Mavzu: Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi
Download 57.78 Kb.
|
Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- Kurs ishining tuzilishi
Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: O’rta Osiyo shaharlarida dastlabki shahristonning shahar atrofi hududlariga ko’chishi ahamiyatini o’rganish, o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish. Kurs ishining predmeti: O’rta Osiyo shaharlarida dastlabki ilmiy jamiyatlarning tashkil etilishining ilmiy o'rganilishidagi ahamiyatining maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli. Kurs ishining vazifalari: Janubiy Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi Janubiy Turkmanistonda ilk shaxarsozlik madaniyati va uning rivojlanishi. Antik davr Janubiy Turkmaniston shaxarlari Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 3 ta paragraph, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. I-bob Janubiy Turkmaniston Janubiy Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi: Janubiy Turkmanistonning bronza davri arxeologiyasi. Janubiy Turkmaniston bronza boshqa davrlar kabi 1904 yilda R.Pampelli va G.Shmidtlarning Anovtepa yodgorligida amalga oshirgan arxeologik qazishmalaridan ma'lum bo'lib, Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspedisiyasining tashkil etilishi arxeologik tadqiqot ishlari, xususan bronza davrini o'rganish ko'lami kengayadi. Turli yillarda rossiyalik olimlardan B.A.Kuftin, V.M.Masson, I.N.Xlopin, V.I.Sarianidi, A.F.Ganiyalin, turkmanistonlik arxeologiklardan D.D.Durdiyev, Е.Atagariyev O.K.Berdiyevlar tamonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar davomida bronza davriga oid qatlamlar qisman yoki toliq o'rganilgan. Mazkur tadqiqot ishlarida paleogeograf olima N.G.Lisitsina va peleozoolog N.M.Еrmolovalarning ham tadqiqotlarini ta'kidlab o'tish zarur. Janubi-garbiy Turkmanistonning ilk va rivojlangan bronza davri V.M.Massonning 80-yillarga qadar amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari asosida quyidagi (Anov 3) bosqichlar doirasida belgilangan: 1. Ilk bosqichi (Nomozgoh 4) - mil. av. 2750-2250 yillar 2. Rivojlangan bosqichi (Nomozgoh 5) - mil. av. 2250-1850 yillar Nomozgoh 4 bosqichi madaniy qatlamlari yodgorliklarda 4-9 metrni tashkil etadi. Bu bosqich sirtiga monoxrom geometrik naqshlar yoki hayvon (echki), qisman qushlar va quyosh belgilari tasviri berib, ishlangan sopol idishlar an'anasi urf bo'lgan. Bosqich oxirlarida kulolchilik charxidan foydalanish boshlanadi. Nomozgoh 5 bosqichi madaniy qatlamlari 2,5 metrni tashkil etadi. Sopol buyumlari kulolchilik charxida ishlanib, sirtiga qizgish-oq, sariq yoki qisman pushti rangdagi angob berib ishlangan sopol idishlar paydo bo'ladi. Bu bosqichda Nomozgoh 4 davri naqshli sopollari asta-sekin muomaladan chiqib boradi. Bu davr manzilgohlarining ikki shakli: 10 va undan ortiq ga. maydonni egallagan “markaz” manzilgohlar va 0,25-1 ga. maydondan iborat qishloqlardan iborat yodgorliklar ajralib turadi. Yirik maydonni egallagan manzilgohlar sirasiga Oltindepa, Nomozgohdepa, Dushakdagi Uluqdepa, Kaushutdagi Qoradepa va Tajang va Murgob daryolari oraligidagi Hapavuzdepa yodgorliklarini kiritish mumkin. Qishloq turidagi yodgorliklardan Ashgabad yaqinidagi Oqdepa, Shordepa, Anov yodgorligining janubiy tepaligi va boshqalar shu kabi yodgorliklari toliq yoki qisman bronza davri dehqon jamoalari hayotidan darak beradi. Markaziy manzilgohlardan Nomozgohdepa va Oltindepa kabi yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan. Nomozgohdepaning umumiy maydoni 70 ga. ni tashkil etadi. Yodgorlikda qazishma ishlari qisman olib borilgan. Ilk bosqichga oid madaniy qatlamining qalinligi 4-7 metrdan iborat. Qazishmalar davomida tor ko'chalar bilan ajratilgan ko'p xonali uylarning o'rni va kulolchilik xumdonlar ochilgan. Yirik manzilgohlardan biri hisoblanadigan Oltindepa yodgorligi nisbatan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikda V.M.Masson boshchiligidagi arxeologlar guruhi tomonidan qazishma ishlari olib borilgan. Yodgorlikning quyi qatlami moddiy ashyolari NMZ 1 bosqichiga oid bo'lib, manzilgoh eneolit davrining boshlarida shakllangan. Bir necha alohida tepaliklardan tashkil topgan manzilgohning umumiy maydoni 26 ga. dan iborat. Eneolit davrining oxirlariga kelib har tomonlama rivojlanish bosqichini boshlagan manzilgoh bronza davrida qadimgi sharq markazlariga xos taraqqiyot yo'lidan boradi. Manzilgoh tashqi tomonidan muhofaza devorlari barpo etilib, ichki tomondan alohida qismlardan iborat mahallalar tarkib topadi. Arxeologik qazish ishlari natijasida manzilgohning atrofini o'rab olgan qalin mudofaa devorining qoldiqlari o'rganilgan. Muhofaza devori faoliyati davomida uch marta qurilish ishlari amalga oshirilgan aniqlangan. Dastlab barpo etilgan devorning qalinligi 2 m., keyinchalik 4,8 m., rivojlangan bosqichida esa 6 m. dan iborat bo'lgan. Devor tashqi tomondan yarim aylana burjlar bilan kuchaytirilgan. Mazilgohning janubiy tomonida joylashgan asosiy darvozasi tomonlarida bino qilingan 6,2x3 m. o'lchamdagi minoralar tik tushirilgan me'moriy bezak- “plyastr” bilan boyitilgan. Eniga 15 m. keladigan darvoza arava va piyodalar uchun alohida yo'laklari ajralib turgan. Bu inshootlar manzilgohning rivojlanish cho'qqisiga chiqqan davrda barpo qilingan. Manzilgohga umumiy darvozadan boshlanadiga yo'l orqali kirilib, unga tutashgan yo'lakchalar mahallalarga ajratib turgan. Asosiy yo'laklar 4-5 m. unga tutashgan yo'lakchalar esa 1,5-2 m. dan iborat bo'lib, asosiy ko'chalarga sopol buyumlari siniqlari yotqizib chiqilgan. Manzilgohda aholining kasbiga va jamiyatdagi mavqeaga ko'ra alohida mahallalarga bo'lingan. Arxeologik jihatdan “hunarmandlar-(kulollar, misgarlar) “davlatmand shaharliklar”, “zodogonlar” va “diniy markaz”lardan tashkil topgan qismlarga bo'linadi. Arxeologik jihatdan ma'lumki, har birida aholining zichligi, uy-joy imoratlarining maydoni hamda ularda aniqlangan ashyoviy buyumlar miqdori va sifati jihatdan bir-biridan keskin farq qiladi. Hunarmandlar mahallasi bir xonadan tashkil topgan o'rtacha 27 kv.m. pastham uylardan iborat bo'lsa, davlatmand aholi qatlamlari uylari bir necha xonali hovlilardan iborat bo'lgan. Zodagon tabaqa vakillariga tegishli mahallada uylarninig umumiy maydoni 100 kv. m., hatto 180 kv. m. ni tashkil etgan. Oltindepaning sharqiy qismidagi tepalikda o'tgan asr 60-yillari oxiri 70-yillar boshlarida V.M.Masson rahbarligidagi arxeologlar guruhi amalga oshirgan qazish ishlarida o'ziga xos diniy imoratning xarobalarini ochib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan. Bu inshoot tashqi tomondan zinasimon shaklda barpo qilingan bo'lib, faoliyati davomida uch marotaba qayta qurilish ishlari olib borilgan. Natijada ustidagi minorasi baland va yirik ko'rinish olgan. Uning ikkinchi zinasi uch tabahali “plyastr”-me'moriy bezak shaklida barpo qilingan. Ibodatxona sajda majmuasi, xojalik va yashash uy-joy qismlaridan tashkil topgan. Sajda majmuasida kohinlar jamoasi saganasi o'rin olgan, undagi xonalarning biri bevosita sajda uchun mo'ljallangan. Undan topilgan “ko'tarma-uchoq” devoriga tutashtirib qurilgan “olov-mehrobi”ning joylashishi muhim hodisa hisoblanadi. Ibodatxona majmuasidan buqaning oltindan yasalgan haykalchasi topilgan. Uni ishlashda kumush (shohi), lazurit (ko'zi) lardan ham foydalanilgan. Bu erda ham yulduz belgilari uchraydi. Mesopotamiyadagi Ur davri zikkuratlarini eslatadi. Old Osiyoning turli hududlaridagi ibodatxonalardan aniqlangan buqa shaklidagi haykalchalar tadqiqotchi olimlarni oy hudosiga bagishlangan ibodatxona, sifatida e'tirof etishlariga sabab bo'lgan. Ma'lumki, sxumerliklar mifologiyasiga ko'ra buqa guyoki oydan tushib, uning sharafiga ibodatxonalar barpo etilgan. Bu yodgorlikning bir qismida 2 ga. maydondagi hududda kulollar mahallasi joylashgan. Bu erdan 60 dan ortiq kulolchilik xumdonlarning qoldiqlari ochib o'rganilgan. Ular odatda ochoq va xumxona qismlaridan iborat ikki tabaqali yoki qavatdan iborat qurilmani tashkil etgan. Uy-joylari yuqorida qayd etilganligi kabi aholining jamiyatda tutgan mavqeiga ko'ra bir va ko'p xonali uylardan tashkil topgan. Murdalar uylar atrofida marxumlarning mavqeiga ko'ra kuzatuv buyumlari buyumlari bilan qo'shib ko'milgan. Kulolchilikka nisbatan metalchilik taraqqiyoti ancha orqada edi. Ammo, turli xil buyumlar yasashga ixtisoslashgan mis quyish ustaxonalari mavjud bo'lgan. Chaqmoqtoshga ishlov berishning ba'zi bir ko'rinishlari saqlanib qoladi. Toshdan dehqonchilik uchun kerakli bo'lgan mehnat qurollari, taqinchoqlar tayyorlanadi. Toqimachilik keng rivojlangan bo'lgan. Bu davrda bronza, keyinchalik kumush va oltinlar asosida zargarlik san'ati shakllanib, bronza davrining oxirida etilgan hunarmandchilik turiga aylanadi. Zargar ustalar turli taqinchoq, ilohiy buyumlar tayyorlashgan. qisman bronza, mis va koproq toshdan ishlangan muhrlar jamoa yoki umumoilaviy mulkning shakllanishi bilan bogliq hodisadir. Muhrlardagi tasvirlarning shakli va uslubi Messopotamiya muhrlariga oxshash. Dastlab muhlarda aniq hayvonlar yoki fantastik mavjudotlarning tasviri kam uchragan bo'lsa, keyinchalik ko'payib ularning ramzlari murakkablashadi va guruh tasvirlar ko'payib boradi. Oltindepa yodgrligining bu davrga oid madaniy qatlamlaridan qadimgi sharq markazlarida (Shumer, Elam, Hindiston) uchraydigan dastlabki yozuvlariga o’xshash belgilar ko'plab uchraydi. Lekin, bunday belgilar hozirda alohida tadqiq etilmagan. Terrakotik haykalchalarning sirtiga chizilgan belgilarni tadqiqotchi olimlar hafta, oy va yillarni ifodalovchi taqvim sifatida foydanilgan, deb hisoblashadi. Bronza davri haykalchalari uchun yangi shakldagi ayol ma'budalari obrazining paydo bo'lishi xos. Beldan pastki qismi alohida ishlangan, bosh qismini ishlash asosiy e'tiborni qaratishgan. Erkaklarning haykalchalari esa kam uchraydi. Rivojlangan bronza davrida bir necha shakldagi ayol haykalchalari paydo bo'ladi, bu esa janubiy Turkmaniston aholisi yagona hudoga emas, aksincha bir necha ayol ma'budalariga e'tigod qilganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda ham erkaklarning haykalchalari ayollarnikiga nisbatan juda kam uchraydi. Janubiy Turkmanistoning yirik hajmdagi manzilgohlari qadimgi dehqon jamoasining bronza davri markazi sifatidagi ilk shahar shaklidagi manzilgoh hisoblanadi. Bu manzilgohda tabaqalanish jarayoni barcha sohalarda namoyon bo'lishi, goyaviy markaz hisoblangan ibodatxonaning mavjudligi, hususiy mulkdan darak beruvchi muhrlarning paydo bo'lishi, ixtisoslashgan ishlab chiqarishning rivojlanishi, yozuv va boshqa belgilariga ko'ra ilk shahar shaklidagi manzilgohlar sirasiga kiradi. U ma'lum bir vohaning nafaqat ma'muriy, balki sovdo-ishlab chiqarish va madaniy markazlar ham hisoblangan. Bu erda fil suyagi va lazurit toshidan ishlangan turli buyumlar uzoq o'lkalar bilan savdo aloqalari olib borilganligidan dalolat beradi. NMZ 5 bosqichining oxirlariga kelib, Kopetdagning shimoliy hududidagi ilk shahar shaklidagi yirik aholi manzilgohlari inqirozga uchraydi. Altindepa, Nomozgohdepa va boshqa shu kabi yirik markazlar inqirozga uchrab, tashlandiq holga kelib qoladi. Oltindepaning bir qismida hayot davom etadi. Bu holatni tadqiqotchi mutahassis olimlar bronza davrida vohada qurgoqchil iqlim sharoitining qaror top bilan tavsiflanadi. B.Ya.Kircho Oltindepa yodgorligining yuqori madaniy qatlamlarida qoramol suyaklarining uchramasligi-ni, aksincha kichik tuyoqli hayvonlar suyaklarining ko'p uchrashini aytib o'tgan. Ikkinchi tomondan esa qadimgi dehqon jamoasi tomonidan bir necha asrlar davomida ekin maydonlaridan muntazam foydalanishi, ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga olib kelgan. Natijada aholining tarqab ketishiga sabab bo'lgan. O‘rta Osiyoda dastlabki metallning paydo bo‘lishi Janubiy Turkmaniston hududlari bilan bog‘liqdir. Bu hududlarda mil.avv. IV–II ming yilliklarga oid arxeologik yodgorliklar ko‘p bo‘lib, ushbu arxeologik yodgorliklarning xronologiyasi butun O‘rta Osiyo neolit-eneolit-bronza davri majmualarini tadqiq etish va ulardagi topilmalarni sanalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Janubiy Turkmaniston arxeologik topilmalarining stratigrafik ustuni (kolonka) R.Pampellining Anovda qazishmalar o‘tkazgan ekspeditsiyasi paytida tuzib chiqilgan edi. Bu jarayonda birin-ketin bir- birini almashtiruvchi to‘rtta – Anov I–IV majmualari ajratilgan edi. Ushbu davrlashtirish tadqiqotchilar tomonidan ko‘plab munozaralarga sabab bo‘lishiga qaramay o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar undan foydalanib kelindi. 1949-50 yillarda B.A.Litvinskiyning Namozgohtepadagi qazishmalari tufayli ushbu yodgorliklar ko‘lami yanada kengaydi. 1952 yilda B.A. Kuftin Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlaridagi yodgorliklar xronologik tartibini tuzish uchun maxsus tadqiqot ishlari olib bordi. Asosiy stratigrafik ishlar shu hududlardagi yirik, madaniy qatlami 34 metr bo‘lgan Nomozgohtepada olib borildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida tadqiqotchi ketma-ket keluvchi oltita majmuani-Nomozgoh I–VI ni aniqladi. Uning fikricha, Anov I va Nomozgoh I ilk eneolit, Nomozgoh II o‘rta eneolit, Nomozgoh III so‘nggi eneolitga, Nomozgoh IV, V, VI esa ilk, rivojlangan va so‘nggi bronza davrlariga oiddir. 1956 yilda V.M.Masson ushbu majmualar topilmalarini qo‘shni Erondagi topilmalar bilan qiyosiy tahlil asosida quyidagi xronologiyani taklif etdi: Joytun va Anov I-mil.avv. V ming yillik, Nomozgoh I, II-mil.avv. IV ming yillik, Nomozgoh III-IV- mil. avv. III ming yillik, Nomozgoh V- mil.avv. II ming yillikning birinchi yarmi, Nomozgoh VI-mil avv. II ming yillikning ikkinchi yarmiga oiddir. Shuningdek, V.M.Massonning fikricha, Janubiy Turkmanistondagi ilk eneolit majmui Anov I ning paydo bo‘lishi Kopetdog‘ tog‘ oldi hududlaridan turli qabilalar guruhlarining kirib kelishi bilan bog‘lanadi. Tadqiqotlar tahlillaridan xulosa chiqarar ekanmiz, O‘rta Osiyo janubidagi kishilik jamiyatida bu davrdagi yangilik shundan iborat ediki, aholi turmush tarzida mis va xom g‘isht paydo bo‘lib manzilgohlar aniq rejaviy tuzilishga ega bo‘ladi, sopol idishlarning sifati yaxshilanib naqshlarida yangi uslublar shakllanadi hamda to‘qimachilik rivojlana boshlaydi. Bu davrda Kopetdog‘ tog‘ oldi tekisligining eng yirik manzilgohlari Nomozgohdepa (50 gektardan ziyod) va Oltindepa (25 gektar) edi. Tadqiqotchilarning taxminicha, asosiy xususiyatlariga ko‘ra ular so‘nggi eneolit davrida shakllanib bo‘lgan edi. Shuningdek, Ulug‘depa (20 gektar), Qoradepa (15 gaktar), Geoksyur (12 gektar) kabi yirik markazlar ham mavjud edi. Eneolit davrining oxirlariga kelib manzilgohlarning ba’zilarida hayot to‘xtaydiki, bu holat ekologik sabablar hamda alohida yirik markazlarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Mil. avv. II ming yillikka kelib Murg‘ob daryosi havzasi hamda Amudaryoning o‘rta oqimi hududlarida yuqori darajada rivojlangan o‘troq dehqonchilik madaniyatlari shakllanadi. Keyinchalik qadimgi Baqtriya va Marg‘iyona tarkibiga kirgan bu hududlardan hozirgi kunga qadar 200 dan ziyod bronza davri yodgorliklari topib o‘rganilgan. Ular orasida nisbatan yaxshi o‘rganilganlari Gonur, Dashli, Kelleli, Sopollitepa, Jarqo‘ton, To‘g‘oloq, Mullali kabilar bo‘lib, ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya va Marg‘iyona ushbu davr manzilgohlarini ikkita asosiy guruhga: istehkomli manzilgohlar va istehkomsiz manzilgohlar guruhlariga ajratadilar. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, O‘rta Osiyoda eng qadimgi o‘troq dehqonchilik madaniyati Janubiy Turkmaniston hududlarida paydo bo‘ladi. Ushbu hududlardagi ilk shaharsozlik madaniyati va uning asoslari masalalari bo‘yicha turli yillarda V.M. Masson, V.I. Sarianidi, G.F. Korobkova, L.B. Kircho, B.A. Litvinskiy, G.N. Lisitsina, I.S. Masimov, I.N. Xlopin, B. Udeumurodov kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanish ishlari olib bordilar. Ushbu uzoq yillik tadqiqotlar natijasida Turkmaniston hududlarida ilk dehqonchilik qishloqlarining shakllanishi va rivojlanishi, dastlabki shahar markazlarining paydo bo‘lib taraqqiy etishi, manzilgohlar va yirik markazlarning o‘zaro aloqalari masalalariga ko‘pgina aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Olingan ko‘p sonli ma’lumotlar O‘rta Osiyo, hech bo‘lmaganda uning janubiy viloyatlari Qadimgi Sharqning boshqa hududlarida bo‘lgani kabi ilk dehqonchilikdan dastlabki sivilizatsiyagacha bo‘lgan rivojlanishning an’anaviy jarayonlari bo‘lib o‘tgan mustaqil qadimgi madaniyat o‘chog‘i degan fikrlarni yana bir marta isbotlaydi. Download 57.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling