Mavzu: Jamoada hamshiralik ishini tashkil etishda hamshiraning o`rni. Reja


Download 23.21 Kb.
bet2/5
Sana19.06.2023
Hajmi23.21 Kb.
#1615133
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jamoada hamshiralik ishini tashkil etishda hamshiraning o

Mavzu bayoni.
1. Jamoat tashkilotlarining faoliyati nima degani.
1) Maqsad va vazifalar
Jamoat tashkiloti asosiy maqsad vazifalari quyidagilardan iborat:
• maxalliy hamjamiyatning ijtimoiy, ruhiy va boshqa ehtiyojlarini jamoat tashkilotlari a'zolari yordamida qondirish;
• jamoat tashkilotlari a'zolarini mahalliy hamjamiyat faoliyatini boshqarishga jalb qilish;
Jamoat tashkilotlarining vazifalari
• maxalliy hamjamiyat a'zolariga jamoat tashkilotlari yordamida o'zaro ko'mak ko'rsatish;
• ijtimoiy moslashuvchanlik bo'yicha faolligini axolining oshirish;
• maxalliy resurslarga kirishni ta'minlash;
• atrof muhitni yaxshilash;
• ijtimoiy tizimni yaxshilash (hayot darajasini ta'minlash)
2) Turlari
• Mahalliy xamjamiyat sog’ligini saqlash va mustahkamlash sohasida targ’ibot
• Keyinchalik hayot sifatini yaxshilagan holda sog’lom turmush tarzini shakllantirishga o'rgatish.
• Mahalliy hamjamiyatga sanitar ta'limni amalga oshirishda tibbiy tashkilotlariga ko'mak berish (vositachilik).
3) Xususiyatlar
Jamoatchilik tashkiloti – jismoniy shaxslar tomonidan manfaatlarning umumiyligi asosida jamoat tashkiloti va mahalliy hamjamiyat a'zolarining ruhiy, ijtimoiy va boshqa ehtiyojlarini qondirish maqsadida tuzilgan mahalliy o'zini o'zi boshqarish tizimiga kiradigan ko'ngilli o'zini o'zi boshqarish tashkilotidir.
Jamoat tashkilotlarining uyushmalari – jamoat tashkilotlari tomonidan o'z faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy manfaatlarni himoya qilish va ifodalash, qo'shma loyihalarni amalga oshirish va boshqa vazifa va muammolarni hal qilish maqsadida uyushma (birlashma) shaklida tuzilaligan ko'ngilli uyushmalardir.
2. Jamoat tashkilotlari bilan birga ishlash uslublari
1) Maxalla qo'mitasi va otaliq tashkilotlari bilan aloqa.
Sog’liq va o'qitishni tushunish va talqin qilish farq qilsada, xar bir hamshira mahalla va ota-onalar qo'mitalari bilan birga ishlashning sohasini, miqdorini va chegaralarini tushunishi, va keyinchalik ushbu hamkorlik uning professional amaliyotida nimani anglatishini aniqlashi zarur. Davlat siyosatining bunday yondoshuvi jamoat tashkilotlari va tibbiyot muassasalari o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishiga, jamoat axolisi salomatligini saqlash sohasidagi urinishlarning birlashtirilishiga ko'mak berdi. Hamkorlik jamoatchilik axolisi to'g’risidagi ma'lumotning boyitilishiga va faoliyatning yakuniy natijalarini yaxshilashga olib keldi, ya'ni jamoat tashkilotlari jamoatning madaniy qadriyatlarini, urf-odatlarini va turmush tarzini bilgan holda hamshiraga ma'lum yo'nalishlar berishi mumkin. Olingan ma'lumotni e'tiborga olgan holda va sog’liqni saqlash sohasidagi ilmiy yutuqlardan foydalanib, hamshira jamoaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash uchun majmuaviy tadbirlarni yanada samaraliroq olib bora oladi.
2) Jamoatchilik tashkilotlari bilan aloqa.
Oilaviy poliklinika xodimlari bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi tashkilotlardan biri bu SABES (ijtimoiy ta'minot xizmati). Hamshira oilaviy polikinikaga biriktirilgan uchastka xududida patronajni o'tkazgan holda davlat tomonidan yordamga muxtoj shaxslarga, ya'ni yolg’iz, ko'p farzandli oilalar, nogironlar, nafaqaxo'rlar va dispanser xisobida turgan shaxslarning nisbiy miqdorini belgilaydi. Quyi ijtimoiy tabaqaga mansub kishilar guruhi uchun zarur buyumlar va dori-darmonlar ro'yhati tuziladi, bunga quyidagilar kiradi: dori vositalari, nogironlik aravachalari, qo'ltiq tayoqlari, eshitish moslamalari va h.k.
3) Tor doira mutaxassislari
Uyda hamshiralik parvarishiga hamshiradan bemor bilan ishlaydigan boshqa tibbiy xodimlar “o'zaro aloqalar” ni o'rnatishni va olib borishni talab qiladi. Sog’liqni saqlashda hamkorlik bemorni davolash va parvarish qilishga jalb qilingan barcha professionallar ishtirokida parvarish rejasiga doir qo'shma qarorlarni qabul qilishni anglatadi. Muassasalararo hamkorlik patronaj hamshirasining vazifasi va funktsional vazifalariga kiradi va parvarishni rejalashtirishda, kasalxonadan chiqarilishda va bemorning keyingi xarakatlarida eng muhim ahamiyatga ega. Bemor parvarish ini tashkil etishni yaxshilash uchun hamshira tayinlashlarni olish va parvarish rejasini tuzish uchun davolovchi shifokor bilan ishlashi kerak. Hamshira boshqa mutaxassislar tomonidan bajariladigan parvarish sifatini muntazam baholashi va nazorat qilishi zarur. Quyidagi professionallar parvarishni rejalashtirish jarayoniga jalb etilishlari mumkin: fizioterapevtlar, logopedlar, ijtimoiy xodimlar, dietolog va boshqalar.

  1. Hamshiraning jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikdagi ishi.

1) Hamshiraning jamoatchilik tashkilotlari bilan birga ishdagi roli.


Axolining turli guruxlari salomatligini mustahkamlash va ta'minlashga hech qanday umumlashtirilgan yoki yagona yondoshuv mavjud emas. Odatda hamshira va jamoa a'zolari o'rtasida ishonch bor joyda axoli hamshiraning holatini tushunadi va xurmat qiladi, va agar asoslab berishdan naf bo'lsa, salomatlikni mustahkamlashda, axoli xatto ko'mak ham ko'rsatadi.
• Axolini o'z rolingiz to'g’risida xabardor qiling, va shuning ta'kidlab o'tingki, siz axoli uchun va ular bilan birgalikda ishlaysiz.
• O'z tumaningizdagi boshqa sog’liqni saqlash xodimlari bilan aloqani amalga oshiring, ular bilan uchrashuvga vaqt toping-ularning ba'zilari siz bilan hamkorlikdan manfaatdor bo'lilshi mumkin.
• Faol ishlang, jamoa doirasida, va imkoni bo'lgan joylarda esa qo'shni jamoalar va ikkinchi yordam xizmatlari bilan ham o'z aloqa tarmoqlaringizni rivojlantiring va olib boring.
• Axoliga yordam ko'rsatish jarayonida ishtirok etishda ko'mak bering va o'z ehtiyoj va nuqtai nazarlaringizni ifodalang. Ularning o'rniga gapirmang,
• agar ularning o'zlari sizdan ularning nomidan shunday qilishni so'rashmasalar.
• Rasmiy va formal tavsiyalar yoki ma'lumotlar buning uchun turli uslublardan foydalangan holda jamoa doirasida axolining turli guruhlari uchun ochiq va barchaga havola bo'lishini ta'minlang. Ayniqsa, ehtimol uni mahalliy sharoitlarga muvofiq ravishda tuzatishga to'g’ri kelishi mumkin.
• Esingizda bo'lsin, MPSP ning maqsadi faqatgina axolini umumlashtirishdan iborat emas. Axolining barcha guruhlari, bu tenglikka olib kelsada, ma'lum tashkilotga egalar, lekin bunday ijtimoiy baholash natijasida axolida u yoki bu guruhga chuqur mansublik hissi rivojlanishi mumkin bo'lib, balki ularning ba'zilari shu guruhdan ajralishni hoxlashmas.
• Jamoada sodir bo'layotgan o'zgarishlarga munosabat bildiring va agar bu zarur bo'lsa, o'z rejalaringizni o'zgartirishga tayyor turing.
• Jamoa doirasida qilinadigan ishlar – buni ma'lumotni bir shaxsdan boshqasiga o'tkazgan holda og’zaki tarzda yoki muntazam ma'lum joyda sodir bo'ladigan jamoatchilik uchrashuvlarini o'tkazish joylarida yopishtiriladigan afisha va e'lonlar yordamida amalga oshirish mumkin. Agar resurslar imkon bersa, ma'lumot byulliteni samarali vosita bo'lishi mumkin – imkoni bo'lganda uning yaratilishida sog’liqni saqlashning boshqa xodimlarini hamkorlikka jalb qilish, shuningdek ularning tajribasidan foydalanish.
2) Tuman tashkilotlari bilan birga ishlashning asosiy aspektlari.

Qo'shma ishning asosiy aspektlari axolining ishtirokiga, ijtimoiy tashkilotning u yoki bu shakli doirasida yashovchi axolining faol jalb etilishiga ko'mak berishga, rejalashtirishda ishtirok etishga, mahalliy, umummilliy va boshqa resurslardan va imkoniyatlardan foydalangan xolda birinchi tibbiy-sanitariya yordami masalalarida ishlashini va nazoratini ta'minlashga qaratilgan.


(1) insonga yaxlit holda qarash – uning jismoniy, psixik, ijtimoiy, emotsional va ruhiy aspektlar
(2) bu butun hayot davomidagi tug’ilgandan boshlab to vafot etguncha, kishilarga hayotning barcha bosqichlaridagi o'zgarishlarga moslashishga yordam beruvchi jarayon.
(3) mutlaq sog’liqdan tortib to surunkali kasallik va nogironlikka qadar sog’liqning barcha holatidagi kishilarga yo'naltirilgan bo'lib, xar bir kishining sog’lom hayot kechirish imkoniyatini oshirishni o'ziga maqsad qilib olgan.
(4) aloxida shaxsga, oilaga, guruxga va butun bir jamoaga yo'naltirish
(5) kishilarga o'ziga o'zi yordam berish ko'nikmalarini o'zlashtirishda va barcha uchun ma'qul sharoitlarni tashkil qilishga yordam beradi; odamlarga sog’lom tanlov qilishlarida oson bo'lishiga ko'mak beradi. (6) keng ko'lamdagi uslublarni qo'llagan holda formal va noformal o'qitishni qo'shish.
(7) O'z oldiga bir qator maqsadlarni qo'yish, shu jumladan ma'lumot taqdim etish, munosabatlarni o'zgartirish, xulq va ijtimoiy o'zgarish.
1. Sanitar ta'lim nima degani.
1) Sanitar ta'lim tushunchasi
Sanitar ta'limni o'tkazish nafaqat bilim va ko'nikmalarni berishdan, balki yaxshi salomatlikni maqsad qilgan holda xulq va harakatlarning yaxshilashishidan iborat. Boshqacha qilib aytganda, bu axolining kasalliklarning oldini olish va sog’liqni saqlash va yaxshilash bo'yicha mustaqil nazorati jarayonidir. Ushbu terminni ta'riflashga doir sanitar ta'limni to'ldirib turuvchi sog’lom jamoatchilik siyosatini, ijtimoiy sharoitlarning va atrof muhitning yaxshilanishini tushunish bilan sharoitlanadigan ko'p muxokamalar mavjud.
Sog’liqni tushunish va talqin qilish va ta'lim farq qilishi mumkin bo'lsada, qar bir hamshira sanitar ta'lim sohasini, tizimini va chegaralarini tushunishi va “sanitar ta'lim” uning professional amaliyoti jihatdan nimani anglatishini bilishi zarur.
2) Sanitar ta'limning maqsadlari va ahamiyati.
(1) Yaponiya Vrachlar Assotsiatsiyasining nuqtai nazari.
“Sanitar ta'lim inson hayotiga bo'lgan hurmatga asoslanadi, va odamlar tomonidan asosiy qadr-qimmat bo'lgan salomatlikning ahamiyatini tushunishga, sog’lom turmush tarziga doir rag’bat va qobiliyatlarni oshirishga, individdumlar, oilalar va jamoaning kishilar guruhlari o'rtasidagi o'zaro aloqalarni tartibga solgan xolda xar taraflama sog’lom turmush tarzini olib borishga yetarlicha e'tibor qaratilishiga yo'naltirilgan”.
Ushbu ta'rifdan kelib chiqqan xolda, sanitar ta'limning maqsadlari quyidagilardan iborat:
(1) Sog’liqning ahamiyatini (asosiy qadriyat sifatida) tushunish.
(2) Sog’lom turmushga doir rag’batlarni oshirish
(3) Sog’lom turmushga doir qobiliyatlarni oshirish
(4) Sog’lom turmush tarzini olib borish (individuumlar, oilalar, hamjamiyatlar majburiyatlari o'rtasidagi o'zaro aloqa)
(2) BSST ning nuqtai nazari.
Sanitar ta'lim tushunchasi turli ma'nolarni o'z ichiga oladi. Ularni 2 ta katta toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifa keng mazmunga ega, individuum, oila va hamjamiyatning nafaqat salomatlikka doir xulqi va harakatlarga ta'sir ko'rsatuvchi tajribalarini, balki ushbu ta'sirni ta'minlovchi urinishlar va jarayonni o'z ichiga oladi. Boshqa tarafdan, birinchi toifa bilan solishtirilsa, ikkinchi toifa sanitar ta'lim yuqoridagi aspektlarni yuzaki o'z ichiga oluvchi tor mazmunga ega: faqat maqsadga yo'naltirilgan rejalashtirilgan jarayonni yoritgan holda tajriba, urinishlar va jarayon.

Download 23.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling