Mundarija
Kirish……………………………………………………………..3
I.Bob. Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyoda barpo etilgan markazlashgan davlatning asoschisi.
I.1 Amir Temur davri tarixnavisligi……………………………..6
I.2 Amir Temur Movaraunnahir xukumdori……………………..26
II. Bob. Jahon tarixida Soxibqiron Amir Temur va Temuriylar davlatining tutgan urni.
II.1 Amir Temur va Temuriylar davlatining jahon tarixida tutgan urni………………………………………………………………44
II.2 Amir Temur va Temuriylarning tashqi savdo va elchilik aloqalari………………………………………………………....48
Xulosa……………………………………………………….....56
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………….58
Ilova……………………………………………………………..60
KIRISH
Milliy istiqlol O‘zbek xalqining asriy orzusi armoni edi. O‘zbekiston mustaqilligining qo‘lga kiritilishi eng ulkan g‘alaba, uning qadriga yetish, mustaxkamlash, avaylab saqlab qolish muxim vazifa. Yurtboshimizning “Tarixiy xotira tuyg‘usi to‘laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvofaqqiyat va zafarlari, yuqotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va xaqqoniy o‘rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi.”1 deb aytgan fikirlari nixoyatda katta axamiyatga egadir. Mustaqillik sharofati bilan o‘zligimini anglash, o‘z tariximizni xolisona o‘rganishga ega bo‘ldik. Ayniqsa sovetlar xukumronligi yillarida qoralanib kelgan Amir Temur va Temuriylar davri tarixini yangi manbalar asosida va mustaqillik ruhi bilan o‘rgansh dolzarb mavzulardan biridir. Amir Temur va Temuriylar davrida Movaraunnahir va Xuroson O‘rta Osiyo madaniy hayotida juda katta yuksalish ruy berdi. Bu davir o‘z mohiyati bilan sharq o‘yg‘onish davrining o‘ziga xos bosqichi bo‘ldi. Bu davirda madaniy xayotning kuchayish darajasi IX-XII asrlar orasidagi ilk musulmon renescansidan qolishmaydi. Amir Temur va Temuriylar mamlakat mustaqilligi, el-yurt osoyishtaligi, uni obod etishda bunyodkorlik ishlariga katta axamiyat berdilar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarida xam bunyodkorlik ishlarini amalga oshirgan, davlatlar o‘rtasida savdo va madaniy aloqalar olib borgan shu boisdan xam Amir Temur va Temuriylar davridagi tarixini xar tomonlama xolisona o‘rganish dolzarb mavzu xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |