QF = Bo‘lim foydasi – (Bo‘lim aktivlari x Maqsadli foyda me’yori)
Qavs ichidagi ko‘rinish foydaning qiymati bahosi bo‘lib, u
javobgarlik markazlari uchun belgilangan foyda me’yorining minimal
ko‘rinishidir. Javobgarlik markazlari tomonidan ushbu miqdordan
yuqori topilgan har qanday miqdor xo‘jalik yurituvchi subyektga foyda
keltiradi.
3.Mas’uliyat markazlari faoliyatini baholashda nomoliyaviy mezonlar
Mas’uliyat markazlarining faoliyati nafaqat moliyaviy, balki,
nomoliyaviy omillarga, ya’ni ijodkorlikka, ishlab chiqarishga, mahsulot
sifatiga (xizmat), mijozlarning talablarini qoniqtirish darajalariga ham
bog‘liq. Ushbu omillarning har biri hisobga olinishni, o‘ziga yarasha
baholanishni, imkon qadar takomillashuvni va ularning qabul qilinishini
talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti tobora rivojlanishi, buning oqibatida o‘zaro
raqobatning kuchayishi natijasida ko‘pgina xo‘jalik yurituvchi
subyektlar mavjud moliyaviy ko‘rsatkichlarni to‘ldirishda nomoliyaviy
mezonlarni ham hisobga olish, ularni boshqarish masalalari bilan tobora
intensiv shug‘ullanib borishmoqda. Bu jarayonda eng qiyin ish - nafaqat
nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash, balki nimani baholash, nimani
rad etish, nimaga e’tibor berish kabi masalalarni ijobiy yechish ham
muhimdir
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatining nomoliyaviy tomonlari
moliyaviy natijalarga ta’sir etishi sababli ko‘pgina menejerlar ishlab
chiqarish jarayoni, mahsulot va mijozlar kabi omillarni o‘lchab, hisobga
olishga harakat qiladilar. Ammo, buning barobarida, bir aforizmni
yoddan chiqarmaslik lozim “Hamma narsani bilib turib, hech narsani
bilmaymiz”. Kerakli ma’lumotni qoldirib, qolgan barcha ma’lumotlarga
to‘la ega bo‘lishga harakat qilib, biz natijada keraksiz, ahamiyatsiz
ma’lumotlarga ega bo‘lib qolamiz.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan moliyaviy va
nomoliyaviy ma’lumotlarni boshqaradigan mezonlar to‘plamini aniqlash
– hozirgi iqtisodiy sharoitda xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati
oldida turgan boshqaruv nazoratining asosiy muammolaridan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |