Mavzu: Jinsni aniqlash usullari


Download 1.76 Mb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1533399
1   2   3   4   5   6

X va U xromosomali spermatazoidlarni ajratib olish uchun sentrifugalash (Batihariya) usuli qo’llanib ko’rildi. Og’ir spermalar (X-xromosomali) qo’llanilganda ko’proq urg’ochi hayvonlar (71,8 %), engil spermalar (U-xromosomali) qo’llanilganda esa erkak hayvonlar (74,4 %) tug’ildi. Ishlab chiqarish sharoitida jinsni boshqarish uchun V.N.Shreder naslli erkak va urg’ochi hayvonlarni X yoki U xromosomali sperma bilan emlash ya’ni immunlashtirishni taklif qildi. Immunlashtirilgan hayvonlarning bolalari orasida 75 % atrofida istalgan jins (erkak yoki urg’ochi) olindi. E.M.Vladimirskaya erkaklik jinsiy - gormoni metiltestosteronni buqalar, quyonlar va erkak cho’chqalar urug’iga ta’sir qildirib, jinslar nisbatini o’zgartirish bo’yicha tajribalar o’tkazdi. Bu gormon juda oz miqdorda (0,013 dan 0,125 % gacha) yuborilganda erkak jinslar soni 2-3 marta ko’paydi.

  • X va U xromosomali spermatazoidlarni ajratib olish uchun sentrifugalash (Batihariya) usuli qo’llanib ko’rildi. Og’ir spermalar (X-xromosomali) qo’llanilganda ko’proq urg’ochi hayvonlar (71,8 %), engil spermalar (U-xromosomali) qo’llanilganda esa erkak hayvonlar (74,4 %) tug’ildi. Ishlab chiqarish sharoitida jinsni boshqarish uchun V.N.Shreder naslli erkak va urg’ochi hayvonlarni X yoki U xromosomali sperma bilan emlash ya’ni immunlashtirishni taklif qildi. Immunlashtirilgan hayvonlarning bolalari orasida 75 % atrofida istalgan jins (erkak yoki urg’ochi) olindi. E.M.Vladimirskaya erkaklik jinsiy - gormoni metiltestosteronni buqalar, quyonlar va erkak cho’chqalar urug’iga ta’sir qildirib, jinslar nisbatini o’zgartirish bo’yicha tajribalar o’tkazdi. Bu gormon juda oz miqdorda (0,013 dan 0,125 % gacha) yuborilganda erkak jinslar soni 2-3 marta ko’paydi.

Akademik B.L.Astaurov tajribalarida, urg’ochi pilla qurtlar olish uchun jinsiy hujayralarning paydo bulishida yuqori temperatura (18 minut davomida 48°S) ta’sirida xromosomalar bo’linishi to’xtatildi. Bunda har bir tuxum hujayrada ZW xromosomalari va to’liq autosomalar nabori hosil bo’ldi. Bu tuxum hujayralar otalanmasdan rivojlandilar va faqat urg’ochi (ginogenez) qurtlarni hosil qildi. Erkak qurtlar olish uchun tuxum hujayraga rentgen nurlari va yuqori temperatura ta’sir qildirildi (135 minut davomida 40°S issiqlikda). Natijada tuxum hujayra yadrosi emirildi. Urug’lanishda esa tuxum hujayraga ikkita spermatozoid kirib, shu ikki spermatozoid yadrosi o’zaro qo’shilib urug’langan yadro hosil bo’ldi va bu hujayra bo’linishidan faqat erkak qurtlar olindi. Erkak pilla qurtidan hosil bo’lgan pillalar 20-30% ko’p ipak berishi aniqlandi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling