Davlat byudjeti daromadlari tarkibida jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig’ining dinamikasi2
mln. so’mda
Ko’rsatkishlar
|
2010 yil
|
2011 yil
|
2012 yil
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Summa
|
%
|
Davlat byudjetining jami soliqli daromadlari
|
13116396,9
|
100
|
16178563,5
|
100
|
20614100,0
|
100
|
Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig’i
|
1535033,4
|
11,7
|
1789700,0
|
11,1
|
2372700,0
|
11,5
|
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, jami soliqli tushumlarga nisbatan daromad solig’ining salmog’i 2010 yilda 11,7 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2011 yilda 11,1 % ni tashkil etgan, 2012 yilga kelib 11,5 foizni tashkil qilgan. Bu yerda shuni ko’rish mumkinki, 2010 yilga qadar daromad solig’i salmog’i biroz yuqori bo’lgan, lekin 2011-2012 yillarda esa pasayganligi ko`rinib turibdi. Buning sababi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bo’yicha soliq stavkalarining kamaytirilishi bilan izohlanadi.
Jismoniy shaxslarning yer solig’i - O’zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullidir. Yer uchun haq yillik yer solig’i sifatida undiriladi. «Yer to’g’risida»gi qonunga muvofiq, yerga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar yillik yer solig’i to’laydilar. Uning hajmi mazkur uchastkadagi yer sifatiga, qayerda joylashganiga hamda suv bilan ta’minlanish darajasiga qarab belgilanadi.
O’zbekiston soliq qonunchiligida yerlar o’z mulkida, egaligida yoki foydalanishda degan tushunchalar mavjud. Amaliyotda esa jismoniy shaxslar yerlari, tomorqa yerlari va qo’shimcha ya’ni tashqaridan olingan yerlarga bo’linadi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |