Uchinchi guruhga tuxum hujayrasi otalanmasdan oldin jinsini aniqlasa bo’ladigan organizmlar kiradi. Jinsni bunday aniqlash usuliga progam usuli deyiladi. Bu guruhga kiruvchi organizmlarda (qushlar, kapalaklar va boshqalar) urg’ochi organizm geterogametali bo’lib, ikki xil tuxum hujayrani hosil qiladi. - Uchinchi guruhga tuxum hujayrasi otalanmasdan oldin jinsini aniqlasa bo’ladigan organizmlar kiradi. Jinsni bunday aniqlash usuliga progam usuli deyiladi. Bu guruhga kiruvchi organizmlarda (qushlar, kapalaklar va boshqalar) urg’ochi organizm geterogametali bo’lib, ikki xil tuxum hujayrani hosil qiladi.
- Jinslar nisbati odatda uch davrda: 1) zigota, 2) tug’ilish, 3) o’sish va rivojlanish davrlarida o’rganiladi. Zigota davrida erkak va urg’ochi zigotalar sonning bir-biriga bo’lgan nisbati aniqlandi va bunga jinslarning birlamchi nisbati deyiladi. Lekin odamlarda jinslarning birlamchi nisbatini o’rganib bo’lmaydi. Odamlarda jinslarning ikkilamchi (tug’ilganda) 1:1 ga yaqin, aniqrog’i 100 ta qizga 102-106 ta o’g’il bola tug’iladi. O’sish va rivoj-lanish davrida jinslarning uchlamchi nisbati o’rganiladi. Jinslar-ning uchlamchi nisbatida yosh ulg’aygan sari erkak soni kamaya boradi.
- 2) Jinsiy demorfizm organizmdagi bioximik, morfologik va fiziologik xususiyatlarning o’zgarishiga sabab bo’lganligi tufayli erkak va urg’ochi organizm har xil mahsuldorlikka ega bo’ladi.
Sut qaromolchiligida ko’proq urg’ochi buzoq olish, go’sht qoramolchiligida ko’proq buqacha olish maqsadga muvofiqdir. Tuxum etishtirish uchun makiyon parranda, go’sht etishtirish uchun ko’proq xo’rozchalar olish foydalidir. - Sut qaromolchiligida ko’proq urg’ochi buzoq olish, go’sht qoramolchiligida ko’proq buqacha olish maqsadga muvofiqdir. Tuxum etishtirish uchun makiyon parranda, go’sht etishtirish uchun ko’proq xo’rozchalar olish foydalidir.
- N.К.Кolsov va V.N.Shreder jinsni boshqarish uchun 1933 yili erkak quyonlarning urug’ini ikki fraksiyaga ajratish fikrini ilgari surdilar. Ular spermalarni maxsus elektrolit bilan suyultirib urug’ni anod (X-spermatazoid) va katod (U-spermatazoid) fraksiyaga bo’ldilar. Shu tipdagi urug’ bilan hayvonlarni su’niy qochirib ko’zda tutilgan jins 85% atrofida olindi. M.S.Levin va M.G.Gordon urug’ni X va U spermatazoidlarga elektroforez usuli bilan ajratishni ishlab chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |