Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Navoiy shahar DSI tomonidan jismoniy shaxslarning


Download 480 Kb.
bet13/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

Navoiy shahar DSI tomonidan jismoniy shaxslarning
yer solig’ini undirish ko’rsatkichlari10



T/R



Ko’rsatkishlar



2013 yil
1 may holatiga

1.

Yer solig’i obyektlari soni



8579

2.

Yer maydoni (ga)

323,5

3.

Hisoblangan soliq summasi (ming.s.)



282108,9

4.

Imtiyoz berilgan yer obyektlari soni



914

5.

Yer maydoni (ga)

55,5

6.

Imtiyoz berilgan yer obyektlariga
nisbatan hisoblangan soliq summasi (ming.s.)

35000,8

7.

Soliqqa tortiladigan yer obyektlari soni



7665

8.

yer maydoni (ga)

268

9.

Hisoblangan soliq summasi



247108,1

Jumladan:

-tadbirkorlik maqsadida foydalanilayotgan yer obyektlari soni

1063

-yer maydoni (ga)

18,8

-tadbirkorlik maqsadida foydalanilayotgan yer obyektlariga nisbatan hisoblangan soliq summa (ming.s.)

136613,4

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Navoiy shahrida jismoniy shaxslarning yer uchastkalaridan soliq undirish bo’yicha 2013 yilning 1 may holatiga shaharda 8579 ta soliq to’lovchi ro’yxatga olingan bo’lib, ular tasarrufida 323,5 gektar yer maydoni mavjuddir. Yer solig’i to’lovchilarning 914 tasi yer solig’idan imtiyoz olganlar, hisoblangan yer maydoni 55,5 gektarni tashkil qiladi. Imtiyoz taqdim etilgan yerlardan soliq summasi 35000,8 ming so’mni tashkil qiladi. Soliq to’lovchi subyektlar soni 7665 tani tashkil etib, yer maydoni 268 gektardan iborat va ulardan undiriladigan yer solig’i summasi 247108,1 ming so’mni tashkil etadi. Soliqqa tortiladigan yer uchastkalari tarkibida tadbirkorlar tasarrufida bo’lgan yer obyektlari 1063 tani tashkil etib, yer maydoni 18,8 gektardan iborat hamda ulardan undiriladigan soliq summasi 136613,4 ming so’mni tashkil qiladi.


Soliq to’lanishi to’g’risidagi to’lov xabarnomalari jismoniy shaxslarga davlat soliq organlari tomonidan har yili, joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay topshiriladi.
Yer uchastkalarining maydoni o’zgarganda va yil davomida imtiyoz huquqi paydo bo’lganda (bekor qilinganda) davlat soliq organlari bir oy davomida soliqni qayta hisob-kitob qilishlari va soliq to’lovchiga to’lash muddatlari o’zgarganini hisobga olgan holda yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari shart.
Yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari yoki yerdan foydalanuvchilar yoki ijarachilar bo’lgan jismoniy shaxslar davlat soliq organlari tomonidan har yili 1 yanvardagi holat bo’yicha hisobga olinadilar. Jismoniy shaxslarga shahar va qo’rg’onlarda yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalarining maydonlari yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish shahar yoki shahar boshqarmasi yoxud ishlab chiqarish uy-joy inspektsiyasining mavjud materiallari bo’yisha hisobga olinib, har yili naturada aniqlashtiriladi.
Jismoniy shaxslarga qishloq joylarda shaxsiy yordamchi xo’jalik (dehqon xo’jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkalari tomorqa yerlardan va jamoat yerlarida qo’shimcha ajratilgan yer uchastkalaridan iborat bo’lishi mumkin. Bunday holda tomorqa yerlar maydoni yer kadastri ma’lumotlari bo’yicha qabul qilinib, yuz bergan o’zgarishlar har yili naturada aniqlashtiriladi. Jamoat yerlarida qo’shimcha ajratilgan yer uchastkalari maydoni xo’jaliklarning ma’lumotlari bo’yicha hisobga olinib, har yili aniqlashtiriladi.
Xizmat chek yerlarining maydoni o’z xodimlariga yer uchastkalarini bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ma’lumotlari bo’yicha qabul qilinib, ular joyning o’zida aniqlashtiriladi.
Agar jismoniy shaxs yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki shaxsiy yordamchi xo’jalik (dehqon xo’jaligi) yuritish uchun berilgan yer uchastkasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullansa yoki yerdan maqsadli foydalanishni o’zgartirmasdan o’z uyini ofis sifatida rasmiylashtirsa, bunda undan yer solig’i yakka tartibda uy-joy qurilishi yoki dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yerlar uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi. Jismoniy shaxslar yer solig’ini 15 oktyabrdan kechiktirmay to’laydilar.



Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling