JINOYAT HUQUQI TUSHUNCHASI QUYDAKILAR SIFATIDA QO‘LLANILISHI MUMKIN.
huquq tarmog‘i
o‘quv intizomi
qonunchilik sohasi
yuridik fan
Umummajburiylik xususiyatlarini
Mustaqillik
xususiyatlarini
JINOYAT HUQUQI HUQUQ TARMOG‘I SIFATIDA QUYDAGILARNI O‘ZIDA AKS ETTIRADI.
HUQUQ SOHASI VA O‘QUV INTIZOMI SIFATIDA JINOYAT HUQUQINING MUSTAQILLIGI QUYIDAGI IKKI BELGI ORQALI NAMOYON BO‘LADI:
-tartibga solish predmeti, ya’ni jinoiy qilmish sodir etilganidan keyin jinoyat sodir etgan shaxs va maxsus vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlar orqali davlat o‘rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar.
-tartibga solish metodi (uslubi), ya’ni huquqbo’zarliklarga olib keluvchi qilmishlarni ma’lum bir shaklda jinoyat-huquqiy taqiqlash, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jazo tayinlashni belgilash.
Jinoyat huquqining mustaqillik hususiyati uning boshqa ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq sohalaridan ajratilganligini bildirmaydi, balki jinoyat huquqining mustaqilligi uning huquq sohasi sifatida davlat va jamiyat manfaatlari, xavfsizligi va normal rivojlanishiga tajovo’z qiluvchi qilmishlarni jinoyat deb topish uchun asos bo‘luvchi belgilar doirasini mustaqil o‘rnata olishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |