uyushtirishning tarixiy shakllari - oila, davlat, jamoa (qishloq, shahar) vujudga kelgan. Odamlar o‘rtasida amal qiladigan axloqiy, diniy, ilmiy, falsafiy, huquqiy, iqtisodiy, mafkuraviy kabi munosabatlar ijtimoiy munosabatlar deyiladi va bu jamiyatda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy uyushmalar kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qoldirishga yordam beradi. Ular mohiyatan inson va jamiyat mavjudligining zarur sharti hisoblanadi. Masalan, oila, davlat, ta’lim-tarbiya, mahalla, Vatan kabi qadriyatlarsiz inson va jamiyat o‘z mohiyatini yo‘qotadi. «Ijtimoiylik» tushunchasi bilan «jamiyat»tushunchasi bir emas. Masalan, Robinzon kimsasiz orolga tushib qolgani bilan o‘z ijtimoiy sifatlarini yo‘qotmagan bo‘lsada uni jamiyat deyish qiyin. Jamiyat yakka shaxsni bildirmaydi, u ommaviy tabiatga ega, uning qonunlari keng ommaning ongli faoliyati orqali amalga oshadi. Jamiyat borliqning ijtimoiy shakli bo‘lib, kishilarning ongli faoliyati, munosabatlari, ularning hosilalari bo‘lgan yaxlit ijtimoiy tizimdir. Jamiyat umummetodologik nuqtai nazardan ijtimoiy borliq bilan aynandir. Ammo, ontologik yondoshilsa u borliqning bir turi sifatida qaraladi. Jamiyatga akiologik yondoshilsa, uning ahamiyati aniqlanadi, gnoseologik yondoshilsa uni bilish imkoniyatlari izlanadi, sotsiologik yondoshilsa turli ijtimoiy subyektlarning munosabatlari o‘rganiladi. Ontologiyani esa bu muammolar kam qiziqtiradi, uni jamiyatning yaxlit tizim sifatida mavjudligi muammosi qiziqtiradi. Nega falsafa ijtimoiy borliqni o‘rganadi degan savolga quyidagicha javob berish mumkin. Ijtimoiy borliq ham borliq singari umumiy atributlar va taraqqiyot qonunlariga egaki, ularni faqat falsafiy metodlar vositasida o‘rganish mumkin. Bundan tashqari «abadiy» muammolar insonning borliqdagi o‘rni, hayotning mazmuni kabi muammolar ham ijtimoiy-falsafiy xarakterga ega.
Jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‘rganadigan sohalaridan biri – bu ijtimoiy falsafadir. Ijtimoiy falsafa jamiyatning genezisi, mohiyati, taraqqiyot qonunlari, integrativ sifatlarini yaxlit tizim sifatida o‘rganadi. Ijtimoiy falsafa o‘rganish obyekti – bu jamiyatdir. Jamiyatni esa turli faylasuflar turlicha talqin qiladilar. Gegelning fikricha jamiyat absolyut g‘oyaning evolyusiyaning bir bosqichi (ideya tabiatga, jamiyatga o‘tib yana o‘ziga qaytib kelishi) deb hisoblaydi.
P.Sorokin «Ijtimoiy hodisa tushunchalar olami, insonlar aloqalari jarayonida olinadigan jamoaviy tajribadir» deb tushuntiradi.11 Ayrim kishilar, jamiyatning odamlar yig‘indisi deb hisoblaydi (atomizm). Boshqalari uni ulkan organizm deb o‘ylaydi (universalizm). Amalda jamiyat kishilarning ongli faoliyat jarayonida tashkillashadigan aloqalari natijasi, yaxlit tizimdir.

Ijtimoiy falsafa quyidagi sohalarni o‘rganadi:





  • jamiyatni yaxlit tizim sifatida o‘rganadi;

  • jamiyatning umumiy substansional hossalarini aniqlaydi;

  • ijtimoiy tizim strukturasi va funksiyalarini tahlil qiladi;

  • ijtimoiy taraqqiyotning umumiy qonunlarini o‘rganadi;

  • jamiyatning dunyo, borliqdagi o‘rnini aniqlaydi; sosium universum bir shakli ekanligi masalasi yechiladi;

  • insonning jamiyatdagi o‘rni va hayotning mazmuni kabi abadiy muammolarni nazariy darajada o‘rganadi;

  • ijtimoiy falsafaning bosh masalasi – ijtimoiy ongning ijtimoiy borliqqa munosabati masalasidir;

  • ijtimoiy taraqqiyotning manbalari, motivlari va harakatlantiruvchi kuchlarini o‘rganadi;

  • ijtimoiy evolyusiya jarayonini falsafiy tahlil qiladi;

  • faktlar, qonkret ijtimoiy hodisalar negizida yetgan umumintegrativ tendensiyalarni yuzaga olib chiqadi;

  • ijtimoiy taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini tadqiq etadi.

Ijtimoiy falsafa o‘z metodlariga ega. Dialektika metodlari: analiz va sintez, induksiya va deduksiya, abstraksiyalashtirish va konkretlashtirish, tarixiylik va mantiqiylikning birligi metodlari, shungdek, logika qonunlari va tamoyillari ijtimoiy falsafa uchun metodologiya bo‘lib xizmat qiladi.





Download 36.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling