Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Download 480 Kb.
bet9/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

Soliq stavkasi

Eng kam ish haqining besh baravarigasha miqdorda



Daromad summasining 8 foizi



Eng kam ish haqining besh baravaridan (+1 so’m) o’n baravarigasha miqdorda



besh baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining besh baravaridan oshadigan summadan 16 foiz



Eng kam ish haqining o’n baravari (+1 so’m) va undan yuqori miqdorda



O’n baravar miqdordan soliq + eng kam ish haqi miqdorining o’n baravaridan oshadigan summadan 22 foiz



Bunda soliq solinadigan daromadlar guruhlari bo’yicha soliq solish shkalasi yil boshiga 2013 yil 1 yanvarga belgilangan eng kam ish haqi (79590 so’m) miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi va yil davomida eng kam ish haqi miqdori o’zgarganda qayta ko’rib chiqilmaydi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini hisoblab chiqarish maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bilan (yil boshidan boshlab tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqi summasi) hisobga olinadi.
Belgilangan stavkatardan kelib chiqib hisoblangan va byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasi, soliq solinadigan daromadlardan 1 foiz miqdorida hisoblab chiqarilib fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
Soliq yukini pasaytirishda soliq stavkasi bilan birgalikda quyidagi masalalarni yechimi dolzarb ahamiyatga ega, ya’ni:

  • soliqqa tortiladigan daromadni guruhlarga ajratishni optimallashtirish;

  • soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy qilish va uning miqdorini bosqichma-bosqich soliq su’bektining ehtiyoji uchun talab etiladigan xarid quvvatiga tenglashtirish;

  • soliq sub’ektining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqqan holda ularning daromad summasiga nisbatan imtiyozlar tizimini shakllantirish.

Soliq kodeksining 31-bobiga binoan jismoniy shaxslarga nisbatan quyidagi soliq imtiyozlari amal qiladi:
-jismoniy shaxslarning ayrim daromadlariga soliq solinmaydi;
-soliq solishdan jismoniy shaxslar to’liq ozod qilinadi;
-jismoniy shaxslar soliq solishdan qisman (daromad olingan har bir oy uchun eng kam ish haqining to’rt baravari miqdoridagi daromadlar bo’yicha) ozod qilinadi.
Imtiyozlarga bo’lgan huquqlar kalendar yili davomida vujudga kelgan taqdirda, imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo’llaniladi.Fuqarolar soliq imtiyozidan mahrum bo’lganda 15 kun ichida bu haqda korxona, tashkilotni, shuningdek qarzidan soliqni ushlab qoladigan jismoniy shaxsni, yoxud soliq organini (agar soliq miqdorini shu organ hisoblaydigan bo’lsa) xabardor qilishlari kerak.
Jismoniy shaxslar ayrim toifalari daromadlariga, ya’ni o’ta zararli, o’ta og’ir, zararli va og’ir mehnat sharoitidagi ishlab chiqarishda band bo’lgan xodimlarning daromadlarini soliqqa tortishda imtiyozli soliq stavkalari qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 maydagi 250-son qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 24 dekabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zararli va og’ir sharoitli ishlarda band bo`lgan jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun, shuningdek, tabiiy iqlim sharoitlari yomon joylarda ishlash bilan band bo’lganda qo’shimcha to’lovlar bo’yicha imtiyozli daromad solig’i stavkalarini belgilashga haqlidir.
Soliq kodeksinig 184-moddasiga asosan jismoniy shaxslarning daromadlariga solinadigan soliqni to’lov manbaida hisoblab chiqarish, ushlab qolish va to’lash majburiyati yuridik shaxslar, faoliyatni O’zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O’zbekiston Respublikasi norezidentlari hamda chet el yuridik shaxslarining vakolatxonalari zimmasiga yuklatiladi.
Jismoniy shaxslarning daromadlariga to’lov manbaida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
1) amaldagi soliq kodeksining 172-moddasiga muvofiq jismoniy shaxslarning mehnatga haq to’lash tarzidagi daromadlari;
2) jismoniy shaxslarning bir martalik ishlarni bajarishdan oladigan daromadlari;
3) jismoniy shaxslarning dividendlar, foizlar, pul mukofotlari tariqasida olgan daromadlari;
4) jismoniy shaxslarning bepul berilgan aksiyalar yoki yuridik shaxslar mol-mulkining ulushi tariqasidagi daromadlari;
5) O’zbekiston Respublikasi norezidentlariga to’lanadigan daromadlar;
6) jismoniy shaxslarning mol-mulkni yuridik shaxsga ijaraga berishdan oladigan daromadlari;
7) royalti;
8) jismoniy shaxslarning tanlovlar va musobaqalar yakunlari bo’yicha sovrinlar, yutuqlar tariqasida oladigan daromadlari;
9) yuridik shaxs – grant oluvchi tomonidan jismoniy shaxsga beriladigan grantlarning summalari;
10) jismoniy shaxslarga yaratilgan fan, adabiyot va san’at asarlari (predmetlari) uchun yuridik shaxslar tomonidan to’lanadigan daromadlar;
11) jismoniy shaxsga yuridik shaxs tomonidan moddiy naf tariqasida to’lanadigan daromadlar.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish uchun soliq stavkasini qo’llash maqsadida eng kam ish haqi miqdori yil boshidan ortib boruvchi yakun bo’yicha (yil boshidan tegishli davrning har bir oyi uchun eng kam ish haqlarining summasi) hisobga olinadi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish va ushlab qolish belgilangan soliq solinadigan baza hamda stavkalardan kelib chiqqan holda daromad hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo’yicha har oyda jismoniy shaxsning asosiy ish joyi bo’yicha soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy shaxslarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga o’tkaziladigan har oylik majburiy badallar summasiga kamaytiriladi.
O’z xodimlariga moddiy yordam ko’rsatgan va qimmatbaho sovg’alar bergan soliq agentlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini soliq davrining oxirida amalda bo’lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda qayta hisob-kitob qiladi.
Jismoniy shaxsning asosiy bo’lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan moddiy yordam va qimmatbaho sovg’a olgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i summasini qayta hisob-kitob qilish jismoniy shaxs daromadlar to’g’risida deklaratsiya topshirgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq davrining oxirida amalda bo’lgan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
5-jadval

Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling