Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Download 480 Kb.
bet22/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

6-xulosa. Soliq imtiyozlarini takomillashtirish, amalda ish bermayotgan soliq imtiyozlarini bekor qilish va ulardan hosil bo’ladigan tushumlarni mahalliy byudjetlarga biriktirish.
7-xulosa. Byudjetlarning barqarorlashtirishga nafaqat daromadlarini oshirish, balki xarajatlarini optimallashtirish nuqtai nazaridan ham qarash lozim. Xarajatlarni optimallashtirish ularning hududiy imkoniyatlar bilan bog’lanishini bildiradi. Shuningdek ularning eng zarur aholining xarid qobiliyati past bo’lgan xizmatlarni bepul ko’rsatishni moliyalashtirishga qaratilishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi takliflarni keltirishni maqsadga muvofiq deb hisobladik:
1-taklif. Jismoniy shaxslarning soliqqa tortiladigan daromadlardan turli toifa aholi uchun imtiyozli chegirmalar ishlab chiqish kerak. Bu jarayon aholini ijtimoiy nuqtai-nazardan to’liq himoyalaydi hamda taklif etilayotgan chegirmalar rivojlangan mamlakatlar soliq tizimida samarali qo’llab kelinmoqda.
2-taklif. Jismoniy shaxslar daromadlaridan undiriladigan soliqning uslubiyatini soddalashtirish maqsadida hamda soliq yukini kamaytirish uchun progressiv soliq stavkasi o’rniga bir bosqichli yagona soliq stavkasini joriy etishni taklif etaman.
3-taklif. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosatning samarasini yanada oshirish maqsadida daromad solig’ini hisoblashda soliqqa tortilmaydigan minimumni soliq amaliyotiga qaytadan joriy etish taklif etiladi.
4-taklif. Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’ini undirish paytida mol-mulklarning haqiqiy bozor bahosi hisobga olinmaydi. Buning ustiga soliq stavkasi mulkning ilgarigi qiymatiga nisbatan qo’llanilayotganligi, mahalliy byudjetlar daromadlarning kamayishiga olib kelmoqda, shuning uchun qurilish materiallari va ishlarining bozor narxlarini hisobga olgan holda jismoniy shaxslarning mol-mulklari qiymatini indeksatsiya qilish tavsiya etiladi.
5-taklif. Jismoniy shaxslarning yer solig’i va mulk solig’ini birlashtirib, xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda ko’chmas mulk solig’ini joriy etish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Bu birinchidan, jismoniy shaxslarning soliqlarini hisoblash va undirish xarajatlarini qisqartiradi. Ikkinchidan, ko’shmas mulk solig’ini joriy etilishi soliq tizimidagi soliqlar yanada soddalashgan bo’lar edi deb hisoblaymiz.
6-taklif. Mamlakatimizda mavjud qonunchilikning amal qilinishi ustidan operativ nazorat o’rnatish hamda soliqqa tortishdan qochish, noqonuniy faoliyat va yashirin iqtisodiy operatsiyalarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish zarur.



Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling