Mavzu: Jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va ommaviy qirg’in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishga qarshi kurashishda bojxona organlarining ro’li. Reja


Download 30.59 Kb.
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi30.59 Kb.
#1587372
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu Jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va

III. Xulosa va takliflar.

  1. Foydalangan adabiyotlar.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlarini muhofazasini kuchaytirish aholining huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarni qonunga itaotkorlik va hurmat ruxida tarbiyalash­ – bular rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki vositasi va eng muhim sharti bo’lib kelmoqda.
Yurtimizda invistitsion muhitning shakllanib borishi va bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotini shakllantirishda jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va ommaviy qirg’in qurollari tarqatilishini moliyalashtirish, jamiyat hayotining turli soxalarida uyushgan jinoyatchilikning tug’ulishi va faoliyat ko’rsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratish tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy taxdid solmoqda. Hususan, glaballashuv jarayoni jadallashgan XXI asrda uyushgan jinoyatchilikning transmilliy harakter kasb etishi bu muammoga yetarli e’tibor berilishini taqazo etmoqda.
Dunyoda xalqaro hamjamiyat , shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan, jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va ommaviy qirg’in qurollari tarqatilishini moliyalashtirish eng xavfli transmilliy jinoyatlardan deb topilgan. Zamonaviy dunyoda jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va ommaviy qirg’in qurollari tarqatilishini moliyalashtirishda ortib borayotgan jamoat xavfi dunyo hamjamiyatidagi mamlakatlarning aksaryatini tashvishga solmoqda.
Jahonda jinoyatchilikka qarshi kurash, sudlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar uchun odillik prinsipiga asosan jazo ta’yinlash, jinoyat qonunchiligini liberallashtirishga alohida axamiyat berilmoqda, jumladan, jinoiy daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni va ommaviy qirg’in qurollari tarqatilishini moliyalashtirish uchun javobgarlikni belgilash hamda unga imkon bergan sabab va sharoitlarning oldini olish, ushbu jinoyatni to’g’ri kvalifikatsiya qilish va uni sodir etganlik uchun javobgarlikni takomillashtirish, bu boradagi xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka implementatsiyasini kuchaytirish soxasida tadqiqotlar o’tkazishga alohida ahamiyat berilmoqda.
Respublikamizda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish terrorizm va ommaviy qirg’in qurollarini moliyalashtirish uchun javobgarlikni belgilash, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga axamiyat berildi. Fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilishga to’sqinlik qiladigan huquqiy bo’shliqlar va qarama-qarshiliklarni bartaraf etish bo’yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Mamlakatimizda 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi doirasida qilingan ishlarning davomi sifatida, “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” tamoyiliga asosan yetti ustuvor yo’nalishdan iborat 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekiston taraqqiyot strategiyasi qabul qilindi. Ushbu strategiyada adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq soxasini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari qatorida belgilanishi ushbu mavzuni tadqiq etishni taqazo qiladi.
O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida” gi 2004 yil 26 avgustdagi O’RQ-660-II sonli qonuni, O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2021 yil 28 iyundagi PF-6252 sonli farmoni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar haqidagi” 2021 yil 29 iyundagi VMQ-402 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi prezidentining “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60 sonli farmoni va soxaga oid boshqa qonun hujjatlarining ijrosini amalga oshirishga ushbu malakaviy ish muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 30.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling