Mustaqil jarayon - – ota-jarayonga bog’liq bo’lmagan holda bajariladigan qismjarayon.
- Namunaviy misollar: UNIXdagi boshlang’ich init jarayoni tomonidan ishga tushiriladigan demon-jarayonlar.
- Masalan, cron – demon-jarayoni bo’lib, u belgilangan crontab jadvalida ko'rsatilgan davriy harakatlarni chaqirishni tashkil qilish (yarim tunda barcha fayl tizimlarini avtomatik zaxiralash);
- smbd – Windows mashinalaridan UNIX mashinadagi fayllarga tarmoqdan kirish uchun SAMBA server dasturi boshqaradigan demon jarayoni.
Soprotsess (coprocess, coroutine) Jarayonlar o’zaro bog’liqlik shabloni (paradigma): ishlab chiquvchi - iste’molchi - Jarayonlarning o'zaro ta'sirini amalga oshirish dasturlashning o'nlab yillar davomida rivojlangan klassik paradigmalaridan (shablonlaridan) biriga asoslanishi mumkin.
- Jarayonlarning o’zaro ta’sir paradigmalaridan eng ko’p tarqalganlaridan biri – ishlab chiquvchi – iste’molchi shabloni.
- Ishlab chiquvchi-jarayon (producer) iste’molchi-jarayonlar (consumer) foydalanadigan ba’zi ma’lumotlar buferini yaratadi.
- Ushbu paradigmani amalga oshirishda ikkita jarayonni bog’lash uchun cheklanmagan va cheklangan buferdan foydalanishi mumkin.
- Cheklanmagan bufer (unlimited buffer) sxemasida foydalaniladigan bufer o’lchamida nazariy jihatdan chegara yo’qligi taxmin qilinadi.
- Cheklangan bufer (bounded buffer) sxemasida esa aniq cheklangan bufer o’lchamidan foydalaniladi, masalan, BUFFER_SIZE konstantasidan.
Do'stlaringiz bilan baham: |