Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»
JISMONIY SHAXSLARDAN OLINADIGAN SOLIQLARNI UNDIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Download 480 Kb.
|
Jismoniy shaxslardan olinadi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA.....................................................................................................
- Mavzuning dolzarbligi.
KIRISHMavzuning dolzarbligi. Soliq islohotlarini o’tkazishda soliqqa tortishning an’anaviy tamoyillari o’zgarmaydi. Lekin amaldagi soliq tizimining iqtisodiy – huquqiy tamoyillarini takomillashtirib boradi. Bunda soliq munosabatlarining tamoyillari o’tkazilgan har bir islohotlar natijasida sayqallanadi va mohiyati, mazmuni maqsadlari borgan sari nazariy tamoyillar darajasiga yaqinlashib boradi. Zero har bir davrning o’ziga xos soliq tizimining adolatlilik, samaradorlik va soddalashtirilgan namunasi mavjud. Ana shu ko’rsatkishlar muayyan davrga moslashtirilgan soliq islohotlari o’tkazilishi natijasida an’anaviy mezonlarga yaqinlashib boradi. Soliqlar har bir davlatning moddiy jihatlarini ta’minlaydi. Jahon iqtisodiyoti taraqqiyotining hozirgi bosqichida ular iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va shuqurlashtirish jarayonida kishik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to’ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida soliq tizimini isloh qilish va davlat soliq siyosati samaradorligini oshirishning hozirgi kundagi amaliyoti nazariyotchilar oldiga uning qator yangi muammolariga yeshim topishni ko’ndalang qilib qo’ymoqda. Ma’lumki, aholi pul daromadlarini mustahkamlash respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqishida jamiyatimizning poydevori sifatida ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan eng muhim bo’lgan sohaga aylanib bormoqda. Bu haqda Prezidentimiz I.A.Karimov 2012 yil yakunlari bo’yisha Vazirlar Mahkamasi majlisida so’zlagan ma’ruzasida, “Har qaysi oiladagi farovonlik, yurtdoshlarimizning hayotga bo’lgan munosabati, provard natijada butun jamiyatimizning barqarorligi, avvalo, odamlarimizning qanday ish bilan ta’minlanganligi, o’z mehnatiga yarasha munosib maosh olishiga bog’liqdir”- deb barshamiz, avvalombor katta-kishik rahbarlar hesh qashon esdan shiqarmasliklarini ta’kidladilar.1 Prezidentimiz fikrlaridan kelib shiqqan holda, jismoniy shaxslarning ish bilan bandligini ta’minlash, real daromadlarini oshirishga qaratilgan shora-tadbirlarni ishlab shiqish, ularning daromadlarini soliqqa tortishda eng maqbul uslubiyatlardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlarni nazariy jihatdan tadqiq etish, bir tomondan ushbu soliqlarning byudjet-soliq tizimidagi ahamiyatini oshirishga xizmat qilsa, ikkinshi tomondan aholining soliqlar xususidagi fikrlarini ijobiy bo’lishini ta’minlaydi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarni alohida chuqur o’rganadigan ilmiy tadqiqotlarga ehtiyoj mavjuddir. Yuqoridagilarga tayanib, jismoniy shaxslar to’laydigan soliqlardan daromad, mol-mulk va yer soliqlarini nazariy jihatdan mushohada etish va ushbu soliqlar bo’yisha qarzdorliklarni bartaraf etish jarayonlarini o’rganish maqsadida mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusi tanlandi. Download 480 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling