Mavzu: Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi
Download 57.78 Kb.
|
Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi
Marg‘iyona. Marg‘iyona O‘rta Osiyoning antik davri yirik tarixiy madaniy o‘lkalaridan biri bo‘lib, Marg‘iyona Turkmaniston Respublikasining Murg‘ob vohasi hududida joylashgan.
Ma’lumki, mil av. 521 yil Frada boshchiligidagi qo‘zg‘alon Doro I buyrug‘i bilan Baqtriya podshosi Dadarshish tomonidan bostirilgandan bostirilgandan so‘ng Marg‘iyona o‘lkasi Baqtriya satrapligi tarkibiga kiritilib, mil.av. II o‘rtalarida o‘lka Parfiya davlati tomonidan bosib olingunga qadar Yunon-Baqtriyasi podsholigi tarkibida bo‘lgan. Keyinchalik esa II asrning birinchi choragida Parfiya davlati vorisi sifatida vujudga kelgan sosoniylar davlatining tarkibida rivojlanadi. O‘lkaning Aleksandr Makedonskiy bosqinidan keyingi tarixiga oid qisqacha ma’lumotlar yunon-rum mualliflarinig asarlari va keyichalik xitoy manbalarida uchraydi. Marg‘iyonaning antik davri moddiy madaniyati XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridagi arxeologiyaga havasmand olimlarning diqqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. O‘lka arxeologiyasini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari ikkinchi jahon urushidan keyin Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsichsi (YuTAKE) tashkil etilgandan so‘ng boshlanadi. O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) “O‘rta Osiyo arxeologiya” kafedrasi ilmiy jamoasi 30 yildan ortiq davr mobaynida vohaning antik davri markazi bo‘lgan Gyaurqal’a va Erkqal’a yodgorliklarida keng ko‘lamdagi arxeologik qazishmalarni olib boradilar. Mazkur tadqiqot ishlarida kafedra arxeolog olimlaridan M.Ye.Masson Z.I.Usmanova, M.I. Filanovich va boshqalarning xizmatlari katta. Mahalliy arxeologlardan D.Durdiev va antikshunos arxeolog olim G.A. Kosholenkolar ham vohadagi boshqa bir arxeologik yodgorliklarni o‘rganishga o‘z hissalarini qo‘shishgan. O‘lkada saqlanib qolgan antik yodgorliklar arxeologik belgilariga ko‘ra qadimgi shaharlar va qadimgi dehqon jamoalarining qishloqlarini tashkil etadi. Vohaning antik dariga oid manzilgohlaridan Gyaurqal’a, Erkqal’a, Ko‘hna Kishman, Jintepa, Takirjatepa, Durnali va Devqal’a kabi yodgorliklar arxeologik jihatdan yaxshi o‘rganilgan. Marg‘iyoni madaniyati o‘ziga xos taraqqiyot yo‘nalishiga ega bo‘lganining guvohi bo‘lish mumkin. Zardushtiylik asosiy diniy e’tiqod sifatida mavqei yuqori bo‘lgan. Mahalliy mabudalar kultiga sig‘inish odatlari ham saqlanib qolgan. Moddiy madaniyatda terrakotik haykalchalar namunalaridan muhim ahamiyat kasb etadigan san’atlar Sapol idishlari tez aylantiradigan charxda ishlangan. Yodgorliklardan temirdan ishlangan ro‘zg‘or anjomlari, mehnat qurollari va qurol yarog‘lar yasalgan. Shuningdek, zeb-ziynat buyumlari, ayol va ma’buda tasvirlari berilgan terrakotik haykalchalar qadimgi marg‘iyonaliklarning boy moddiy madaniyatidan dalolat beradi. Qadimgi marg‘iyonaliklarning asosiy mashg‘uloti sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan. Qadimgi yunon va xitoy yozma manbalarida bug‘doy, guruch, uzum ekishganliklari to‘g‘risida xabar beradi. Arxeologik jihatan esa poliz mahsulotlari etishtirganliklari to‘g‘risida ashyoviy manbalar aniqlangan. Shaharga asos solinishi uchun ikkita daryoning qo‘shilish (Amudaryo va Ko‘kcha) joyi bo‘lgan qulay joy tanlangan. Bu joyda baland tabiiy tepalikning borligi ham muhim bo‘lib, uning ustiga shahar akropolini qurish imkoniyati bor edi. Shuningdek, shaharni qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan ta’minlab turuvchi juda katta serhosil tekislik (10.000 gektarga yaqin)ka tutashib ketganligi ham iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlar edi. Ko‘hna shahar tekislikda ham, daryo bo‘ylab ham mustahkam devor bilan o‘rab olingan. Akropol (yuqori shaharda)da turar-joylar yo‘q. Bu erda aftidan o‘lchamlari jihatdan uncha katta bo‘lmagan 2 ta qal’a, garnizon harbiylari uchun kichik va oddiy binolar va eroniylarga xos altar joylashgan. Barcha turar-joylar va jamoat inshootlari pastki shahar hududida joylashgan. Tadqiqotchilar shahar qiyofasini belgilab beruvchi quyidagi omillarni ajratadilar: shahar paydo bo‘lishining «mustamlakachilik» xususiyati, chunki shahar grek-makedonlar Baqtriyani bosib olishi natijasida paydo bo‘lgan edi; unda podsho qarorgohining mavjudligi; shaharning yirik viloyat markazi sifatidagi o‘rni. Umuman olganda, ko‘hna shahar tuzilishi va saroy me’morchiligi grek uslublarini elsatsada, aslida uning tuzilishida qadimgi Sharq an’analari ustunlik qiladi. Qadimgi Farg‘ona va Ustrushona chegaralarida, Sirdaryo bo‘yida, hozirgi Xo‘jand hududlarida mil. avv. VI-V asrlarda manzilgoh paydo bo‘ladi. Bu erdan himoya devorlari va shahar qurilishining qoldiqlari ochib o‘rganilgan. Tadqiqotchilarning fikricha, keyinchalik bu shahar Iskandar tomonidan bosib olinadi va uning o‘rniga CHekkadagi Iskandariya bunyod etiladi. Ko‘hna shaharning qal’asi paxsadan qad ko‘targan alohida devor bilan o‘rab olingan. Ko‘hna shahar antik davr an’analari asosida qad ko‘targan. Shaharning pastki qatlamlarida qurilish izlari yaxshi saqlanmagan. Mil. avv. IV-III asrlar qatlamlarida turar-joylar, xo‘jalik xonalari, harbiylar boshpanalari ochib o‘rganilgan. Bu shahar Iskandarning Sirdaryo bo‘ylaridagi tayanch nuqtasi bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, ahmoniylar davridayoq «Marg‘iyona shahri» mavjud edi. Bu davrda Marv vohasidagi Erkqal’a maydoni 1800x500 metr bo‘lgan shahar tipidagi manzilgoh bo‘lgan. Govurqal’a hududlari ham aynan mana shu davrda o‘zlashtiriladi. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bu manzilgoh o‘sha davrdayoq shahar xususiyatiga ega bo‘lib, butun vohaning markazi edi. Davr oxirlariga kelib ko‘hna shahardagi hayotning faolligi kuchayadi. Govurqal’a ko‘hna shahri hududining shimoli-Sharqiy va markaziy qismlaridagi madaniy qatlamlar jadallik bilan to‘lib boradi. Tadqiqotchilarning fikricha, aynan mana shu aholi punkti makedoniyalik Iskandar yurishlari davrida grek-makedon qo‘shinlari tomonidan egallanadi. Kursiy Rufning Iskandar, «Ox va Oks daryosidan o‘tib Marg‘iyona shahriga keldi», degan xabari aynan mana shu aholi punktiga taaluqli deb hisoblanadi. Arxeologik ma’lumotlar natijalariga ko‘ra, ushbu shaharning bo‘ysundirilishi tinchlik xususiyatiga ega bo‘lib, urbanizatsiya jarayonlariga ta’sir etmagan. Aynan mana shu shahar qayta nomlanib Iskandariya nomini olgan. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Iskandar tomonidan asos solingan punktlar shaharlar yoki mustahkamlangan manzilgohlar bo‘lgan. Iskandar shahar manzilgohlarida aholini aralashtirish siyosatini izchil amalga oshirgan. Ular ayrim hollarda polis tuzilishiga ega bo‘lsada – shaharni giparx yakkaboshchilik asosida boshqargan. Uni podshoning o‘zi tayinlagan va amaldan tushirgan. Umuman olganda bu ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo urbanizatsiya jarayonining rivojlanishiga katta turtki berganligini e’tirof etgan holda, Iskandar yurishlariga qadar ham bu hududlarda yuksak shaharsozlik madaniyati mavjud bo‘lganligini ta’kidlash maqsadga muvofiqdir. Marg‘iyonaning poytaxti Marv shahrining ham ko‘pgina madaniy qatlamlari ham grek-baqtriya davriga oiddir. Iskandar Marv mudofaasini bir-biriga yaqin masofada joylashgan oltita chegara qal’alari bilan mustahkamlangan. Ayrim tadqiqotchilar, tepaliklarda joylashgan bu qal’alar Iskandar davrida qurilmagan, balki mustahkamlangan bo‘lsa kerak, degan fikrni bildiradilar. Marvning mudofaa qudrati Selevka I va Antiox I davrida mustahkamlanadi. Iskandarga o‘xshab, ular ham eski devorlarni mustahkamlaganlar, yangi mustahkam devorlar barpo etganlar va Marvni o‘z nomlari bilan nomlaganlar. Antiox I shaharni ham o‘z ichiga olgan butun Marv vohasini uzun devor bilan o‘ragan. Ahmoniylarning aynan qaysi - qal’asi – Erkqal’ami yoki Govurqal’ami, Iskandarning nomi bilan nomlangani aniqlanmagan. Nima bo‘lganda ham, Selevka I va Antiox I davrlarda Marv vohasi to‘liq devor bilan o‘ralganligi aniq. Bu devorning qoldiqlari hozirgacha qisman saqlangan. Ta’kidlash joizki, o‘z vaqtida S.A.Vyazigin ham bu erda juda katta mudofaa tizimi barpo etilganini ta’riflagan edi. Download 57.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling