Mavzu: Jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari Reja


Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig‘i


Download 36.42 Kb.
bet2/3
Sana11.09.2023
Hajmi36.42 Kb.
#1675769
1   2   3
Bog'liq
Jamiyat axborotlashuvining falsafiy asoslari, jamiyatni axborotlashtirish jarayonlari

Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig‘i

Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko‘proq e’tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg‘unlashtirish ijtimoiy taraqqiyotning asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy g‘oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo‘lgani uchun ilmsiz bo‘lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo‘lgani uchun qashshoq bo‘ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti. Ijtimoiy borliq moddiy borliq, sotsial borliq va ma’naviy borliqni o‘z ichaga oladi (ontologik yondashuv bo‘yicha). Sistemali yondashuv bo‘yicha inson faoliyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy ong, qadriyatlar, ijtimoiy subyektlar, institutlar, regulyativ tizim ijtimoiy borliq qismlari hisoblanadi. Buyerda barcha yondoshuvlar, (ontologik, gnoseologik, sotsiologik, aksiologik, praksiologik) yaxlitligicha qo‘llaniladi.


Jamiyatning moddiy borlig‘i strukturasini qo‘yidagicha tasavvur qilish mumkin:
moddiy ishlab chiqarish, mehnat faoliyati;

  • ishlab chiqarish kuchlari;

  • moddiy munosabatlar;

  • odamlarning o‘zlari, insonning moddiy borlig‘i;

  • insonlar yaratgan narsalar;

insonning tana ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalar (sanitariya-gigiyena, meditsina, ijtimoiy madaniyat, sport, dam olish, hordiq chiqarish, o‘yin maskanlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar).
Moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy borliqning mavjudligini ta’minlab turuvchi determinantdir. Antik falsafaning ontologik xatosi shundan iboratki, bu borliqning yagona asosini topishga o‘rinish ekanligidir. Ijtimoiy falsafada ham mutafakkirlar jamiyatning yagona asosini topishga uringanlar. Masalan, Platon, Aristotel, fransuz materialistlari, ma’rifatchilari, Gegel va boshqalar bunday asosini ma’naviy sohadan, ong, tafakkurdan izladilar. Tarixiy materializm asoschilari ijtimoiy borliqning yagona va belgilovchi asosi moddiy ishlab chiqarish ekanligini ta’kidladilar.
Ammo, ma’naviy determinizm ham, iqtisodiy determinizm ham biryoqlamali nazariyalardir. Chunki ijtimoiy borliq ko‘p qismli, ko‘p omilli, ko‘p sifatli geterogen, ayni zamonda yaxlit tizimdir, va uni ma’naviyatga yoki iqtisodiyotga bog‘lab qo‘yish metodologik va nazariy jihatdan noto‘g‘ridir. Ijtimoiy borliq turli nisbatlarda o‘zining turli tomonlarini namoyon qiladi. Bir holatda iqtisod, boshqasida tafakkur, yana boshqasida siyosat, va hakazolar oldinga chiqishi mumkin. Buning ustiga ong faoliyat jarayonida moddiylashadi, aksincha moddiy narsa in’ikos jarayonida subyektiv obrazga aylanadi.
Moddiy ishlab chiqarishning o‘zagini mehnat faoliyati tashkil etadi. Mehnat jarayonida kishilar mehnat qurollari vositasida tabiatga ta’sir qilib, uni o‘zgartirib o‘zlari uchun zarur bo‘lgan narsalarni yaratadilar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, transport va texnik vositalar). Mehnat jarayonida inson tabiiy obyektlarning strukturasini, shaklini, ximik, fizik, biologik xossalarini o‘zgartirib o‘z ehtiyojlariga moslashtiradilar. Demak, inson ishlab chiqarish vositasida ham tabiatga moslashdilar, ham tabiiy muhitni ijtimoiy borliqqa moslashtiradilar1 ham o‘z ehtiyojlarini qondiradilar, va o‘zlarini takror ishlab chiqaradilar. Insonning o‘zi, borlig‘i ham mehnat jarayonida shakllanadi. Bu yerda barcha narsa moddiy xarakterga ega, odamlar, mehnat qurollari, mehnat predmetlari, mehnat faoliyatidagi biopsixofiziologik omillar, bari moddiy hodisalardir.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyati turlari juda ko‘p 2000 dan ortiq kasb bor, hozirda 2 mln. narsa ishlab chiqariladi (oddiy ignadan tortib kosmik kemagacha). Bular ham faqat moddiy buyumlar. Ma’naviy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladigan narsalarning esa son-sanog‘i yo‘q.
Moddiy ishlab chiqarish ma’naviy ishlab chiqarishining moddiy bazasini yaratib, beradi (binolar, texnika, texnologiya, ashyolar, qog‘ozdan tortib kompyutergacha, qalamdan tortib chop qilish mashinasigacha), masalan, san’atkor allomalarni moddiy va ma’naviy ta’minlaydi va hakazo.
Moddiy ishlab chiqarish usuli deganda nima ishlab chiqariladi degan masala turmaydi, balki qanday ishlab chiqariladi degan masala ko‘ndalang bo‘ladi2. Ibtidoiy jamoada teng mehnat va teng taqsimot, quldorlikda qul mehnatini noiqtisodiy ekspluatatsiya qilish, feodalizmda krepostnoy mehnatini yarim noiqtisodiy ekspluatasiya qilish, industrial jamiyatda yollanma mehnatdan foydalanish usuli mavjud edi.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyatining menedjer, marketing, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari turlari, ayniqsa xizmat ko‘rsatish shakllari keng tarqalmoqda.
Moddiy ishlab chiqarishning muhim qismi bu ishlab chiqaruvchi kuchlardir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar ikki asosiy qismga bo‘linadi: 1) ishlab chiqarish vositalari (moddiy resurslar) va 2) ishchi kuchi (mehnat resurslar).
Ishlab chiqarish vositalariga mehnat predmetlari (xom oshyo yoki yarim xom ashyo, turlari materiallar yog‘och, temir, neft va hokazo) mehnat qurollari (texnika, kompyuter, asbob - uskunlar) binolar, inshaotlar, zavod, fabrikalar; energetik resurslar; moliyaviy resurslar, transport va aloqa vositalari.
Ishchi kuchi muayyan mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan, professional – texnik daraja, biopsixofiziologik qobiliyat va umumiy madaniyat sivilizatsiyasiga ega bo‘lgan shaxs va shaxslar guruhidir.
Texnologiya esa moddiy va mehnat resurslarini birlashtirish, tabiatga ta’sir qilish, uni o‘zgartirib, mahsulot ishlab chiqarish usuli va vositalaridir. Bu ish hozirda menedjer zimmasiga yuklatiladi
Texnologiya borliqni o‘zgartirish usulidir. Masalan, metallni kesish arra, avtogen yoki lazer usuli bilan amalga oshirilishi mumkin va har bir holatda sifat jihatdan farq qiluvchi natijaga erishish mumkin. Yoki bolani urib tarbiyalash va tushuntirib tarbiyalashda ham turli natijada olish mumkin (tarbiya texnologiyasi). Hokimiyatga turli usullar bilan erishish mumkin, demokratik saylov, harbiy davlat to‘ntarish, manipulyasiya (siyosiy texnologiya). Moddiy texnologiya bu tabiiy borliqni o‘zgartirish usullari bo‘lib texnika o‘zgarashi bilan o‘zgaradi. Hisoblash texnikasi: Misrda chut ishlatilgan dastlabki mexanik hisoblash apparati XX asr boshida, dastlaki EHM va kompyuterlar XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi va har safar hisoblash texnologiyasining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Yuqori texnologiya ya’ni kosmik sistemalar, robotexnika, sun’iy intellekt, kompyuter, internet lazer, lazerlar biotexnologiyasi, mikrodinamika va boshqalar hozirgi zamonda keng tarqalmoqda.
Ammo, insoniyat texnologiyasi ochiq, chiqindili texnologiya bo‘lib qolmoqda. Har yili 100 mlrd. tonna xom oshyo qazib olinib, undan atiga 1 mlrd. tonna tayyor mahsulot ishlab chiqiladi, qolgani atmosfera, gidrosfera, geosferaga tashlanadi1. Biosferada yopiq texnologiya mavjud, o‘simliklar chirib gaz, neft, ko‘mirga aylanadi yoki hayvonlarga yem bo‘ladi, hayvonlar o‘lib kimiyoviy moddalarga ajralib ketadi, ular yerni o‘g‘itlaydi va hokazo.
Odamlar ham yopiq texnologiyani ishlab chiqmoqda (masalan oqovo suvlarni qayta ichimlik suviga aylantirish), ammo u sohada qimmat turadi, hozirda bunday texnologiya 2,8 foizni tashkil qiladi xolos.
Moddiy borliqning muhim qismi moddiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar narsalar atrofida yuz beradi, predmetsiz munosabat aqlga sig‘maydigan hodisa. Moddiy munosabatlar amalda manfaatlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ular mushtarak kechmaydi, balki ziddiyatli yuz beradi (nizolar manbai- konfliktologiya).
Moddiy munosabatlar amalda faoliyat va uning mahsulotlarini olishish tarzida yuz beradi. Moddiy munosabatlar obyektiv tarzda, ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘luvchi ijtimoiy borliqning bir qismidir. Kishilar qanchalik ongli moddiy munosabatlarga kirishmasinlar uning natijasi obyektiv voqelik tarzda tashkil topadi.



Download 36.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling