Mavzu: javobgarlik va ma'suliyat markazlari bo'yicha boshqaruv hisobini tashkil qilish


Mas’uliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash mezoni


Download 331.63 Kb.
bet2/6
Sana18.06.2023
Hajmi331.63 Kb.
#1571814
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Javobgarlik va ma\'suliyat markazlari bo\'yicha boshqaruv hisobini-hozir.org

2.Mas’uliyat markazlari faoliyatini moliyaviy baholash mezoni
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat
yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy
xarakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
-foyda;

- aktivlarning rentabelligi;


- qoldiq foyda;
-iqtisodiy qo‘shimcha qiymat. Xarajat va daromad markazlari
faoliyatining samaradorligini aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos
kelmaydi.
Javobgarlik markazlari faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi
ko‘rsatkichdan foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya)
markazi faoliyati natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta
ko‘rsatkichdan (aktivlar rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy
qo‘shimcha qiymat) foydalanish, maqsadga muvofiq. Ushbu
ko‘rsatkichlarni hisoblashda ana shu javobgarlik markazlariga tegishli
bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risidagi axborotlar
bo‘lishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot
(xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va mos ravishda ana shu
mahsulotlarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish uchun
sarflangan xarajatlarning farqi sifatida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi
subyekt faoliyatini baholaydigan daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas,
balki ko‘proq amaliy ahamiyatga ega. Bo‘limlarning foydasini
hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni aktivlarning rentabelligi va
sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.
Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi nazaridan aktivlar rentabelligi
(AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali
foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi
ko‘rinishga ega:
AR = Bo‘limlar foydasi: Bo‘limlar aktivi
AR = Bo‘limlar foydasi: Bo‘limlar aktivi
Boshqaruv hisobida umumiy qoida mavjud bo‘lib unga ko‘ra, agar
taklif etilayotgan investitsiya loyihalaridan tushadigan foyda mavjud
kapital qiymatidan yuqori bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyekt taklif
etilayotgan sarmoyalarni qabul qilishi kerak. Javobgarlik markazlari
faoliyatini baholashda qoldiq foyda ko‘rsatkichi ushbu umumiy qoidani
inobatga oladi.
Qoldiq foyda (QF) – bu xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati
tomonidan belgilangan, mas’uliyat markazlari tomonidan minimal foyda
me’yoridan ko‘proq ishlab topilgan foydaga aytiladi. Qoldiq foyda
formulasi quyidagicha hisoblanadi:



Download 331.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling