Mavzu: Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi


O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari iqtisodiy va madaniy aloqalari


Download 57.78 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi57.78 Kb.
#1408271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi

O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari iqtisodiy va madaniy aloqalari
O‘rta Osiyo qadimgi xalqlari iqtisodiy va madaniy aloqalarini Oltindepadan ochilgan san’at yodgorliklarida aniq kuzatish mumkin. Mesopotamiya an’analari bilan aloqalar, dastavval, me’morchilikda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qurilish uslublaridan tashqari, terrakota haykallari ishlanish uslublari (buqaning oltin boshi) jihatidan ham o‘xshashliklarni kuzatishimiz mumkin. Bu o‘rinda, Oltindepaning Hind madaniyati bilan aloqalari, ko‘p hollarda aniqroq ko‘rinadi. Xususan, Oltindepada fil suyagidan ishlangan buyumlar ko‘plab uchraydi. Bu buyumlarning turli qatlamlardan topilishi ular o‘rtasida uzoq vaqt doimiy aloqalar bo‘lganligidan dalolat beradi. Undan tashqari ayrim sopol va metall buyumlarda ham aynan Xarappa madaniyati ta’sirini kuzatish mumkin.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Oltindepa tabaqalarga qarab hududiy bo‘linishi, o‘ziga xos ichki tuzilishi nuqtai nazaridan - ilk shahar tuzilmasi, atrof qishloq xo‘jalik hududi markazi, hunarmandchilik markazi, Shuningdek, mafkuraviy vazifasi nuqtai nazaridan esa shahar markazi sifatida izohlanadi. Tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bronza davriga oid Oltindepa-o‘troq dehqonchilik jamiyati negizida shakllangan shahar uyushmasi evolyusiyasini o‘zida aks ettiradi. Bu jamiyatning qo‘lga kiritgan madaniy yutuqlari ham yuqori darajada bo‘lib, turli-tuman buyumlardan tashqari ayniqsa, mahobatli me’morchilik (rejali uylar, ibodatxonalar va boshq.) ushbu jarayonlardan dalolat beradi.
Janubiy Turkmaniston bronza davri urbanistik tuzilmasi qadimgi Sharqning ilg‘or markazlarida shakllangan mahalliy ilk dehqonchilik tizimlari asosida paydo bo‘lib rivojlanadi. Shu bilan birgalikda O‘rta Sharqning bronza davri ayrim yodgorliklaridagi topilmalarda Janubiy Turkmanistonga xos madaniy jihatlar mavjudligini kuzatish mumkin. Misol uchun, Seyistondagi yirik markaz Shahri So‘xta ko‘hna shahri pastki qatlamlaridan topilgan naqshli sopollar, Shimoliy Balujistonning, Kvett yodgorligidagi muhrlar va terrakotalar, kam bo‘lsa-da janubiy Afg‘onistondagi Mundigak va Saidqal’a yodgorliklari topilmalarida ham Janubiy Turkmaniston madaniyati ta’siri aniqlangan. Demak, Janubiy Turkmaniston bronza davri madaniyati chetdan bo‘lgan tashqi ta’sirni qabul qilibgina qolmay, chetdagi boshqa madaniyatlar rivojiga ham sezalarli ta’sir o‘tkazgan, degan xulosalar ilmiy jihatdan asoslidir. Eng muhimi, ushbu hududlardan olingan ma’lumotlar ilk dehqonchilikdan murakkab jamiyatga o‘tish davri rivojlanish jarayonlari hamda urbanistik taraqqiyot haqidagi tasavvurlarimizni ancha boyitadi.
Axamoniylar davriga oid qishloq va ko‘hna shaharlar me’morchiligi Janubiy Turkmanistonda nisbatan ko‘proq o‘rganilgan. Bu hududlardagi eng yirik ko‘hna shahar Marvdagi Govurqal’a hisoblanadi. Govurqala o‘lchamlarining yig‘indisi 7,5 km.ga teng. Ahamoniylar davri Marvning markazi Govurqal’a Shimoliy tomonining markazida joylashgan Erkqal’a istehkomi bo‘lgan. Mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida ushbu istehkom baland loy devor bilan o‘rab olinadi. Erkqal’aning markazida yirik me’moriy inshootlar-hukmdor saroyi va diniy majmua qad ko‘taradi. Istehkom xom g‘ishtdan bunyod etilgan mustahkam poydevor ustiga qurilib, yagona darvozasi shahar tomonga qaratilgan.
Marv vohasining qadimgi markazida ahamoniylar davriga oid Yoztepa manzilgohi ochib o‘rganilgan. Yoztepa birmuncha ilgariroq davrda paydo bo‘lgan bo‘lib, mil. avv. I ming yillik o‘rtalarida o‘zining avvalgi harbiy-ma’muriy ahamiyatini yo‘qota boshlaydi. Ammo, Yoztepa manzilgohi butunlay yo‘qolib ketmaydi va qazishmalar natijasida bu erdan to‘g‘ri burchakli g‘ishtlardan qad ko‘targan devorlar, inshootlar qoldiqlari aniqlangan.
Kopetdog‘ning tog‘ oldi hududlaridan mil. avv. VI-IV asrlarga oid yirik ko‘hna shahar Elkendepe xarobalari ochib o‘rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Elkendepe Shimoliy Parfiyaning harbiy-ma’muriy markazi bo‘lib, bu erga ahamoniy podsholari kelib turgan. Ko‘hna shahar noto‘g‘ri- notekis shaklda bunyod etilgan bo‘lib uzunligi 500 metr, eni 300 metrga yaqin. Shahar o‘rnidagi dastlabki manzilgoh to‘g‘ri burchakli yirik g‘ishtlardan qad ko‘targan mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Markazda istehkom qad ko‘targan.
Biz O‘rta Osiyo hududlarida Makedoniyalik Iskandar uchta: Oks Iskandariyasi, Iskandariya Eskata (Chekkadagi Iskandariya) va Marg‘iyonadagi Iskandariya shaharlariga asos solganligi haqida ma’lum ma’lumotlarga egamiz. Bu ma’lumotlarni qisqacha tahlil etamiz.
Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra Oks (Amudaryo) bo‘yidagi Iskandariya turli sharoitlarni hisobga olib bunyod etilgan. Ushbu ko‘hna shahar Sharqiy Baqtriyaning muhim markazlaridan biri bo‘lishi lozim edi. Shahar bir tomondan, bu hududlardagi grek-makedon hokimiyatining tayanch nuqtasi bo‘lib, serhosil Baqtriya tekisligini Badaxshondagi tog‘liklardan (Sharqiy yo‘nalishda) himoya qilsa, ikkinchidan, tog‘li vohalar orqali shimoli-Sharqdan keluvchi ko‘chmanchilardan himoya qilgan. Undan tashqari, Oksdagi Iskandariya foydali qazilmalarga nihoyatda boy bo‘lgan (temir, mis, oltin, lojuvard va b.) Badaxshonga ketuvchi yo‘lni ham nazorat qilib turgan.


Download 57.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling