Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


yilning fevral oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan


Download 480 Kb.
bet10/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

2013 yilning fevral oyi uchun jismoniy shaxslar daromadidan
olinadigan soliq hisob-kitobi6



Soliq solinadigan daromad miqdori

Soliq summasi



(5 x 159180) = 795900 so’mgasha



Daromad summasining 8 foizi



795900 so’mdan (10 x 159180) = 1591800 so’mgasha



63672 so’m + 795901 so’mdan ortiq summaning 16 foizi



1591800 so’m va undan yuqori



191016 so’m + 1591801 so’mdan ortiq summaning 22 foizi

Yanvar-fevral oylari uchun eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 159180 so’mga (79590 + 79590) teng.

Bir oyda olgan daromadlari eng kam ish haqining besh baravaridan ko’p bo’lmagan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisob-kitobi.


Fevral oyida jismoniy shaxsning mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromadi 375 000 so’m bo’lganda, uning yanvar-fevral oylari uchun jami daromadi 750 000 so’mga (375 000 + 375 000) teng. Yanvar-fevral oylari uchun daromad solig’i quyidagi tartibda hisoblab yoziladi:


8%lik stavka bo’yicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblab chiqarish kerak:
159180 x 5 = 795900 so’m.
Jismoniy shaxsning 750000 so’mgacha mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromadiga 8%lik stavka bo’yicha soliq solinadi, soliq summasi quyidagini tashkil etadi:

750000 x 8% = 60000 so’m.


Yanvar oyi uchun 30000 so’m miqdorida soliq ushlanganligi sababli, fevral oyi uchun ushlanadigan soliq summasi 30000 so’mni (60000 - 30000) tashkil etadi.


Yanvar-fevral oylari uchun ish haqining 1 foizi miqdoridagi shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya hisobvarag’iga (ShJBPHga) majburiy ushlanmalar summasi:

750 000 x 1% = 7 500 so’mdan iborat.


Fuqarolarning ShJBPHga majburiy badallari xodimga hisoblab yozilgan ish haqi (daromadi) soliq solinadigan summasining 1 foizi miqdorida hisoblab yoziladi va qonunga muvofiq hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan chegiriladi. Yanvar oyida ShJBPHga 3750 so’m miqdorida majburiy badallar ushlanganligi bois, fevral oyi uchun ajratma miqdori 3750 so’mni (7500 - 3750) tashkil etadi. Shu munosabat bilan fevral oyi uchun byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagini tashkil etadi:


30000 - 3750 = 26250 so’m.


Majburiy sug’urta badallari xodimning fevral oyidagi ish haqining butun summasi - 375000 so’mdan undiriladi. U 375000 x 6% = 22500 so’mni tashkil etadi.


Soliqlar va majburiy ajratmalar ushlanganidan keyin jismoniy shaxsga to’lanadigan daromad:

375000 - 30000 - 22500 = 322500 so’mni tashkil etadi.


Bir oyda olgan daromadlari eng kam ish haqining o’n baravaridan ko’p bo’lmagan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisob-kitobi.


Fevral oyida jismoniy shaxsning mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromadi 550 000 so’m bo’lganda, uning yanvar-fevral oylari uchun jami daromadi 1100 000 so’mni (550 000 + 550 000) tashkil etadi. Daromad solig’i quyidagi tartibda hisoblab yoziladi.


16%lik stavka bo’yisha soliq solinadigan jismoniy shaxsning mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromad summasini hisoblab chiqarib, soliqni hisoblab yozish kerak:
(1100 000 - 795900) x 16% = 304100 x 16% = 48656 so’m.
Yuqorida keltirilgan soliq stavkalari jadvalidan ko’rinib turganidek, bir oyda EKIHning besh baravari miqdorigacha daromaddan olinadigan soliq miqdori 63672 so’mni tashkil etadi. Qo’shish yo’li bilan jismoniy shaxsning yanvar-fevral oylaridagi daromadlaridan ushlanadigan soliq summasiga ega bo’lamiz:
63672 + 48656= 112328 so’m.
Yanvar oyida 56164 so’m miqdorida soliq ushlanganligi sababli, fevral oyi uchun ushlanadigan soliq summasi 56164 so’mni (112328 - 56164) tashkil etadi.
Xodimning yanvar-fevral oylari uchun soliq solinadigan ish haqi summasining 1 foizi miqdoridagi ShJBPHga majburiy ushlanmalar summasi:
1100 000 x 1% = 11 000 so’m.
Yanvar oyida ShJBPHga 5500 so’m miqdorida majburiy badallar ushlanganligi bois, fevral oyi uchun ajratma miqdori 5500 so’mni (11 000 - 5500) tashkil etadi.
Fuqarolarning ShJBPHga hisoblab yozilgan majburiy badallari qonunga muvofiq hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan chegiriladi. Shu munosabat bilan fevral oyi uchun byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagini tashkil etadi:
56164 - 5 500 = 50664 so’m.
Bir oyda olgan daromadlari eng kam ish haqining o’n baravaridan ko’p bo’lgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i hisob-kitobi.

Fevral oyida jismoniy shaxsning mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromadi 850 000 so’mni tashkil etgan bo’lsa, uning yanvar-fevral oylari uchun jami daromadi 1700 000 so’mni (850 000 + 850 000) tashkil etadi. Daromad solig’i quyidagi tartibda hisoblab yoziladi.


22%lik stavka bo’yicha soliq solinadigan jismoniy shaxsning mehnatga haq to’lash ko’rinishidagi daromad summasini hisoblab chiqarib, soliqni hisoblab yozish kerak:
(1700 000 - 1591800) x 22% = 108 200 x 22% = 23804 so’m.
Yuqorida keltirilgan soliq stavkalari jadvalidan ko’rinib turganidek, bir oyda EKIHning besh baravari va o’n baravari miqdorigacha daromaddan olinadigan soliq miqdori 191016 so’mni tashkil etadi. Qo’shish yo’li bilan jismoniy shaxsning yanvar-fevral oylaridagi daromadlaridan ushlanadigan soliq summasiga ega bo’lamiz:
191016 + 23804 = 214820 so’m.
Yanvar oyi uchun 107410 so’m miqdorida soliq ushlanganligi sababli, fevral oyi uchun (214820 - 107410) = 107410 so’m soliq ushlanishi kerak.
Yanvar oyi uchun soliq solinadigan ish haqi summasining 1 foizi miqdoridagi ShJBPHga majburiy ushlanmalar summasi:
1700 000 x 1% = 17 000 so’m.
Fuqarolarning ShJBPHga majburiy badallari xodimga hisoblab yozilgan ish haqi (daromadi) soliq solinadigan summasining 1 foizi miqdorida hisoblab yoziladi va qonunga muvofiq hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’idan chegiriladi. Yanvar oyida ShJBPHga 8 500 so’m miqdorida majburiy badallar ushlanganligi bois, fevral oyi uchun ajratma miqdori 8 500 so’mni (77 000 - 8 500) tashkil etadi.
Shu munosabat bilan fevral oyi uchun byudjetga o’tkaziladigan soliq summasi quyidagini tashkil etadi:
107410 - 8 500 = 98910 s o`m
Yangi asosiy ish (xizmat, o’qish) joyida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish kalendar yil uchun ilgarigi va yangi ish (xizmat, o’qish) joylaridan olingan jami daromaddan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingandan so’ng xodimga ilgarigi asosiy ish joyida to’lov amalga oshirilgan taqdirda, mazkur to’lovlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i amaldagi Kodeksning 179 va 180-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilmagan holda solinadi. Yuridik shaxs bu xodimga to’lagan daromadning jami summasi va undan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaxs hisobga qo’yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga o’ttiz kun ichida yozmaravishda ma’lum qilishi shart.
Asosiy bo’lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan olingan daromadlarga to’lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini hisoblab chiqarish jami daromad summasidan amaldagi Kodeksning 179 va 180-moddalarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilmagan holda, belgilangan stavkalar bo’yicha hisoblanishiga qarab, yil boshidan ortib boruvchi yakun bo’yisha amalga oshiriladi.
Agar asosiy bo’lmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaxslardan daromadlar olayotgan jismoniy shaxs buxgalteriyaga o’z daromadidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining eng yuqori stavkasi bo’yicha ushlab qolish to’g’risida ariza bersa, daromadlar to’layotgan yuridik shaxslar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini imtiyozlarni qo’llamagan holda eng yuqori stavka bo’yicha ushlab qoladilar.
Soliq agentlari ish haqi to’layotganda jismoniy shaxsning talabiga binoan unga daromadlarining summalari va turlari haqida, shuningdek jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining ushlab qolingan summasi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan shaklda ma’lumotnoma berishlari shart.
Jismoniy shaxslarning asosiy bo’lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining yakuniy summasi olingan daromadlar, qilingan xarajatlar va ushlab qolingan soliq summalari to’g’risida taqdim etilgan deklaratsiyaning ma’lumotlari bo’yicha davlat soliq xizmati organi tomonidan hisoblab chiqariladi.
To’lov manbaida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hisoblab chiqarilgan summasi byudjetga soliq agenti tomonidan quyidagi muddatlarda to’lanadi:
-pul mablag’larini olish ushun xizmat ko’rsatuvchi bankka hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda;
-to’lov natura shaklida amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida, agar bunday to’lovga qonun hujjatlarida ruxsat berilgan bo’lsa.
Agar yuridik shaxsning bank hisobvarag’ida ish haqini to’lash va bir vaqtning o’zida xodimlarning ish haqidan ushlab qolingan soliqlarni byudjetga o’tkazish uchun mablag’lar yetarli bo’lmasa, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i bank hisobvarag’idagi qoldiq mablag’larga mutanosib summada byudjetga o’tkaziladi.



Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling