Mavzu: Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi


Download 57.78 Kb.
bet3/9
Sana30.04.2023
Hajmi57.78 Kb.
#1408271
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Janubiy Turkmaniston shaxarlari urbanizatsiyasi

Janubiy Turkmanistonda ilk shaxarsozlik madaniyati va uning rivojlanishi.
Millloddan avvalgi IV ming yillikning boshlari va o‘rtalariga kelib Janubiy Turkmanistonning Tajan daryosi havzasi va tog‘ oldi hududlarida joylashgan o‘troq jamoalar barqaror sug‘orma dehqonchilik taritibini shakllantiradilar. Bu holat ixtisoslashgan ishlab chiqarish, avvalo, metalga ishlov berishning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi. Bu davrga oid yodgorliklardan (Namozgoh II) misdan tayyorlangan mehnat qurollari kam topilg an bo‘lsada, tosh qurollarning deyarli uchramasligi ishlab chiqarishda metalga ishlov berishning ustunlik qila boshlaganidan dalolat beradi. Yirik markazlarga ega bo‘lgan manzilgohlar tartibining paydo bo‘lishi ijtimoiy hayotning ham murakkablashganligini ko‘rsatadi. O‘sha davrdagi jamiyat aniq madaniy rivojlanish bo‘sag‘asida bo‘lib, bu jarayon mil.avv. IV ming yillikning so‘nggi choragi-III ming yillikning boshlarida bo‘lib o‘tadi.
Bronza davrining yirik ilk shahar markazlaridan biri hisoblangan Oltindepa xarobalari Turkmanistonning janubidagi Miyona yonida joylashgan. Ushbu yodgorlikda 1965 yildan 80- yillarning oxirlariga qadar muntazam qazishma ishlari olib borilgan. Olib borilgan qazishmalar natijasida umumiy maydoni 25 gektar bo‘lgan Oltindepadan 500 ga yaqin terrakota haykalchalar, 150 ta qadimgi muhrlar, 550 ta dafn inshootlari, ko‘plab turar-joy qoldiqlari va boshqa moddiy madaniyat
buyumlari topib o‘rganilgan.
Turkmaniston aholisi qariyb 5 million 100 mingga yaqin kishini tashkil etadi va aholisi yiliga 1,6 foizga o'sib bormoqda.
Eng yirik etnik guruh Turkmaniston bo'lib, aholining 61% tashkil etadi. Ozchiliklar orasida o'zbeklar (16%), irlandlar (14%), ruslar (4%) va qozoqlarning, tatarlarning kamroq populyatsiyalari bor.
2005 yildan boshlab tug'ilish darajasi ayol boshiga 3,41 tani tashkil etdi. Chaqaloqlarning o'limi 1000 tirik tug'ilishga nisbatan 53,5 kishini tashkil etdi. Sovet davrida Islom amaliyoti rasman tushkunlikka uchradi. Masjidlar vayron qilingan yoki o'zgartirilgan, arab tilining ta'limoti qonunga zid edi va mollalar o'ldirilgan yoki er ostida ishlangan. 1991 yildan beri islom har tomondan paydo bo'lgan yangi masjidlar bilan qayta tiklandi.
Turkmanistonning iqlimi:Turkmaniston iqlimi "subtropik cho'l" deb tasniflanadi. Aslida, mamlakatda to'rt xil fasl bor. Qish sovuq, quruq va shamolli bo'lib, havo harorati ba'zan noldan va vaqti-vaqti bilan qor tushib turadi. Bahor mamlakat miqyosidagi eng ko'p yog'ingarchiliklarni keltirib chiqaradi, yillik sig'im 8 santimetr (30 dyuym) va 30 santimetr (12 dyuym) orasida. Turkmanistonda yozning issiqligi bilan ajralib turadi: cho'lda harorat 50 ° C dan oshishi mumkin. Kuz yoqimli - quyoshli, issiq va quruq. Turkmaniston aholisi qariyb 5 million 100 mingga yaqin kishini tashkil etadi va aholisi yiliga 1,6 foizga o'sib bormoqda.Eng yirik etnik guruh Turkmaniston bo'lib, aholining 61% tashkil etadi. Ozchiliklar orasida o'zbeklar (16%), irlandlar (14%), ruslar (4%) va qozoqlarning, tatarlarning kamroq populyatsiyalari bor. 2005 yildan boshlab tug'ilish darajasi ayol boshiga 3,41 tani tashkil etdi. Chaqaloqlarning o'limi 1000 tirik tug'ilishga nisbatan 53,5 kishini tashkil etdi. Rasmiy til - Turkmanistonning rasmiy tili.
Turkman tilidir.Turkmanlar o'zbek, qrim tatarlari va boshqa turkiy tillar bilan chambarchas bog'liq. Yozilgan turkmanlar turli xil alfavitlardan o'tdilar. 1929 yilgacha turkmanlar arab yozuvida yozilgandilar. 1929 va 1938 yillar orasida lotin alifbosi ishlatilgan. Keyinchalik, 1938 yildan 1991 yilgacha kirill alifbosi rasmiy yozuv tizimiga aylandi. 1991 yilda yangi lotin alifbosi joriy etildi, ammo u asta-sekinlik bilan ushlanib qoldi. Turkmanistondagi boshqa tillarda rus (12%), o'zbek (9%) va Dari (fars) bor.Turkmanistonda din Turkmaniston xalqining aksariyati musulmon, asosan, sunniydir. Musulmonlar aholisining 89 foizini tashkil qiladi. Sharqiy (rus) pravoslav hisoblari qo'shimcha 9%, qolgan 2% esa unaffiliated. Turkmaniston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida tatbiq etilgan Islom brendi har doim islomga qarshi shamanlik e'tiqodlari bilan ochilgan. Sovet davrida Islom amaliyoti rasman tushkunlikka uchradi. Masjidlar vayron qilingan yoki o'zgartirilgan, arab tilining ta'limoti qonunga zid edi va mollalar o'ldirilgan yoki er ostida ishlangan. 1991 yildan beri islom har tomondan.
Oltindepaning yuqori qatlamlari bronza davriga oid bo‘lib, Nomozgoh V ko‘rinishidagi materiallar bilan o‘xshashlik topadi. Olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (radiokarbon tahlillar asosida) bu davr mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning birinchi choragini o‘z ichiga oladi. Aynan mana shu davr Mesopotamiyada Urning III sulolosi inqirozga uchragan, Misrda zaiflashgan fir’avnlar hokimiyati o‘rta podsholik davriga kirgan, Xuanxe daryosi vohasida esa dastlabki Xitoy sivilizatsiyasi bo‘lgan Shan-In shakllanishi uchun shart-sharotlar paydo bo‘layotgan davr edi. Oltindepa qazishmalari bu davrda O‘rta Osiyoning janubida mahalliy shaharsozlik madaniyatining shakllanish jarayoni jadallik bilan borayotganligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, Oltindepa faqat oddiy turar-joy va xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘libgina qolmay, balki, o‘ziga xos murakkab ichki tuzilishni ham aks ettiradi. Ammo, ko‘hna shaharning janubiy qismida hech qanday inshootlar bunyod etilmagan hudud mavjud bo‘lib, bu er ko‘hna shaharning markaziy maydoni bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin. Bu maydonga yodgorlikning janubida joylashgan maxsus chiqish yo‘li orqali chiqilgan. Qazishmalarning ko‘rsatishicha, bu chiqish yo‘li bo‘ylab 6,2x3 metr o‘lchamdagi mahobatli minoralar qurilgan. Chiqish yo‘lining umumiy eni 15 metr bo‘lib, bo‘ylama devor bilan 4-5 metr enlikdagi o‘ziga xos bosh ko‘chaga bo‘lingan. Ushbu ko‘chalar aftidan aravalarga mo‘ljallangan bo‘lsa kerak.
Alohida ta’kidlash joizki, Oltindepaning baland tepalik ustida joylashganligi ko‘hna shaharning himoyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratgan. Undan tashqari tepalikning tik yon-bag‘irlari pishiq g‘ishtdan o‘ziga xos qoplama bilan qoplangan. Qiyalikka boradigan nishablik esa devor bilan to‘silgan. Devorlarning tuzilishi va qalinligi qurilish xususiyati va sharoitiga qarab belgilangan. Ko‘hna shaharga kirish joyida devor maksimal qalinlikda, boshqa joylarda aylana devor 1-2 metr saqlanib qolgan. Ayrim joylarda kvadrat rejali minoralar ham bor.
Ko‘hna shaharning Shimoliy chekkasidagi 2 gektarga yaqinroq maydon muhim tarkibiy qismlardan bo‘lgan. Bu erdagi ko‘plab sopol pishiruvchi xumdonlarga qarab bu er hunarmandlar mahallasi deb ataladi. Murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ikki yarusli xumdonlarda 1000-12000S da yupqa devorli nafis sopol idishlarni ham pishirish mumkin bo‘lgan. Ko‘hna shaharning shu qismida toshni qayta ishlash faoliyati bilan bog‘liq izlar topilgan. Bu erdagi turar-joylar kichik uylardan, umumiy oshxona va umumiy xo‘jalik xonalaridan iborat bo‘lib ulardagi topilmalar ham unchalik boy emas. Ochib o‘rganilgan qabrlar topilmalari ham unchalik ko‘p emas. Bularning barchasi hunarmandlar mahallasi aholisining turmush tarzi unchalik yuqori bo‘lmaganligidan dalolat beradi.
Qazishmalar natijasida topilgan ko‘p sonli topilmalar Oltindepa madaniyatini har tomonlama yoritish uchun muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, ushbu topilmalar shaharsozlik masalalarini yoritish uchun ham qimmatli ma’lumotlar beradi. Topilmalar orasida sopol buyumlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Nafis va nozik shakllarda shakllangan sopolchilik buyumlarida qandaydir naqshlar yoki bezaklar uchramaydi. Faqatgina diniy marosimlar uchun mo‘ljallangan va o‘yma naqshlar bilan bezatilgan idishlar bundan mustasno.
Oltindepa ko‘hna shahri hunarmandchiligida metallni qayta ishlash ancha rivojlangan edi. Buyumlarning katta qismi misdan tayyorlangan. Shuningdek, qalay va qo‘rg‘oshin aralashtirib ishlangan buyumlar ham uchraydi. Undan tashqari, temir pichoq va xanjarlar, irg‘itiladigan o‘q uchlari va boshqa buyumlar ham topilgan. Metall buyumlar orasida kumush buyum topilmalari ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Aftidan, aynan kumushdan ishlangan buyumlar shaharliklarning asosiy boyligi hisoblangan.
Tadqiqotlar natijalari tahlilidan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Oltindepaning ichki tuzilishi ham, yuqori darajada rivojlangan madaniyati ham ibtidoiy arxaik munosabatlar darajasidan chiqib ulgurgan edi. Eng qadimgi shaharlar dastlabki birlashmalar yoki uyushmalarning asosiy qismi hisoblanib ayrim hollarda tadqiqotchilar ularni shahar-davlatlar deb ataydilar. Chunki, aynan ilk shaharlarda dastlabki hokimiyat organlari markazlashib, ma’muriy boshqaruv tizimi shakllanadi.
Oltindepa aynan mana shunday ilk shahar ko‘rinishini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, yodgorlikda ilk dehqonchilik jamoalari manzilgohlariga qaraganda shaharning o‘ziga xos vazifalari nisbatan aniqroq ko‘rinadi. Bu vazifaviy belgilar hunarmandlar mahallasi va diniy inshootda o‘z aksini topgan bo‘lsa, «aslzodalar mahallasi» va uning yonidagi qazishmalar esa ko‘hna shaharning ijtimoiy tabaqalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan shahar hududining tabaqalarga bo‘linganligidan dalolat beradi. Ko‘hna shaharning ushbu tarkibiy belgilari va qazishmalar paytida topilgan turli -tuman topilmalar Oltindepani atrof dehqonchilik hududlarining hunarmandchilik, qisman savdo va mafkuraviy markaz sifatida izohlashga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga Oltindepaning harbiy yoki himoya vazifasini bajarganligi haqida ma’lumotlar kam. Chunki ko‘hna shahar darvozalaridagi minora-pilonlar himoya xususiyatidan ko‘ra ko‘proq savlatli manzara berish uchun qurilgan. Qazishmalar paytida topilgan harbiy qurol-yarog‘lar juda kam. Qabrlardan topilib antropologlar tomonidan har tomonlama o‘rganilgan suyaklarda harbiy jarohatlar izlari uchramaydi. Fikrimizcha, bu holat aniq tarixiy shart- sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu erda harbiy san’at rivojlanishi past darajada edi. CHunki, Oltindepa o‘sha davr Old Osiyoni larzaga keltirgan harbiy yurishlar va qarama-qarshiliklardan chetroqda joylashgan edi.
Janubiy Turkmaniston hududlarida Oltindepa ko‘hna shahri madaniyati fanga ma’lum bo‘lganidan so‘ng Old Osiyoning ko‘hna shaharlarida tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bir tomondan Mesopotamiya va ikkinchi tomondan Qadimgi Hind sivilizatsiyasi Xarappa oralig‘ida joylashgan Sharqiy Eron,Afg‘oniston va Pokiston hududlarida bronza davri ilk shahar sivilizatsiyaning bir butun zonasi mavjud edi. Ushbu zonada bir-biri bilan uzviy savdo va madaniy aloqalar o‘rnatilgan bir nechta viloyatlar bo‘lib, shulardan birining markazi Janubiy Turkmanistondagi Oltindepa ko‘hna shahri edi.



Download 57.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling