Мавзу: Жаҳон тарихида Амир Темур ва Темурийлар давлатининг тутган ўрни


Download 90.34 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi90.34 Kb.
#1626677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amir Temur Kurs ishi

X U L O S A
XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr tarixiy voqealarga nihoyatda boy tarixiy saboq davri hisoblanadi. Chunki bu davrda mo‘g‘ullar hukmronligi va feodal tarqoqlik tugatilib, bosqinchilarning vayronargarchiligi va bir yarim asrlik zulmlari oqibatida iqtisodiy, madaniy ma’rifiy turg‘unlik holatiga tushib qolgan davlatimiz o‘z mustaqilligini qayta tiklashga kirishdi. Bu diyorda Amir Temur boshchiligida yagona tug‘ ostida markazlashgan, kuchli va mustaqil davlat tashkil topdi. Markaziy Osiyo xalqlari hayotida yuz bergan bu tarixiy voqeada, Amir Temurning xizmati g‘oyat buyukdir. O‘z davlatining kuch-qudratini oshirib, uni mustahkamlash uchun avvalo, u harbiy va iqtisodiy islohot o‘tkazdi. Yaxshi qurollangan muntazam qo‘shin tuzdi. Davlat boshqaruvi tizimlarini ishlab chiqdi va sinovlardan o‘tkazdi.
Shulardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
Birinchidan, Amir Temur Movarounnahr va Xorazmga muttasil tazyiq o‘tkazib turgan Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi bir necha bor qo‘shin tortdi. Uralda, Qunduzga, Kavkazda Terek daryosi bo‘yida, o‘tgan ikki shiddatli jangda Temur g‘alaba qozonib, Oltin O‘rdaga qattiq zarba berdi. Uning bu g‘alabasi tufayli Oltin O‘rda tazyiqida Rossiya qaddini rostlash imkoniga ega bo‘ldi va uning istiqboli uchun katta yo‘l ochdi.
Ikkinchidan, Buyuk jahongir o‘rta asrlarning udum an’analariga asosan o‘z davlat chegaralarini kengaytirishga harakat qildi. U Hindiston, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlariga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Anqara jangida Turk Sultoni Yildirim Boyazidni qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonib, butun Yevropani hayratga soldi. Shundan sung Yevropa davlatlari Temur va uning vorislari bilan bevosita aloqa o‘rnatishga shoshilganligi aniqlandi..
Uchinchidan, Buyuk sarkardaning Xorazm va Oltin O‘rdaga qarshi kurashib, ularni yengishi, Eron, Ozarbayjon, Iroq, Hindiston, Suriya va Turkiyaga qilgan yurishlari Temur davlati qudratini oshirdi. Amir Temur 27 mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirib, o‘z davlatini jahonning yirik davlatlari qatoriga ko‘tardi. Uning hukmronligi davrida Movarounnahr dunyo taraqqiyoti bilan bevosita bog‘lanib, jahonning ilg‘or mamlakatlaridan biriga aylandi. Buyuk Ipak yo‘lining katta qismi Amir Temur davlati nazoratiga o‘tgan.
To`rtinchidan, Amir Temur Movarounnahrda markazlashgan davlat barpo etib, o‘z mamlakati hududini mustahkamlab, aholining ijtimoiy iqtisodiy ahvoli yaxshilanib, savdo-sotiq ishlarini rivojlantirib yubordi. Amir Temur davlati tashqi savdo munosabatlarini yaxshilash uchun dunyo mamlakatlari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi.
Beshinchidan, Amir Temur umr bo‘yi bunyodkorlik bilan shug‘ullangan. Hozirgi kunga qadar u bunyod etgan ko‘plab inshootlar jahon svilizatsiyasitizimida alohida ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib shuni ta’kidlamog‘imiz mumkinki, bizning tariximizda Amir Temurdek ulug siymo bor ekan, uning qoldirgan vasiyati va merosi, pandu nasihatlari bugungi hayotimizda hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni yechishda bizga qo‘l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o‘rganmaslikka, ta’riflamaslikka, targ‘ibot qilmaslikka haqqimiz yo‘q.

Download 90.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling