Мавзу: Жаҳон тарихида Амир Темур ва Темурийлар давлатининг тутган ўрни
Mavzuning o’rganilganlik darajasi
Download 90.34 Kb.
|
Amir Temur Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsadi
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Mustaqillik shamoli esishi tufayli Amir Temur to‘g‘risida noma’lum bo‘lib kelayotgan va sir saqlab kelingan tarixiy-ilmiy va badiiy asarlar, monografiyalar, risolalar endilikda nashr qilina boshladi.
Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan asarlarni, maqolalarni bir xil tarzda qabul qila olmaymiz. Chunki, turli davr va sharoitlarda yozilgan asarlar mualliflarning dunyoqarashlariga, bilim saviyalariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Amir Temur haqida yozilgan asarlarni bir necha guruhga bo‘lib o‘rganish zarur. Birinchi guruhda: Amir Temur davrida yashagan muarrixlarning asarlari − Sharofuddin Ali Yazdiy1, Nizomiddin Shomiy2, G‘iyosiddin Ali3, Hofizu Abro‘4, Xondamir5, Mirxond6 va boshqalarning asarlari. Ikkinchi guruhga turli mamlakatlar olimlari, tarixchilari, adiblari yozgan asarlardir. Bu guruhdagi kishilar Ibn Arabshoh, Lui Gonsales de Klavixo, Ibn Xaldun, Silvestr De-Sosi Sharida, Eyms Feymor va boshqalar. Uchinchi guruhga − Rossiya mustamlakachiligi va sho‘rolar istibdodi davrida yaratilgan adabiyotlar − M.Ivanin, V.V.Bartold, A.Y.Yakubovskiy, G.Hidoyatov va boshqalarning asarlari. To‘rtinchi guruh adabiyotiga − mustaqillik davrida Amir Temur shaxsini oqlanib, tozalanib, asl haqiqat yozilgan asarlar kiradi. Kurs ishining maqsadi: Ushbu kurs ishning asosiy maqsadi Amir Temur va Temuriylar davri tarixini tarixiy va yozma manbalar asosida xolisona tadqiq etish. Kurs ishining vazifalari. Amir Temur davlati, uning ichki va tashqi siyosatini turli ilmiy tadqiqot metodlari asosida o`rganish maqsadida quyidagi vazifalar belgilab olindi: XIV asrning ikkinchi yarimida Movaraunnaxrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tahlil etish. Amir Temur davlatidagi siyosiyo, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tarixini o‘rganish. Amir Temur va Temuriylar davridagi tashqi savdo munosabatlarini tahlil etish. Temur va Temuriylar davridagi ilm-fan va madaniy xayotni ko‘rib chiqish. Amir Temur va Temuriylarning Jahon tarixida tutgan o‘rnini o‘rganishdan iborat. Download 90.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling