Hozirgi paytda hayvonlarda hohlagan jinsni olish qiyin emas. Spermatozoidlarning (X li va U li) solishtirma og’irligi har xil bo’lganligi uchun ularni bir-biridan ajratib, sun’iy urug’lantirilganda kutilgan jins olinadi. Bu usulni ayrim holatlarda odamlarda ham qo’llash mumkin. Lekin N.P.Dubinin va Yu.G.Shevchenkolarning fikricha jinslar tabiiy nisbatning har xil yo’llar bilan o’zgarishi juda yomon sosial oqibatlarga, ya’ni aholi sosial strukturasining buzilishiga olib kelishi mumkin ekan. - Hozirgi paytda hayvonlarda hohlagan jinsni olish qiyin emas. Spermatozoidlarning (X li va U li) solishtirma og’irligi har xil bo’lganligi uchun ularni bir-biridan ajratib, sun’iy urug’lantirilganda kutilgan jins olinadi. Bu usulni ayrim holatlarda odamlarda ham qo’llash mumkin. Lekin N.P.Dubinin va Yu.G.Shevchenkolarning fikricha jinslar tabiiy nisbatning har xil yo’llar bilan o’zgarishi juda yomon sosial oqibatlarga, ya’ni aholi sosial strukturasining buzilishiga olib kelishi mumkin ekan.
- 3) Jinsiy xromosomalarda joylashgan genlar ta’sirida yuzaga chiqadigan belgilarni jinsga bog’langan belgilar deb ataladi. Jins bilan birikkan belgilarning naslga berilishi irsiyatning xromosom nazariyasi avtorlari T.Morgan va unig shogirdlari meva pashshasida (drozofilada) ko’zning oq va qizil rangining naslga berilishini o’rganishda aniqladilar. Oq ko’z urg’ochi pashshalar qizil ko’z erkak pashshalar bilan chatishtirilsa, birinchi bo’g’inda (F1) hamma urg’ochi pashshalar qizil ko’z, erkak pashshalar esa oq ko’z bo’ladi. Ya’ni erkaklari ona belgisini urg’ochilari esa ota belgisini meros qilib oladi. Birinchi bo’g’in erkak va urg’ochi pashshalar bir-biri bilan chatishtirilganda, ikkinchi bo’g’inda (F2) teng nisbatda to’rt tip pashsha paydo bo’ladi: oq ko’z va qizil ko’z erkak pashshalar, hamda oq ko’z va qizil ko’z urg’ochi pashshalar.
Biroq ota-onalar teskari chatishtirilsa (resiprok), ya’ni qizil ko’z gomozigot urg’ochi pashsha oq ko’z erkak pashsha bilan chatishtirilsa birinchi bo’g’inda erkak va urg’ochi pashshalar qizil ko’z bo’lib chiqadi. Ikkinchi bo’g’inda (F2) esa, hamma urg’ochi pashshalar qizil ko’z bo’lib qoladi. Erkak pashshalar esa yarmi qizil, yarmi oq ko’z bo’ladi. Mana shu tajriba asosida Morgan ko’zlarning oq va qizil rangini boshqaruvchi hamma genlar X xromosomada joylashgan ya’ni urg’ochi jins bilan birikkan deb taxmin qiladi. U xromosomada ko’z rangiga aloqadar gen yiq deydi. Bu tajriba asosida Morgan belgilarining jins bilan birikkan holda naslga berilishini aniqladi. Hozirgi paytda X-xromosomadagi genlar orqali yuzaga chiqadigan 100 dan ortiq belgilar ma’lum. Masalan, gemofiliya, daltonizm, muskullar ishining buzilishi, tish emalining qorayishi va boshqa kasalliklar. - Biroq ota-onalar teskari chatishtirilsa (resiprok), ya’ni qizil ko’z gomozigot urg’ochi pashsha oq ko’z erkak pashsha bilan chatishtirilsa birinchi bo’g’inda erkak va urg’ochi pashshalar qizil ko’z bo’lib chiqadi. Ikkinchi bo’g’inda (F2) esa, hamma urg’ochi pashshalar qizil ko’z bo’lib qoladi. Erkak pashshalar esa yarmi qizil, yarmi oq ko’z bo’ladi. Mana shu tajriba asosida Morgan ko’zlarning oq va qizil rangini boshqaruvchi hamma genlar X xromosomada joylashgan ya’ni urg’ochi jins bilan birikkan deb taxmin qiladi. U xromosomada ko’z rangiga aloqadar gen yiq deydi. Bu tajriba asosida Morgan belgilarining jins bilan birikkan holda naslga berilishini aniqladi. Hozirgi paytda X-xromosomadagi genlar orqali yuzaga chiqadigan 100 dan ortiq belgilar ma’lum. Masalan, gemofiliya, daltonizm, muskullar ishining buzilishi, tish emalining qorayishi va boshqa kasalliklar.
- Gemofiliya kasalining nasldan-naslga o’tishini kuzatish shuni ko’rsatadiki, bu kasallikni yuzaga chiqaruvchi gen jinsiy xromosomada joylashgani uchun jins bilan bog’langan holda nasldan-naslga o’tadi. Erkak kishilarning gemofiliya kasalligi bilan og’rishiga sabab shuki, ularning U xromosomasida gemofiliya kasalligini yuzaga chiqaruvchi resessiv genning (h) dominant alleli (N) yo’q. Dominant gen bo’lgan zigotadan sog’lom organizm rivojlanadi (XNU), chunki dominant gen (N) resessiv (h) genning belgisini yuzaga chiqarmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |