Мавзу: «Жисмоний шахслардан олинадиган ер солиғи ва мол-мулк соли¨ини ¦исоблаш ва такомиллаштириш масалалари»


Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini undirishning


Download 480 Kb.
bet11/26
Sana19.06.2023
Hajmi480 Kb.
#1624377
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
Jismoniy shaxslardan olinadi

2.2. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig’ini undirishning
amaldagi holati tahlili

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga “Mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan tashqari jamg’armalarni hosil qilishi vakolati berilgan”7. Shu bilan mahalliy hokimiyat organlarining byudjet sohasidagi faoliyatining konstituttsiyaviy asosi o’rnatilgan. Mahalliy joylardagi vakillik hokimiyati va ijro hokimiyati organlarining bu sohadagi vazifalari, vakolatlari turlicha bo’lib, ular avvalo “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi qonunda belgilangan. Xalq deputatlari Kengashlari o’z hududining byudjetini va uning ijrosi xaqidagi hisobotni tasdiqlaydi8. Byudjet loyihasi (ko’rsatkichlari) hokim tomonidan taqdim qilinadi. Shuningdek, qonunning shu moddasiga binoan mahalliy kengashlar, mahalliy soliqlar, yig’imlar, boj miqdorini belgilaydi va mahalliy byudjetga tushadigan mahalliy soliqlar, yig’imlar va to’lovlar bo’yicha imtiyozlar beradi.


Hozirgi kunda mamlakatimizda jismoniy shaxslar yer solig’i mahalliy byudjetga undiriladigan asosiy soliqlardan biri hisoblanadi. Yer solig’ining iqtisodiy mohiyati va undirilishning asosiy sabablaridan biri yerning cheklangan resurs ekanligi, shuningdek, yer egalarini yerdan unumli foydalanishga majbur etish. Jismoniy shaxslar yer solig’i mahalliy byudjet daromadlarini doimiy shakllantirib turuvchi barqaror manba bo’lganligi uchun ham undiriladi. U fiskal funksiyani bajarib davlat byudjet daromadlarini to’ldiradi va bundan davlat byudjeti manfaatdordir.
Yer solig’ining joriy etilishi bilan mamlakatda yer munosabatlarini tartibga solishning chinakam iqtisodiy vositalari paydo bo’ldi.
Yerdan pulli foydalanishni joriy etishning asosiy maqsadi yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash, ya’ni, yer resurslarini, ayniqsa sug’oriladigan yerlarni iqtisodiy usullar yordamida asrash hisoblanadi. Shuning ushun ham yerdan samarali foydalanishni kuchaytirishda yer solig’ining o’ziga xos ta’siri mavjud.
Jismoniy shaxslar yer solig’ida ham soliq solish obyekti qat’iydir. Bunda soliqqa tortish maqsadida uni qiymatini aniqlash soliq to’lovchining xoxishidan kelib chiqmaydi va bundan shunday xulosa qilish mumkinki, soliq to’lashdan qochish maqsadida soliq obyektini yashirish qiyin.
Yerdan foydalanishni, egalik qilish, yer uchastkalariga bo’lgan mulk huquqi va boshqa shu kabi mulkiy huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonun-hujjatlarga O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi kiradi.
6-jadval



Download 480 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling