Mavzu: Jarohatlanganda va ayrim kasalliklarda massaj reja


Download 55.21 Kb.
bet3/5
Sana31.01.2023
Hajmi55.21 Kb.
#1142895
1   2   3   4   5
Bog'liq
Jarohatlanganda va ayrim kasalliklarda massaj

Elkani massaj qilish. Bukuvchi muskullar soxasini va deltasimon muskullarni massaj qilishdan iborat. Dastlab yozuvchi muskullar so`ngra bukuvchi muskullar massaj qilinadi. Uch boshli muskulni tirsakka ulanib turgan joyidan ushlagan xolda yuqoriga qarab boradi va barmog’i ikki boshli muskulni tashqi pushtasi bo`ylab, so`ngra esa deltasimon muskullarni ustki qismi bo`ylab sirg’anadi. Barcha barmoqlar qo`ltiqda uchrashadi. 2 boshli muskulni massaj qilishni tirsak bo`g’imning pastidan boshlab qo`ltiqqacha davom ettiriladi. Massaj qiluvchining o`ng kafti 2 boshli muskul sirtiga jips turushi kerak. Agar deltasimon muskul yaxshi rivojlangan bo`lsa, u o`rtadan o`tuvchi pay plastinkasiga muvofik ikki bo`lakka bo`linadi. Xar bir bo`lak aloxida-aloxida massaj qilinadi.
Elka bo`g’imi massaji. Massaj qilinadigan kishining qo`li 3 xolatda turganida qilinadi. Massaj deltasimon muskullarni silash va uqalashdan boshlanadi, so`ng bo`g’im xaltachasini old qismini ishqalashga utiladi. Buning massaj qilinuvchi bemorning qo`lini orqasiga qayirib qo`yadi, bu xol barmoqni bo`g’im xaltachasiga etkazishga yordam beradi. Massaj qiluvchi bemorni orqasida turib bo`g’im xaltachasini barmoqlarini aylanma xarakat qildirib uqalaydi, oldinga chiqib turadi. Keyinchalik bo`g’im xaltachasini orqa tomonini massaj qilishga o`tiladi. Buning uchun massaj qilinuvchi bir qo`lini ikkinchi elkasiga qo`yib turadi va pastki qismini massaj qilishga kirishiladi. Bunda bemor massaj qilinadigan qo`lini massaj qiluvchining elkasiga qo`yadi. Massaj qiluvchi elka uchini ikkala qo`lini to`rt barmog’i uchlari bilan ushlaydiki natijada uning bir panjasini turt barmog’i orasida , bosh barmog’i esa qo`ltiqda joylashadi. qo`ltiq bosh barmoqlar orasida aylanma xarakatlar bilan massaj qilinadi , limfa tugunlari massaj kilinmaydi. SHundan so`ng qo`l bo`sh turganda ikkala elka dungligi orasidagi tarnovcha o`rta barmoqlar yordamida ishqalanadi, bug’im sohasi, deltasimon muskullar silanadi, umrov suyagining ko`krak suyagi bilan birlashgan joylari massaj qilinadi. Massaj elka bo`g’imida aktiv va passiv xarakatlar qilish bilan tugallanadi.

Download 55.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling